Mavzu: huquqiy munsabatlar reja: huquqiy munosabatlar tushunchasi
Huquqiy tartibga solish mexanizmi
Download 28.39 Kb.
|
Huquqiy munoosabatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy tartibga solish jarayoni
- Huquqiy tartibga solish mexanizmi
Huquqiy tartibga solish mexanizmi — huquqiy tizimning muhim elementlaridan biri. Huquqiy tartibga solish ijtimoiy munosabatlarga hukuk yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Hukuqiy tartibga solishning muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining yuridik hukuk va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro’yobga chiqarilishi va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi. Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy tartibga solishning maxsus turi bo’lib, o’zining demokratik qadriyatlarga tayanganligi, maqsadga yo’naltirilganligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, hukukiy tartibga solish o’ziga xos ta’sir etish vositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi idoraning yuridik normalar yaratishdan ko’zlagan maqsadi xuddi ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari yordamida ro’yobga chiqariladi.Yuridik adabiyotda huquqning regulyatorlik funksiya si turlicha talqin etiladi. Ba’zan yuridik shaklga ortiqcha o’rin berilib, huquqiy tartib ga solish mexanizmi tarkibiga huquq yaratish jarayoni ham qo’shib yuboriladi. Bu mantiqka muvofiq emas. Chunki gap ikkita mustaqil huquqiy hodisa (institut) haqida bormokda. Demak, «huquk normasi» ni «huquqiy tartibot» tushunchasiga qo’shib bo’lmaganidek, hukuk yaratish jarayonini huquqiy tartibga solish mexanizmiga qo’shish ham mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning imkoniyatlarini, yuridik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, obyektiv ijtimoiy munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan qochirish to’g’ri bo’lmaydi.Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turlituman ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketmaketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni hamda hukuqiy normalar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad va vazifalar, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o’tish, huquqiy davlat va fukarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan chambarchas bog’liq. Huquqiy tartibga solish jarayoni — ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning qat’iy belgilangan tartibi. Huquqiy tartibga solish, har qanday ijtimoiy jarayon singari, o’z boshlanish va nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiy normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlat idorasini o’zida ifodalovchi, uni hukuqiy munosabat ishtirokchilariga yetkazuvchi vosita sifatida vujudga keladi va amal qiladi. Huquqiy tartibga solish jarayonini quyidagi uch asosiy bossichga ajratish mumkin: -ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaning yaratilish bosqichi; -huquqiy normaning amal qilish bosqichi; -yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, hukuk va majburiyatlar vujudga kelganida subyektiv hukuk va yuridik majburiyatlarning amalga oshirilish bosqichi. Mazkur uch bosqichdan tashqari yana bir bog’lovchi qo’shimcha (fakultativ) bosqich —xususni so’llash bossichi haqida gapirish lozim. Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga huquqiy tartibga solish mexanizmining uchta muhim elementi (hukukiy hodisa) muvofiq keladi: a) huquqiy normalar; b) huquqiy munosabatlar; v) subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshirish
hujjatlari. Huquqiy tartibga solish mexanizmi — ijtimoiy munosabatlarga jamiyat hamda davlat oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib samarali huquqiy ta’sir etilishini ta’minlovchi yuridik vositalar tizimi. Huquqiy tartibga solish jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. Chunki huquqiy tartibga solish jarayonida namoyon bo’luvchi qismlar yagona bir butun mexanizmni tashkil etadi. «Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» (yoki ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki tushuncha tarkibiga huquq normalari, huquqiy munosabatlar, normativhuquqiy hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqa huquqiy voqyeliklar kiradi. Biroq bu unsurlar yagona mexanizmning tarkibiy qismlari sifatida tahlil kilinganida e’tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik tomoniga, huquqiy ta’sir etish jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o’zaro harakatiga qaratish lozim. Download 28.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling