Mavzu: Hujayra va to'qima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim. Reja


Download 1.1 Mb.
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi1.1 Mb.
#206788
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujayra va toqima. Moddalar va energiya almashinuvi. Endokrin tizim (1)

Buyrak usti bezi 2 ta bo'lib o'ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. Ularning birgalikdagi vazni 10-20 gr ga teng bo'lib, 2 qavatdan : ustki po'stloq qavati va ichki mag’iz qismidan iborat. Po’stloq qismida mineralqortikosteroid, glyukoqor-tikoid va jinsiy gormonlarni hosil qiladigan androgen va esterogenlar ishlab chiqariladi.

Miya qismidan noradrenalin va adrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar arterial qon bosimini oshiradi, yurak qisqarishlarini tezlashtiradi, to'qimalarda moddalar almashinuvini kuchaytiradi.

Me’da osti bezi me'daning pastki va orqa sohasida bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunligi 16-20 sm, vazni 70-80 gr. Inkretor qismi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qondagi qand moddasining ortiqcha qismini jigar va muskul to'qimalarida glikogen moddasi sifatida zapas holda to’planishni ta'minlaydi.

Jinsiy bezlar. Erkaklarda urug'donda, ayollarda tuxumdonda jinsiy gormonlar ishlab chiqariladi.

Bolalarning balog’atga yetishi va jinsiy rivojlanishi erkaklar jinsiy gormonlari testosteron va androsteron ,ayollar jinsiy gormoni esterogen bilan bog'liqdir.

Bu gormonlar birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo'lishiga ta'sir etadi.

Ichki sekresiya bezlarining faoliyati nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Shunday qilib, ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqarilayotgan gormonlar o'z navbatida nerv tizimiga ta'sir etadi, nerv tizimi esa gumoral yo'l bilan ichki sekresiya bezlari faoliyatini boshqaradi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling