Mavzu: Hujayrada mayda zarrachalar va simbiotlarning irsiylanishi
Download 7.87 Kb.
|
mustaqil ish gene
Metabolitlar va ionlar — hujayradagi jarayonlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga taʼsir etish orqali fermentlar sintezini yoki bevosita fermentlarning oʻziga taʼsir koʻrsatib, ular faolligini oʻzgartirishi mumkin. Bunday oʻz-oʻzini boshqarish mexanizmlari tufayli hujayrada hayot uchun muhim boʻlgan koʻp jarayonlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi.Simbioz (Symbiosis — birgalikda yashash) — ikki va undan ortiq turlarning birbiriga foyda keltirib birga yashashi. Simbiotik munosabatlar oʻsimlik bilan oʻsimlik, oʻsimlik bilan hayvon, hayvon bilan hayvon, oʻsimlik va hayvonlar bilan mikroorganizmlar, mikroorganizmlar bilan mikroorganizmlar oʻrtasida boʻlishi mumkin. “Simbioz” terminini nemis olimi A. de Bari (1879) taklif etgan.Organizmlar oʻrtasidagi simbiotik munosabatlar evolyusiya jarayonida katta ahamiyatga ega. 19-asrning 60yillarida rus olimi A.S.Faminsin lishayniklarni simbioz yashaydigan organizmlardan iborat ekanligini aniqlagan. 20-asr boshlarida K. S. Merejkovskiy bu xildagi evolyusiya jarayonini simbiogenez deb atagan. Hozirgi zamon biologiyasida Simbiozga har xil turlarga mansub organizmlar oʻrtasidagi har qanday munosabatlar (parazitizm, kommensalizm, mutualizm) tarzida qaraladi.Download 7.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling