Referat Mavzu: Davlat ramzlarini g qabul qilinishi


Download 15.31 Kb.
Sana09.04.2023
Hajmi15.31 Kb.
#1345794
TuriReferat
Bog'liq
referat




Referat

Mavzu:Davlat ramzlarini g qabul qilinishi.

Bajardi:Djurayev Xurshid
Qabul qildi:

Reja:


1.Davlat ramzlarining qabul qilinishi.
2.Har bir ramzning oʻz maʼnosi bor.
3.Oʻzbek soʻmining muamilaga kiritilishi

O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. Qarorda shunday deyiladi: «Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyaga O‘zbekiston SSRning Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarning fikrlariga tayanib ish ko‘rsin».

O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi.

Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.

„O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan.

Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.

Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir.

Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va

tinchlikning ramzlaridir.

Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.

Davlat bayrog‘i – bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.

„O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida“gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.

Gerbning markazida tasvirlangan – qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflagan.

Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U „qutlug‘“ degan ma’noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan.

Quyosh tasviri – davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi.

Boshoqlar – rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari – serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilganligi – bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.

Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va „O‘zbekiston“ degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oqrangda; O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.

„O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida“gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.

Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valutadir.O‘z valutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi.

Biroq milliy valutaga o‘tish oson ko‘chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsatadiki, davlatlar o‘z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llar bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan.

O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991–1993- yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rublzonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.

1993-yil may oyi boshlarida 800–900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga qaror qilindi.

Biroq, amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi.

Ikkinchidan,rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan,O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993-yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. Òo‘rtinchidan,birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy Banki Rossiya Markaziy Bankiga hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak edi.

O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valuta kiri tish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta og‘a“ ning o‘yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‘rib qo‘ygan edi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘mkupon nusxalari tayyorlab qo‘yilgan edi. Nihoyat, 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirish ta’minlandi. So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Òoshkent bozorlarida bir kg go‘sht 25 ming so‘m-kupongacha ko‘tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.

1994-yil 16-iyundagi „O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valuta – so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.


Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O'zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI

O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo`r ehtirom bilаn qаrаsh O`zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Davlat gerbi O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbi quyidаgi ko`rinishgа egа: tog`lаr, dаryolаr vа so`l tomoni bug`doy boshoqlаridаn, o`ng tomoni esа chаnoqlаri ochilgаn g`o`zа shoxlаridаn iborаt chаmbаrgа o`rаlgаn gullаgаn vodiy uzrа quyosh zаrrin nurlаrini sochib turаdi. Gerbning yuqori qismidа Respublikа hurligining rаmzi sifаtidа sаkkizburchаk tаsvirlаngаn bo`lib, uning ichki qismidа yarim oy vа yulduz tаsvirlаngаn. Gerbning mаrkаzidа bаxt vа erksevаrlik rаmzi — qаnotlаrini yozgаn Humo qushi tаsvirlаngаn. Gerbning pаstki qismidа O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ini ifodа etuvchi chаmbаr lentаsining bаntidа «O'zbekiston» deb yozib qo`yilgаn.

O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt gerbining rаngli ko`rinishidа: Humo qushi vа dаryolаr — kumush rаngidа; quyosh, boshoqlаr, pаxtа chаnoqlаri vа «O'zbekiston» yozuvi — oltin rаngidа; g`o`zа shoxlаri vа bаrglаri, tog`lаr vа vodiy — yashil rаngdа; chаnoqlаrdаgi pаxtа — oq rаngdа; lentа — O`zbekiston Respublikаsi Dаvlаt bаyrog`ining rаnglаrini аks ettiruvchi uch xil rаngdа; sаkkizburchаk — oltin zаrhаl bilаn hoshiyalаngаn holdа hаvo rаngdа; yarim oy vа yulduzlаr — oq rаngidа tаsvirlаngаn

Davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli «O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i O`zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i xаlqаro munosаbаtlаrdа O`zbekiston Respublikаsining timsoli bo`lаdi.

O`zbekiston Respublikаsining Dаvlаt bаyrog`i — bаyroqning butun uzunligi bo`ylаb o`tgаn to`q moviy rаng, oq rаng vа to`q yashil rаngli uchtа endаn tаrkib topgаn to`g`ri to`rtburchаk shаklidаgi mаtodir.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY VALYUTASINI MUOMALAGA KIRITISH TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 3-sentabrdagi 952-XII-son qaroriga muvofiq:

1. 1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining hududida 1000 so‘m-kuponga bir “So‘m” nisbati bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — “So‘m” muomalaga kiritilsin.

2. Milliy valyutani joriy etish bo‘yicha respublika komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Naqd pullarni almashtirishga hamda pul muomalasiga oid barcha tezkor va joriy masalalarni hal qilish komissiya zimmasiga yuklatilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi “So‘m” O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 “So‘m” bo‘lgan bank qog‘oz pullari /banknotlar/ va 1, 3, 5, 10, 20, 50 “Tiyin” bo‘lgan metall tangalar holida naqd pul muomalasiga chiqariladi.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

1994-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida “So‘m” qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi;

“So‘mlar” va “Tiyinlar” O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan barcha turdagi to‘lovlarga, shuningdek banklar tomonidan omonatlarga va hisobvaraqlariga qo‘shib qo‘yish uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi majburiydir;

O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta — “So‘m” bilan bir qatorda erkin muomaladagi valyutadan to‘lov vositasi sifatida belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat beriladi.

5. So‘m-kuponlarni almashtirish uchun aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish va milliy valyutaga shoshmasdan o‘tishni ta’minlash maqsadida:

— O‘zbekiston Respublikasining bank muassasalari 1994-yilning 1-iyulidan boshlab so‘m-kuponlarni muomalaga chiqarishni to‘xtatsinlar;

— 1994-yilning 1-avgustiga qadar barcha turdagi to‘lovlarga, shuningdek fuqarolarning omonatlariga va O‘zbekiston Respublikasi doirasida pul o‘tkazish uchun milliy valyuta bilan bir qatorda 1000 so‘m-kuponga 1 “So‘m” nisbati bilan hech qanday cheklovlarsiz so‘m-kuponlarni qabul qilishga ruxsat berilsin. Aholiga xizmat ko‘rsatayotgan respublikaning barcha savdo tashkilotlari hamda boshqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari mazkur bandning so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.

O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “So‘m” bilan so‘m-kupon bab-baravar muomalada bo‘lgan davrda so‘m-kuponlarga tovarlar sotishdan va xizmat ko‘rsatishdan bosh tortganlik uchun aybdor shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsinlar.

6. Markaziy bank, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zdehqonchiliksanoatbank” va respublikaning boshqa banklari 1994-yil 28-iyundan 5-iyulgacha 1994-yil iyun oyining ikkinchi yarmi uchun ish haqi, shuningdek 1994-yil iyul oyi uchun pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar “So‘m” bilan berilishini ta’minlasinlar.

7. Respublikaning vakil qilingan banklari 1994-yilning 1-iyulidan boshlab tegishli punktlar orqali erkin muomaladagi valyutani O‘zbekiston Respublikasining “So‘mlari”ga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan kurs bo‘yicha cheklovlarsiz almashtirib berilishini ta’minlasinlar.

8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlari va bank muassasalari 1994-yilning 1-iyuligacha bo‘lgan holatda hisobvaraqlaridagi, omonatlardagi va majburiyatlardagi mablag‘larni, shuningdek ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va boshqa to‘lovlarning miqdorlarini 1 “So‘m”: 1000 so‘m-kupon nisbati bilan qaytadan hisoblab chiqsinlar.

9. 1994-yilning 1-avgustidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining butun hududida to‘lovlarning barcha turlari faqat milliy valyuta “So‘m” bilan amalga oshirilishini e’tiborga olib, aholiga 1994-yilning 1-avgustiga qadar qolgan so‘m-kuponlarni omonatlarga cheklovlarsiz qo‘yish tavsiya etilsin.

Jamg‘arma tarmog‘iga ega bo‘lgan “O‘zjamg‘armabank” va respublikaning boshqa tijorat banklari 1994-yil 1-avgustidan boshlab so‘m-kuponlarni omonatlarga qabul qilishni to‘xtatsinlar.

10. Jamg‘arma tarmog‘iga ega bo‘lgan “O‘zjamg‘armabank” va respublikaning boshqa tijorat banklari 1994-yilning 1-sentabriga qadar aholining omonatlar bo‘yicha shaxsiy hisobvaraqlaridagi operatsiyalarni faqat hisob-kitob cheklari, chek daftarchalari yoki omonatchilarning topshiriqlari bo‘yicha pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirsinlar, 1994-yilning 1-sentabridan boshlab esa omonatchilarning xohishiga ko‘ra “So‘mlar” va “Tiyinlar” bilan bersinlar.

11. Milliy valyutani joriy etish mexanizmi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki ishlab chiqqan normativ hujjatlar ma’qullansin.

12. 1994-yilning 1-iyulidan boshlab mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun mehnat haqini to‘lashga beriladigan mablag‘larni davlat yo‘li bilan tartibga solish joriy etilsin.

O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi o‘n kun muddat ichida buning uchun zarur yo‘riqnomalarni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yetkazsin.

13. Milliy valyuta – “So‘m” joriy etish hamda muomalada bo‘lgan so‘m-kuponlarni belgilangan muddatlarda yig‘ishtirib olish borasidagi ishlarning tashkil etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki zimmasiga yuklatilsin.

14. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV


Reja:


  1. Davlat ramzlarining qabul qilinishi.

  2. Har bir ramz oʻz maʼnosiga ega.

  3. Oʻzbek soʻmining qabul qilinishi.
























Download 15.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling