Mavzu: Hujayralar ko'payishi. Mitoz. Mitotik sikl. Meyoz. Ularning biologik ahamiyati Hujayraning hayotiy shakli va bolinishi


Download 0.93 Mb.
bet2/4
Sana13.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1194788
1   2   3   4
Bog'liq
4-mavzu mitoz va meyoz

Metofaza

  • Bu davrning boshlanĝich bosqichida-prometafaza xromosomalar hujayraning ekvator qismiga siljiydi. Metofazada bòlinish ipchasi shakllanib bòladi , xromosomalar tòliq shakllanib , ekvator chiziĝi bòylab joylashadi. Shunday qilib , kòz ilĝamas darajada va òta uzun xromatin ipchasining spirallashishi va batartib taxlanishi oqibatida zich , uzunligi bor yoĝi 6-8 mkm bòlgan xromosoma hosil bòladi.
  • Odatda , xromosomalar metafaza davrida òrganiladi . Bunda xar bir xromosomaning uch qismi 2ga ajralib turgan (sentromera sohasi bilangina birikgan) xromatidlardan iboratdir.
  • Metofazada xromosomalar shakliga va morfologiyasiga tòliq ega bòladi, xromosomalar morfologik tuzilishiga qarab 3 tipga
  • 1.Metatsentrik
  • 2. Submetatsentrik
  • 3.akrotsentrik
  • Metafazada irsiy material 2n4c ga teng

Anafaza

  • Har bir xromosoma bòylamasi ga alohida urĝochi xromatidasiga ajrala boshlaydi va sentromera ham ajraladi. Xromosomalarning qarama-qarshi qutblarga tortilishi tezligi 0,2-0,5 mkm/mm.ga teng . Xromosamaning hujayraning ikki qutbiga tarqalishi ròy beradi. Bu tortilishini sentromerga birikkan urchuq iplarining tarkibiga kiruvchi qisqarish xususiyatiga ega bòlgan aktiv va boshqa oqsillar taminlaydi.
  • Urĝochi xromosomalari hujayraning ikki qutbiga tengma-teng taqsimlanadi. Anafazada irsiy material 4n4c ga teng.

Telofaza

  • Bir ipli xromosoma -xpomatidda spirallar yoyiladi-despirallashadi va interfaza holatidagi xromatin kòrinishiga ega bòladi. Hujayrada yadrocha shaklanadi va yadro qobiĝi hosil bòladi. Bu botiqlik chuqurlasib , hujayrani bòladi ya‘ni sitotomiya (sitoplazmaning bòlinishi) ròy beradi va hujayra 2ta urĝochi hujayrasiga ajraladi, ularning irsiy materiallari 2n2c ga teng.
  • Mitoz bòlinishi muhim ahamiyatga ega -hayotning muntazam davomiyligi hujayra bòlinishidadir. Mitoz yòli bilan kòpayish ona hujayra genetik mahsulotning hosilasi ikki urĝochi hujayraga bir xilda taqsimlanishi taminlab beradi. Mitoz bòlinishi bilan barcha organizmlar tòqima va azolari òsishi , tiklanishi va almashishi kabi jarayonlar bajariladi. Bir hujayrali organizmlarda mitoz shu organizm soninig jinssiz yòl bilan kòpayishini ta‘minlab beradi.
  • Bazan mitoz jarayonining oxirgi davrida qutblangan xromosomalar atrofida alohida yadrolar hosil bòladiyu, lekin SITOTOMIYA kechmaydi. Buning oqibatida hujayrada ikki yadroli (har bir yadrosidagi xromosoma soni ona hujayrasiga teng bòlgan) hujayra paydo bòladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling