- Harakat dasturlarida o‘zaro yaqinlik bo‘lganligi sababli hamda demokratik jarayonlarining talablarini hisobga olgan holda «Vatan taraqqiyoti» partiyasi bilan FMDPning o‘zaro birlashishi ham shu ruhni o‘zida aks ettiradi («Vatan taraqqiyoti» partiyasi 1992-yil 24-mayda tuzilgan; VTP 2000- yil 14-aprelda Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi bilan birlashib, FMDP nomini oldi) va O‘zbekiston «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi (1998-yil 28 dekabrda tuzilgan; 2008-yil 20-iyunda «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi bilan birlashgan) ham faoliyat ko‘rsatadi.
Jamoat birlashmalari - O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi 1991-yil 1-martda tashkil topdi. Mamlakatimizda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik jarayonlarda ayollarning faol ishtirok etishi xotin-qizlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashda muhim rol o‘ynamoqda.
- Kasbga o’qitish, Tadbirkorlik.
- 2018-yil 2- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xotin –qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
- Qarorga asosan, qo’mitaning respublikadan mahallagacha bo’lgan vertical boshqaruv tizimi ishlab chiqildi
- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tuman, shahar hokimi o‘rinbosarlari-Xotin-qizlar qo‘mitalari raislariga bo‘ysundirildi
- -Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi va qo‘shimcha imtiyozlar joriy etildi; -
- «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
2016-yil 24- sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonun imzolandi. - 2016-yil 24- sentyabrda O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid Davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
- Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarga harbiy ta’lim-tarbiya beradigan kursantlar maktablari «Temurbeklar maktabi» deb nomlandi.
- Vatanga sadoqat bilan xizmat qilgan yoshlarni rag‘batlantirish uchun «Mard o‘g‘lonlar» Davlat mukofoti, o‘qishda, mehnatda, jamoat ishlarida faol bo‘lgan Yoshlarni «Kelajak bunyodkori» medali bilan taqdirlash yo‘lga qo‘yildi.
- O‘zbekiston polietnik, ya’ni ko‘p elatli davlat turiga mansub bo‘lib, davlatga o‘z nomini bergan millat - o‘zbeklar 84.5 % (2021) ni tashkil qiladi, qolganlar esa kam sonli millatlar vakillaridir
- O‘zbekistondagi elatlararo va konfessiyalararo mutanosiblik o‘zbek xalqining ma’naviy yangilanishi va milliy tafakkurning o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda jamiyatning yangilanish va uning demokratiyalashuvida kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi, “respublikaning jahon hamjamoatchiligi bilan integratsiyasi uchun qulay sharoitlar yaratadi”
Do'stlaringiz bilan baham: |