Mavzu: hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish dars maqsadi: Ta’limiy


Download 0.6 Mb.
Sana17.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1705959
Bog'liq
Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish


MAVZU: HUJJATGA TASVIR VA HOSHIYA QO‘SHISH


Dars maqsadi:

  1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusini o’rgatish;

  2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;

  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.



Dars uchun umumiy kompetensiya:

  1. Axborotlar bilan ishlash;

  2. O’z-o’zini rivojlantirish;

  3. Milliy va umummadaniy;

  4. Kompyuter savodxonlik.

Fanga oid kompetensiya:
O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlay oladi.
Darsning borishi:

  • Tashkiliy qism:

  • Salomlashish:

  • Davomatni aniqlash:

  • Siyosiy daqiqa (Bugungi kundagi axborot texnologiya yangiliklari)

Yangi mavzu bayoni:


Tasvir qoʻshish
Tasvirni joylashtirish uchun kursor kerakli qatorga joylashtiriladi va Insert (Вставка - Kiritish) menyusi tanlanadi.

Pictures (Картинки - Rasmlar) tugmasi orqali qoʻshmoqchi boʻlgan rasmni topishingiz mumkin. Tanlashingiz uchun oʻqituvchi tomonidan rasmlar toʻplami yaratilgan bo’lsa, shu to’plamdan foydalanishingiz mumkin.

Agar Insert (Вставить-kritmoq) tugmasini bossangiz, hujjatga rasm joylashganini koʻrasiz.





Kalit so’zlar

Tasvir: rasm, fotosurat yoki diagramma.
Joylashtirish: ma’lum bir joyga biror narsa joylashtirish.

Hoshiya qoʻshish
Design (Дизайн - Dizayn) menyusi orqali hujjatga hoshiya qoʻshish mumkin.



Page Borders (Границы страниц - Sahifa chegaralari) tugmasi orqali sahifa uchun hoshiyani joylashtirsangiz bo‘ladi.



Bu yerda sahifa uchun hoshiya va shu hoshiya uchun ko‘rinish, rang va uning qalinligini tanlash mumkin.




Yangi mavzuni mustahkamlash:


1-mashg‘ulot
Oʻqituvchi tomonidan berilgan “Menyu.docx” hujjatini oching. “Bizda tanlashingiz uchun turli sabzavotlar ham mavjud” va “Bizning taomlarimiz sizga yoqadi, deb umid qilamiz” qatorlari orasiga “Sabzavotlar.jpg” rasmini joylashtiring.

2-mashg‘ulot
“Menyu.docx” hujjatiga hoshiya qoʻshing. Quyidagi ko‘rinishdagi (nuqtadan iborat chiziq) hoshiyani tanlang: ………………
Hoshiyani 1pt kenglikda va koʻk rangga o‘zgartiring.
3-mashg‘ulot
“Menyu.docx” hujjatida hoshiyani oʻzgartiring. Yulduzlardan tashkil topgan bezakli hoshiyani tanlang.


Uyga vazifa:
Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.
Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling