Mavzu: hujjatlar, ularning vazifasi, zaruriy qismlari


Download 23.83 Kb.
bet5/6
Sana19.04.2023
Hajmi23.83 Kb.
#1362734
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5 Mavzu Ish yuritish hujjatlari;Tarjimayi hol, tavsifnoma,tavsiyanoma (1)

TAVSIYANOMA
Tavsiyanoma ham ma’lum bir jihatlari bilan tavsifnomaga o‘xshab ketadi. Tavsiyanoma biror shaxsni muayyan lavozimga, yangi o‘rin, vazifaga yoki ijtimoiy-siyosiy, ijodiy jamoatchilik tashkilotlariga a’zolikka tavsiya etish uchun beriladigan rasmiy hujjatdir. Tavsiyanomalar odatda muassasa, tashkilot, korxona, o‘quv yurti ma’muriyati, ijodiy uyushmalar yoki alohida bir shaxs tomonidan ham berilishi mumkin. Tavsiyanoma ham qat’iy bir andozaga ega emas. U ham talab va ehtiyojga qarab yoziladi.
Tavsiyanomada shaxsning butun hayoti, o‘qish, ish yoki jamoatchilik faoliyati qamrab olinmaydi. Balki bu hujjatni berayotgan rahbar yoki boshqa kishi uchun ma’lum bo‘lgan davr bayon etiladi, xolos.
Tavsiyanomada ham shaxsning o‘z sohasida erishgan yutuqlari, malakasi, ishchanligi, ijodkorligi, tashabbuskorligi, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, ijtimoiy foaliyati, oilaviy ahvoliga qisman baho beriladi. Tavsiya etilayotgan nomzodning yangi lavozim, o‘rin, vazifaga munosibligi yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilot, ijodiy uyushma, jamoatchilik ishiga qanchalik loyiqligi ta’kidlanadi. Tavsiyanoma shaxsning taklif etilayotgan lavozim, vazifa, ish yoki a’zolikni bajara olishligiga ishonch bildirish va uning nomzodini tavsiya etish bilan yakunlanadi.
Tavsiyanomaning zaruriy qismlari:
Hujjat nomi - tavsiyanoma.
Tavsiyanoma berilayotgan shaxs haqida matn (shu shaxsni qachondan bilishi, ish joyi, lavozimi uning o‘z ishini qay darajada bajarishi, erishgan yutuqlari, ishchanligi, atrofdagilarga munosabati, jamoatchiligi, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy saviyasi, axloqiy sifatlari, obro‘-e’tibori, oilaviy ahvoli, yangi lavozim, vazifa, o‘rin, ish yoki a’zolikka qay darajada mos ekanligi va unga bildirilgan ishonch hamda tavsiya).
Tavsiyanoma beruvchilarning ish joyi lavozimi, imzolari, familiyalari, berilgan sana va muhr.
NAMUNA
Guliston davlat universiteti
filologiya fakulteti o‘zbek
filologiyasi bo‘limi bitiruvchisi
Sohibova Gulchehra Do‘stmurodovnaga
TAVSIYANOMA
Sohibova Gulchehra filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan paytdan (2003-yl) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men G.Sohibovani fakultet talabalar kasaba uyushmasi byurosi hamda “Kamolot” YIH universitet tashkiloti faollaridan biri sifatida 2004-yildan beri bilaman. U fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti, murabbiylar kengashi, guruh rahbari, fakultet xotin-qizlar kengashi, fakultet ma’muriyati, o‘zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib keladi. U har yili universitet talabalarining an’anaviy anjumanida iqtidorli talabalar qatorida o‘zbek tilshunosligining dolzarb mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar qilib kelmoqda. Shuningdek, xabar va lavhalari bilan shahar, viloyat va respublika vaqtli matbuoti sahifalarida ham qatnashib turadi. Hozir u professor I.K.Mirzayev rahbarligida “Alisher Navoiy ijodining o‘rta umumta’lim maktablarida o‘rganilishi” mavzusida malakaviy-bitiruv ishi yozmoqda. O‘tgan shu qisqa davr ichida u o‘zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko‘rsatdi. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, bitiruvchi G.Sohibovaning o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda uning nomzodini magistraturada o‘qishga tavsiya etaman.
Fakultet “Kamolot” YIH tashkiloti yetakchisi: B.Sobirov
2017.16.05.
Topshiriqlar
1. Mavzuni o‘qib, tavsifnoma va tavsiyanoma o‘rtasidagi farqni tushuntiring.
2. Tavsiyanoma qanday maqsadda yozilishini aytib bering.

Download 23.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling