Mavzu: huquqiy munsabatlar reja: huquqiy munosabatlar tushunchasi
g) huquqiy munosabat — irodaviy munosabatdir
Download 28.39 Kb.
|
Huquqiy munoosabatlar
g) huquqiy munosabat — irodaviy munosabatdir. Ma’lumki, huquqiy normalarda davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga, hukukiy munosabat vujudga kelishi uchun ishtirokchilarining ham istagi, xohishi talab kilinadi. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha ishtirokchilarning xohishirodasi bayon etilishi lozim. Masalan, nikohga kirayotgan har ikki tomon o’z xohishini bildirishi lozim yoki oldisotti munosabati sotuvchi bilan xaridorning xohishirodasi tufayligina amalga oshishi mumkin. Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon irodasini bayon etsa, yetarli hisoblanadi. Bunday huquqiy munosabatlarga ma’muriy ishlar yoki hukuqni muhofaza etuvchi idoralar amri bilan qo’zg’atiladigan jinoyat ishlari misol bo’lishi mumkin. d) huquqiy munosabat — davlat tomonidan qo’riqlanadigan munosabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va jamiyat manfaatlari aks ettirilgani bois davlat ularning talablari to’lato’kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda davlatning majburlash kuchi ishga solinadi. Davlat hukuqni qo’riqlash orqali, ayni vaktda, huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo’riqlaydi. Hukuqiy munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzda qo’riqlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan fark qiladi. Davlat tomonidan qo’riqlanadigan huquqiy munosabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosini tashkil etadi. Shunday qilib, xuquqiy munosabat — huquqiy normalarning kishilar xattiharakati, hulqatvoriga ta’sir etishi oqibatida vujudga keladigan, davlat tomonidan qo’riqlanadigan hamda uning ishtirok chilarida subyektiv huquk va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsif lanadigan ijtimoiy munosabatlardir.
Download 28.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling