Mavzu. Hujjatlar va uning turlari turlari reja


Download 8.63 Kb.
bet3/4
Sana31.01.2023
Hajmi8.63 Kb.
#1142125
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu. Hujjatlar va uning turlari turlari-fayllar.org

Nusxa – asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli, uning o‘ng tomonidagi yuqori burchagiga «Nusxa» degan belgi qo‘yiladi.

  • Ikkinchi nusxa – asl nusxa yo‘qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi va u asl nusxa bilan teng huquqlidir.

  • Ko‘chirma nusxa – ba’zan muayyan hujjatga emas, uning bir qismiga ehtiyoj tug‘iladi, bunda ko‘chirma olinadi. Nusxa va ko‘chirmalar notarius, kadrlar bo‘limi va shu kabilar tomonidan tasdiqlangach huquqiy kuchga ega bo‘ladi.

  • Erkin nusxa – hujjatda axborot to‘la ifodalansa-da, u asliga muvofiq kelmaydi. Erkin nusxada muhr o‘rniga “muhr” deb, imzo o‘rniga “imzo” deb, gerb o‘rniga «gerb» deb yozib qo‘yiladi.

  • Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat tayyorlovchining qo‘lyozma yoki mashinalangan dastlabki nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas.

  • Hujjat qat’iy belgilangan rekvizitlar tarkibiga ega bo‘lishi, ularning joylashish va rasmiylashtirish tartiblari 6,38-90 GOST ga muvofiq kelishi kerak. Hujjatlarni tayyorlash borasida bugungi kunda shakllangan umumiy qoidalarga ko‘ra, boshqaruv hujjatlari zaruriy qismlar (rekvizitlar)ning belgilangan majmuiga va ularning barqarorlashgan joylashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy qismlarining to‘liq, ro‘yxati quyidagicha:

    1. O‘zbekiston Respublikasining gerbi.


    • 2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).

    • 3. Mukofot tasviri.

    • 4. Vazirlik yoki yukori idoraning nomi.

    • 5. Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.

    • 6. Tarkibiy tarmoqning nomi.

    • 7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot yoki korxona manzili, telefon raqami, faks raqami, bankdagi hisob-kitob raqami.

    • 8. Matn sarlavhasi.

    • 9. Sana.

    • 10. Shartli raqam.

    • 11. Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqamiga havola.

    • 12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.

    • 13. Hujjatni oluvchi (adresat).

    • 14.Tasdiqlash ustxati.

    • 15.Munosabat belgisi (rezolyutsiya).

    • 16.Hujjat turining nomi.

    • 17.Nazorat haqida qayd.

    Download 8.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling