Mavzu: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya
Download 226.36 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdunaimov Javoxir Bux
Mavzu: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiyaIqtisodiyot 20-134 C guruh talabasi Abdunaimov Javohir Buxgalteriya hisobining muhim tamoyillaridan baholashdir.Ваhоlаsh – bu korxona aktivlarining qiymatini pulda ifodalash usuli. Kаlkulаtsiуа - bu xo'jalik aktivlarining sotib olish, ishlab chiqarish vа sotish qiymatlarini hisoblab topish usuli. Korxona aktivlarini baholash negizida quyidagi qiymat turlari yotadi: Boshlang'ich qiymat Qoldiq qiymat. Sof sotish qiymat Boshlang'ich qiymat - bu aktivlarning sotib olish, qurish, ishlab chiqarish уа boshqa yo'llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat aktivlarni sotib olishga, qurishga vа ishlab chiqarishga ketgan xarajatlarni o'z ichiga oladi. Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang'ich qiymati komissiya tomonidan ekspert уо‘li bilan topiladi. Qoldiq qiymat - bu aktivlarning boshlang'ich qiymatidan foydalanish davrida jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati. Sof sotish qiymat -bu aktivning sifati, holatidan, shuningdek, bozordagi talab уа taklifdan kelib chiqqan holda shakllangan qiymati. Buxgalteriya hisobining bоshqа hisob turlaridan уаnа bitta farqli xustlsiyati shundаki, unda aks ettirilgan xo'jalik operatsiyalari qat'iy hujjatlashtirilgan bo'ladi, ya'ni hisobda aks ettirilgan ma'lumotlar hujjаtli asosga ega bo'ladi. Вu, o'z navbatida, buxgalteriya hisobi ma'lumotlarini muhimliligini, ishonarliligini, yuridik kuchga ega ekanligini ta'minlaydi. Shuning uсhun ham hujjаtlаshtirish buxgalteriya hisobining muhim usuli hisoblanadi. Hujjаtlаshtirish - bu xo'jalik operatsiyalarini mа'1um bir hujjatlar bilan rasmiylashtirish usuli.Hujjat - bu xo'jalik operatsiyalarining haqiqatda yuz berganligiga guvohlik beruvchi уоki ularni kelgusida yuz berishga asos bo'luvchi yozma guvohnoma. Masalan, tovar-moddiy boyliklaming haqiqatda sotilganligi уоki olinganligiga schot-fakturalar, pulni kassaga olinganligiga kirim kassa orderi guvoh blsoblanadi. Boshqa bir hujjatlar xo'jalik operatsiyalarining kelgusida yuz berishiga asos bo'ladi, masalan, berilgan ishonchnoma shu shaxs tomonidan boshqa korxonadan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olish, chek esa kassirga pulni bankdan naqd olish huquqini beradi. Buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan hujjatlar Maqsadiga ko’ra Tuzilish tartibiga ko’ra Aks ettirish usuliga ko’ra Tuzilish joyiga ko’ra Tuzilish usliga kora
1. Bir marotabalik operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar 2. Kо'р marotabalik operatsiyalarni aks ettiruvchi hujjatlar
Download 226.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling