Mavzu; Hozirgi o’zbek tilida dialektizmlar Mundarija Kirish Reja; I bob. Adabiy til me’yorlari va dialektizmlar o’rtasidagi bog’liqlik. Ularning ta’siri


Download 47.49 Kb.
bet9/13
Sana08.01.2022
Hajmi47.49 Kb.
#246309
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Hozirgi o’zbek tilida dialektizmlar

Nutqning sofligi.
G `ayri adabiy til unsurlaridan holi bo`lgan nutq sof nutq deyiladi.
Nutqning sofligiga quyidagilar putur yetkazadi:
a) dialektalizmlar;
b) g`ayri tildan olingan so`zlar;
c) jargon va argolar;
d) vulgarizmlar;
e) parazit so`zlar.
Nutqning ta’sirchanligi.
Tinglovchi va o`quvchi ruhida o`zgarish, hayajon yasovchi nutq
ta’sirchan nutq deyiladi. Bunday nutq oldiga quyidagi talablar
qo`yiladi:
a) tinglovchi e’tiborini tortish;
b) tinglovchi qiziqishini oshirish;
c) nutq dalil, isbot misollarning yetarli bo`lishini ta’minlash;
d) fikrni bayon etishda qiziqarli shakllardan foydalanish;
e) so`zlashda tabiiylikka erishish.
1. Til va nutq
F.de Sossyur nutqiy faoliyat (Languege) ning individuallik va sotsiallik belgilarini o„zida mujassam etgan butunlik ekanligi va uning til (Langue) – nutq (parole) munosabati birligidan tashkil topishini ta’kidlaydi.
Nutqiy faoliyat doirasida ikki asosiy tushunchani-til (langua)
va nutq (porole) ni ajratdi. Shu asosda lingvistikani ham ikki turga til lingvistikasi va nutq lingvistikasiga bo„ldi. Lekin amalda asosan til lingvistikasiga e’tiborini qaratdi.
Garchi til-nutq dixotomiyasi F.de Sossyurgacha V.Gumboldt, yosh grammatikachilar maktabi va Boduen tomonidan bayon qilingan bo„lsa ham, lekin F.de Sossyur uni lingvistik sistemasining markaziga aylantirdi.
Sossyurning fikricha, nutqiy faoliyatning ikki tomoni mavjud: individual va sotsial. Ularni bir-birisiz tasavvur qilish mumkin emas. “Til nima? degan savolga javob berar ekan, u “til” tushunchasining “nutqiy faoliyat” tushunchasiga teng kelmasligi, “til” “nutqiy faoliyat”ning bir qismi, lekin eng muhim qismi
ekanligini, u sotsial mahsulot ekanligi, u yoki bu til egalarining har biri xotirasida mavjud bo„lgan nutqiy faoliyatga kirishish imkoniyati ekanligini ta’kidlaydi.
F.de Sossyur tilning belgilar sistemasi ekanligini e’tirof etish bilan birga, uning tuzilishi haqida ham qimmatli fikr bayon qiladi. U tilni munosabatlar yig„indisi sifatida ijtimoiy hodisalar qatorida o„rganar ekan, uning boshqa ijtimoiy hodisalardan farqi belgilik xarakteri ekanligini, “til g„oyalarni ifodalovchi belgilar sistemasi” ekanligini bayon qiladi.


Download 47.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling