Reja: Tog‘ jinslari massivi va karyerlari bortlari va qiyaliklarining turg‘unligini belgilab beruvchi omillar haqida tushuncha


Download 25.97 Kb.
Sana24.03.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1290698
Bog'liq
Aziz qizilcha





Mavzu: Massivlarda tog’ jinslarini ekskavatsiyalanishi


Reja:
1.Tog‘ jinslari massivi va karyerlari bortlari va qiyaliklarining turg‘unligini belgilab beruvchi omillar haqida tushuncha.
2. Karyerlarda qo’llaniladigan davriy ishlovchi kon qazish mashinalari.
3.Karyerlarda qo’llaniladigan uzluksiz ishlovchi kon qazish mashinalari.
















  • Muhandislik geologiyasida tog‘ jinslari massivlari deb, yer qobig‘ining geologik, gidrogeologik va muhandislik-geologik qonuniyatlar bilan tavsiflanadigan, insonning muhandislik ta’siriga duchor bо‘ladigan qismiga aytiladi.

  • Yer qobig‘ining geologik qonuniyatlarini - geologik jinslarning shaklini va fazoviy joylashuvini, tog‘ jinslarining moddiy tarkibini va tuzilishini, ularning gravitatsion tektonik maydonlar bilan shakllangan tabiiy kuchlangan holati belgilab beradi.

  • Ochiq usulda kon ishlari sharoitlariga nisbatan qо‘llaniladigan tog‘ jinslari massiv deganda esa, foydali qazilmani fazib olish jarayoni tufayli yuzaga keladigan barcha muhandislik-geologik hodisalar mahalliylashtiriladigan, Karyer, texnogen uyumlar va chegaralangan zonalarni joylashtirgan er qobig‘ining bir qismi nazarda tutiladi.

  • Muhandislik-geologik hodisalar – bu bortlar va qazilmalar qiyaliklarining turli xil deformatsiyalari (о‘pirilishlar, kо‘chkilar, oqovalar, chо‘kishlar va boshqalar).

  • Foydali qazilmalar qazib olinganda tog‘ jinslari massiviningharakati, xususan uning turg‘unligi tabiiy va texnogen kabi ikki guruhda birlashishi mumkin bо‘lgan kо‘p sonli omillarning qо‘shma harakatiga bog‘liq.

  • Omillarning tabiiy guruhi uchta kichik guruhlarga ajratiladi:

  • 1. Muhandis-geologik – ularga tog‘ massivining kuchlangan holati, tog‘ jinslarining tabiiy turlari va xususiyatlari kiradi.

  • 2.Gidrogeologik – gidrostatik tortish, gidrodinamik bosim, g‘ovakli bosim, suffoziya, erish va karst.

  • 3.Fizika-geografik – ob-havo yog‘ingarchiliklari, havo va jinsning harorati, shuningdek joyning relefi.

  • Yuqorida qayd etib о‘tilgan omillarning har biri, qо‘shiluvchan tog‘ jinslarining ichki aloqalari tabiatiga qarab, qay darajadadir massivning turg‘unlik sharoitlarini belgilab beradi. Ushbu alomatiga qarab, tog‘ jinslari uchta asosiy muhandis-geologik turlarga ajratiladi:

  • Qattiq bog‘lamali (toshloq va yarim toshloq) tog‘ jinslari;

  • Yumshoq bog‘lamali tog‘ jinslari;

  • Bog‘lanmas (alohida donachali, sochiluvchan) tog‘ jinslar.

  • Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon jinslarini kavjoydan ajratib olib, uni transport vositasiga yuklash yoki qoplama jinslar ag‘darmasiga eltib, to‘kishni o‘z ichiga oladi. Karyerlarda qazib-yuklash uskunalari sifatida skill yoki uzluksiz prinsipda ishlaydigan ekskavatsiyalovchi mashinalardan foydalaniladi. Qazish va yuklash ishlarini, asosan, ekskavatorlar bajaradi. Shu sababli qazish va yuklash ishlari bitta jarayon bo‘lib qazib-yuklash ishlari deb yuritiladi. Siklli ishlaydigan mashinalaming (bir cho‘michli ekskavatorlar, yuklagichlar, g‘ildirakli skreperlar, buldozerlar va boshqalar) ishchi organi davriy harakatlanuvchi faqat bitta cho‘mich yoki qirish elementi (buldozer pichog‘i - lemexi) dan tashkil topgan bo‘lib, davriy ravishda kon massasini kavjoy dan ajratib olib, to'kish joyiga eltib berish vazifasini bajaradi.

  • Uzluksiz prinsipda ishlaydigan mashinalar (ko‘p cho'michli zanjirli, rotorli ekskavatorlar va boshqalar) ishchi organi (cho‘michi yoki qirg‘ichi) halqasimon trayektoriya bo‘yicha harakatlanishi tufayli uzluksiz yuk potokini hosil qilib. qazibyuklash ishlari uzluksizligini ta’minlaydi. Bunda kavjoy pog‘ona tilikiga nisbatan ko‘ndalang (toresli) va bo‘ylama (frontal) ko'rinishda bo‘lishi mumkin. Jinslar strukturasi bo‘yicha kavjoy bir tarkibli (sodda) va ko‘p tarkibli (murakkab) bo‘lishi mumkin. Sodda kavjoylarda jinslar yalpisiga, murakkab kavjoyda esa jinslar. foydali qazilmalar va ulaming navlari alohida (saralab) qazib olish usullari bilan amalga oshiriladi.

a - to‘g‘ri mexanik cho‘michli; b - teskari mexanik cho‘michli; d - draglayn; e - greyfer; f - zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavator; g - rotorli ekskavator; h - g‘ildirakli skreper; i - buldozer; j – shnekli burg‘ilash mashinasi; к - yuklagich.

  • Qazib-yuklash ishlari, qazib-yuklovchi mashinalar turgan gorizontga nisbatan kavjoyning joylashishiga ko‘ra yuqoridan, pastdan va ham yuqori, ham pastdan (aralash) qazib olish, shuningdek yuqoriga, pastga va ham yuqoriga, ham pastga yuklash usullari bo‘yicha bajarilishi mumkin

  • Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston karyerlarida ham ЭКГ-4,6, ЭКГ-81, ЭКГ-12,5, ЭКГ-20 rusumli o‘rmalovchi (gusinitsali), to'g‘ri va teskari cho‘michli ekskavatorlardan keng foydalanilmoqda. Qoplama jinslami qazib olib, ulami ichki jins ag'darmalarga transportsiz qazish tizimi bo‘yicha joylashtirishda ЭВГ- 35/65, ЭВГ-15/40, ЭВГ-100/100 rusumli mexanik cho‘michli o‘rmalovchi ekskavatorlardan samarali foydalanilmoqda. Karyerlarda draglaynlar, asosan, qoplama jinslarni massivdan yoki portlatilgan jins yoyilmalaridan qazib olib ichki ag‘darmalarga joylashtirish yoki tashqi ag‘darmalarni hosil qilishda qo‘llaniladi. Karyerlarda qoilaniladigan draglaynlarning massasi og‘ir bo‘lganligi, shuningdek, asosan maydalangan kon jinslari ustida ishlashi tufayli zaminga tushadigan solishtirma bosimini kamaytirishni ta’minlash uchun ularning yurish organi odimlovchi (шагаюший) konstruksiyaga ega bo‘ladi. Karyerlarda cho‘michining hajmi 4,10, 15, 40. 60, 100 m3; strelasi uzunligi 40, 60,90,100m va undan ham uzun boigan ЭШ-4/40, ЭШ-10/60, ЭШ-15/90, ЭШ-100/100 rusmli draglaynlardan keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda kon mashinasozlik zavodlarida cho‘mich hajmi 120 m3 va strelasi uzunligi 125 m bo‘lgan odimlovchi draglaynlar ham ishlab chiqarilmoqda. Zanjirli va rotorli ekskavatorlar, asosan, ko‘mir razrezlarida qo‘llanadi

  • Karyerlarda qazib yuklash ishlari, asosan, ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Kon massasini kavjoydan qazib olish, uni to‘kish joyiga eltish, cho'michni bo'shatish va kon massasini yana qazib olish uchun dastlabki holatga qaytish ishlarini bir cho‘michli ekskavatorlar birin-ketin bajaradi. Ushbu jarayonlarning yig‘indisi ekskavator siklini tashkil qiladi. Ko‘p cho‘michli ekskavator ushbu jarayonlami bir vaqtda parellel bajaradi. Shu sababli bir cho‘michli ekskavatorlar skill ishlaydigan mashinalar, ko‘p cho'michli ekskavatorlar esa uzluksiz ishlaydigan mashinalar hisoblanadi. Cho'michning strela bilan bogManish konstruksiyasi belgisiga ko‘ra cho‘michi strelaga qat’iy bog‘langan ekskavatorlar (to'g‘ri va teskari cho‘michli elektrik va gidravlik ekskavator) va cho‘michi strelaga (kanat) simarqon orqali bog'langan bir cho‘michli ekskavatorlar (draglayn, greyfer) turlariga bo‘linadi. Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko'p cho‘michli ekskavatorlaming keng qo‘llanadigan xillari hisoblanad. Zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlaming ishchi organi cho'michlar o‘matilgan uzluksiz zanjir bo‘lib, u yo‘naltimvchi rom bo‘ylab harakatlanadi. Romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlangan boiib, pastki qismi esa simarqon bilan shkivlar orqali korpusdagi barabanga bog‘lanadi.

  • Kavjoydan kon massasini qazib olishda cho‘mich tishlari massivga rom og‘irligi ta’sirida botib kiradi va harakatlanishi mobaynida kon jinslarini qazib, cho‘michlarini to‘ldiradi. Zanjirli ekskavatorlar cho‘michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unimdorligi 800 dan 10000m3/soatgacha bo‘ladi. Bu ekskavatorlar kavjoy bo‘ylab temiryo‘1. o‘rmalash zanjiri (гусиница) va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanadi. ЭРГ-1250, ЭР-1600 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlaming ishchi organi diametri 2,5 dan 18 m gacha cho‘michlar o‘rnatilgan rotor g‘ildiragi boiib, u ekskavator strelasi uchiga o‘matiladi (19-g,e rasm). Rotorga o‘rnatilgan cho‘michlar soni 6 dan 12 gacha boiib, ularning hajmi 300 - 800 dan 4000 - 8000 litrgacha boiishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o‘zi turgan gorizontdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga moijallangan boiib, kichik, o‘rtacha katta va o‘ta katta unumdorlikka ega boladi.

  • Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatoming unumdorligi soatiga 630 m3 gacha boisa, katta unumdorlikka ega ekskavatorlar unumdorligi soatiga 2500 - 5000 m3 ni, o‘ta unumdor ekskavatorlaming unumdorligi undan ham ko‘p miqdorni tashkil qiladi. Karyerlarda qoilaniladigan ekskavatorlar rusumlarini ko‘rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlami bajarishi, harakatlanish prinsipi, unumdorligi, qazish balandligi (chuqurligi) va boshqa tavsiflarini ko‘rsatadi. Masalan, ЭКГ-8 и rusumli bir cho‘michli ekskavatorda Э-ekskavator, K-karyer, Г-harakatlanish vositasi (гусинипца), 8 - cho‘mich hajmini ko‘rsatadi, ЭРГ-1600, 40/10 - 31 rusumli ekskavatorda Э - ekskavator, P - rotorli, Г-harakatlanish vositasi (гусиница), 1600-cho‘michlarining umumiy sigim i (litr), 40 – qazish balandligi (m), 1 0 - o‘zi turgan gorizontdan pastda joylashgan jinslami qazib olish chuqurligi (m), 31- strelasining old va orqaga surilish masofasi (m)ni bildiradi.

  • Ko‘p cho‘michli zanjirli ekskavatorlar yumshoq jinslarni qazib-yuklash ishlarida qoilanilganligi tufayli konveyer transporti bilan kompleksda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Biroq zanjirli ekskavatorlaming yo‘naltiruvchi qurilmasi va cho‘michlar o'matilgan zanjiri tez yemiriladi, natijada ekskavatsiyalash jarayonining energiya talabligi ko'payadi, shuningdek, ushbu rusumdagi ko‘p cho‘michli ekskavatorlaming qirqish kuchi bir cho‘michli ekskavatorlamikiga qaraganda ancha kichik bo‘lib, maksimum 600 N/sm ni tashkil qiladi.

  • Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga nisbatan yengil bo'lib, bir birlikdagi unumdorlikka to'g‘ri keladigan massaning 1 ,2 - 1 ,4 marta kam bo‘lishini ta’minlaydi va qirqish kuchi ham katta bo‘lib, 1800 N/sm ni tashkil qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, rotorli ekskavatorlami zichligi yuqori bo‘lgan kon jinslari va ko‘mirni qazib olishda qo‘llanilishini ta’minlaydi. Murakkab strukturaga ega bo‘lgan foydali qazilma yotqiziqlarini rotorli ekskavatorlar bilan saralab qazib olishda samaradorlik yuqori bo‘lib, qazib-yuklash ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Mexanik bir cho‘michli ekskavatorlaming cho‘michi strelasiga qat’iy o‘rnatilganligi sababli ulaming qirqish kuchi yuqori (3500 N /sm gacha) bo'lib, ish organlarining mustahkamligi yuqori bo‘ladi. Bu ekskavatorlar turli tip va o'lchamlarda ishlab chiqariladi, ulaming cho'michining hajmi 0,25 m3 dan 35 m3 gacha va undan ham katta bo‘ladi. Mexanik bir cho‘michli ekskavatorlar karyerl adi va maydalangan yarimqoyasimon, qattiq qoyasimon jinslarni qazib-arda bajariladigan qazibyuklash ishlarining katta qismini amalga oshiryuklash ishlarida keng qo‘llaniladi. Bir cho'michli ekskavatorlardan karyerlarda kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash va qazishdan bo'shagan maydonlarga (ichki ag‘darmaga) ekskavatsiyalash ishlarida foydalaniladi. Ish jarayonining uzlukligi (siklliligi) mexanik bir cho‘michli ekskavatorlaming asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki, bunda ekskavatsiyalashga (cho‘michni to‘ldirishga) sarflanadigan vaqt sikl davomiyligining 20 - 30% ni tashkil qiladi.





Xulosa

  • Hozirgi vaqtda mamlakatimiz va chet eldagi karyerlarda mexanik bir cho‘michli ekskavatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan gidravlik ekskavatorlardan keng foydalanilmoqda. Draglaynlar cho'michi strelasiga simarqon orqali osilganligi tufayli mexanik cho'michli ekskavatorlarga nisbatan qazib olingan kon massasini uzoq masofaga eltib berishni ta’minlaydi. Biroq ularning qirqish kuchi mexanik cho‘michli ekskavatorlaridan ancha kichik bo‘ladi. Draglaynlar karyerlarda, asosan, yumshoq va maydalangan yarimqoyasimon jinslami qazishdan bo‘shagan maydonga ekskavatsiya qilishda qo‘ llanadi. Shuningdek, draglaynlardan uyumlar hosil qilish, transheyalar o‘tish, ariqlar kavlash kabi boshqa ishlarda ham foydalaniladi. Konlarda tog’ jinslarini massivdan qzib olishda asosan ekskavatorlar ishlatiladi. Ularning turi qazib olinuvchi qazilma turi va zaboy holatiga quvvatiga etibor qaratiladi.



Foydalanilgan adabiyotlar

  • N. H.Sagatov, L. T. Aripova Y. E. Petrosov, M. N. Djabborov – “OCHIQ KON ISHLARI TEXNOLOGIYASI VA KOMPLEKS MEXANIZATSIYALASH” -Toshkekt- 2015

  • «Kon mashinalari va majmualari» -A.Isaxodjayev

  • www.hozir.org axborot sayti

Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling