Mavzu. Hudud moliyasi va uni tartibga solish Hududiy moliya organlarining funksiyalariga quyidagilar kiradi


Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardir


Download 25.69 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi25.69 Kb.
#1477616
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu. Hududiy moliya organlarining funksiyalari, vazifalari v

Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardir:
a) mahalliy budjetlar tuzilishini tashkil etish va ijrosini monitoring qilish bo‘yicha:
hududiy moliya organlari tomonidan mahalliy budjetlar loyihalarini qonunchilikda belgilangan tartibda shakllanishida ularning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda zarur uslubiy yordam ko‘rsatish;
Vazirlik tarmoq departamentlariga mahalliy budjetlar loyihalarini belgilangan muddatda taqdim etilishida hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda tarmoq departamentlari tomonidan ma’qullangan nazorat raqamlari asosida mahalliy budjetlar loyihalarini umumlashtirish;
mahalliy budjetlarga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan budjetlararo transfertlar hajmlarini qonunchilikda belgilangan muddatlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga yetkazish;
tegishli yil uchun mahalliy budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini hududiy moliya organlarida o‘z muddatida va belgilangan tartibga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilishini monitoring qilish;
mahalliy budjetlar yoyilmalarini belgilangan normativlarga asosan shakllantirilishida hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy budjetlar daromadlari hamda xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra xarajatlar samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
mahalliy budjetlarda shakllangan qo‘shimcha manbalar mablag‘lari sarflanishini tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra xarajatlar samaradorligi va natijadorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
mahalliy budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadlar va xarajatlarini tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra budjetdan tashqari jamg‘armalar daromadlar va xarajatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
mahalliy budjetlar tuzilishi va ijrosi yuzasidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida departament vakolatiga ko‘ra ishtirok etish;
mahalliy budjetlar xarajatlari ijrosini ta’minlashda budjet va moliya intizomiga rioya etilishi yuzasidan mavzuli o‘rganishlarda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va zarur hollarda joyiga chiqib o‘rganishda ishtirok etish;
mahalliy budjetdan mablag‘ bilan ta’minlanadigan budjet tashkilotlarida kuz-qish
va qish-bahor mavsumi tadbirlariga ajratilgan mablag‘larning yo‘naltirilishi bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga hududiy moliya organlari tomonidan taqdim etiladigan talabnomalarga ko‘ra ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha talabnomalarni umumlashtirish, tahlil qilish va ijro etish yuzasidan vazirlik rahbariyatiga taklif tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga budjet ssudasi, o‘tkazib beriladigan mablag‘lar va budjetlaro transfertlarni ajratish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mahalliy budjetlarni shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash
va ijro etishda hududiy moliya organlariga uslubiy yordam ko‘rsatish;
mahalliy budjetlar tasdiqlangan parametrlari va ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar oshkoraligini ta’minlashda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
hududiy moliya organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini Vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan baholash mezoni (KPI) asosida baholash ishlarini amalga oshirish;
mahalliy budjetlar xarajatlari natijadorligini hududiy moliya organlari tomonidan o‘rganish bo‘yicha reja grafiklarni ishlab chiqish hamda o‘rganish tahliliy jadvallarini tayyorlash;
mahalliy budjetlar xarajatlari natijadorligi bo‘yicha o‘rganishlarda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va zarur hollarda joyiga chiqib o‘rganishda ishtirok etish;
o‘rganish natijalariga hamda xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda budjetlararo munosabatlarni va mahalliy budjet xarajatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif tayyorlash;
hududiy moliya organlari rahbarlarini mukofotlash yoki intizomiy chora ko‘rish buyicha buyruq loyihalarini tayyorlash;
hududiy moliya organlari xodimlarini rag‘batlantirish bo‘yicha talabnomalarni umumlashtirish hamda tegishli departamentga kiritish.
b) Davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish va hududlarni inspeksiya qilish yuzasidan:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar
va yig‘ilish bayonlari loyihalari bo‘yicha vazirlik tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan bilan birgalikda takliflar tayyorlash hamda vazirlik rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va yig‘ilish bayonlari ijrosini departamentga tegishliligi bo‘yicha ta’minlash, bu borada hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va yig‘ilish bayonlarida vazirlik mas’ul etib belgilangan topshiriqlar bo‘yicha tizimli asosda tahlil ishlarini hamda zarur hollarda hududlarga chiqib o‘rganish ishlarini amalga oshirish.
c) Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha:
respublika jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari prognozlarini ishlab chiqish hamda ularni jamg‘armaning kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun hududiy jamg‘armalarga mablag‘ ajratish yuzasidan murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda tegishli takliflarni xulosa chiqarish uchun respublika jamg‘armasi kuzatuv kengashiga kiritish;
respublika kuzatuv kengashi ijobiy xulosasiga asosan respublika jamg‘armasi kuzatuv kengashi qarori va Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihalarini ishlab chiqish
va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
respublika jamg‘armasi tushumlar jadvalini ishlab chiqish va uning bajarilishini tahlil qilib borish;
respublika jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantirish hamda ko‘rib chiqish uchun jamg‘armaning kuzatuv kengashiga kiritish;
Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun respublika jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishini monitoring qilish;
hududiy jamg‘armalar daromadlarining shakllanishini hamda yetkazilgan zarar uchun tovon pullarining to‘lanishida hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ushbu jarayonlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
g) hududiy moliya organlari va mahalliy budjetlar bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha:
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga asosan yuklatilgan funksiya va vazifalardan kelib chiqqan holda yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezidenti, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlik hujjatlari loyihalarini vazirlik tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda ko‘rib chiqish hamda vazirlikning xulosa va takliflarini tayyorlagan holda, vazirlik rahbariyatiga kelishish uchun kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan normativ-huquqiy hujjatlar va yig‘ilish bayonlarida:
Departamentga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish;
hududiy moliya organlariga yuklatilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlashda hududiy moliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga ko‘ra hududiy moliya organlari faoliyati va mahalliy budjetlar ijrosi bilan bog‘liq tegishli masalalar yuzasidan Vazirlik Hay’ati majlislarini o‘tkazish bo‘yicha Hay’at raisi va a’zolariga takliflar kiritish;
Hay’at majlisiga tegishliligi bo‘yicha ma’lumotlarni hududiy moliya organlaridan olib umumlashtirish, tahlil qilish hamda tahlil natijalariga ko‘ra ma’lumotlarni Hay’at majlisi muhokamasiga kiritish;
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga ko‘ra hududiy moliya organlari faoliyati va mahalliy budjetlar ijrosi bilan bog‘liq tegishli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishlariga tegishli ma’lumotlarni tayyorlash;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan qilingan murojaatlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablari asosida ko‘rib chiqish;
Departamentga mazkur nizom, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga asosan yuklatilgan funksiya va vazifalardan kelib chiqqan holda yo‘naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaat, shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda ular bo‘yicha tegishli xulosa (javob xatlari) tayyorlash.
________________________________________________________________________________________________________________________________________
Download 25.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling