Mavzu: Hujayra va to'qima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim. Reja


Download 1.1 Mb.
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi1.1 Mb.
#206788
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujayra va toqima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim (1)

Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizm hayotida muhim o'rin tutadi, ular asosiy energiya manbai hisoblanadi. Uglevodlar organizmga murakkab uglevodlar, polisaxaridlar holida kiradi. Ovqat hazm qilish kanalida polisaxaridlar disaxaridlarga, disaxaridlar esa monosaxaridlarga (glyukoza) parchalanadi. Glyukoza qonga so’rilib, jigar va muskullarda undan hayvon kraxmali glikogen hosil bo'ladi. Jigardagi glikogen asosan zahira (zapas) uglevod bo'lib, qonda qand miqdori kamayganda glyukozaga parchalanadi va glyukoza qonga o'tadi. Ortiqcha glyukoza jigarda to'planadi. Muskullardagi glikogen uzluksiz parchalanib turadi. Katta yoshli kishilar 1 kunda 500gr uglevod iste'mol qilishi kerak. Ovqat bilan uglevodlar kirsa, ham organizmda oqsil va yog'lardan uglevod hosil bo'ladi. lgr uglevod parchalanganda 4,1 kkal energiya ajralib chiqadi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling