Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Kurs ishi 
 
 
 
MAVZU: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. 
 
Ilmiy rahbar:

 
 
 
TOSHKENT – 2023



Reja: 
1. Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi. 
2. Xalqaro savdoning yangi va o‘ta yangi nazariyalari. 
3. Xalqaro savdoning turlari, rivojlanish bosqichlari va tartibga solish mexanizmi. 
4. O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari. 
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Xalqaro savdo-bu turli davlat-milliy xo‘jaliklari o‘rtasidagi tovar va 
xizmatlarning ayirboshlash jarayonidir. Xalqaro savdo qadimdan mavjud bo‘lsada, 
faqat XIX asrga kelib, yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo 
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan jahon bozori shakliga kirdi. Xalqaro savdo 
tashqi savdo aylanmasi, eksport va import, savdo balansi kabi ko‘rsatkichlar bilan 
tavsiflanadi. 
Xalqaro savdo va hamkorlik ko‘pchilik mamlakatlarga yuqori foyda ko‘rishiga 
asos bo‘lib kelmoqda, masalan bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar 
rivojlangan mamlakatlarga va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlariga har xil turdagi tovar 
va xizmatlar eksport qilmoqda. Bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar ichidan 
Xitoy va Xindiston asosan xalqaro savdoda ulushi keskin oshib borayotgan 
mamlakatlardan hisoblanadi. Xalqaro savdoning yana bir afzallik tomoni shundaki, 
ko‘plab mamlakatlardagi kambag‘allik muammosini qisqartirishga yuqori axamiyat 
kasb etayotganidir. Hindistonda 60-70-yillarda kambag‘allik atigi 1%ga ham 
qisqarmagan, ma’lum vaqtlardan so‘ng globalizatsiya va integratsiya yordamida 
ishlab chiqarish xizmat ko‘rsatish ta’lim va boshqa barcha soxalarda o‘sish 
kuzatiladi. Xalqaro hamkorlikning kuchayishi natijasida yaxshiroq ta’lim va sog‘lik 
tizimini yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. Bugungi kunda xalqalaro savdo 
aloqalar tobora chuqurlashib bormoqda ayniqsa bu borada rivojanayotgan 
mamlakatlarning ulushi oshib bormoqda. Bizga malumki tashqi savdo o‘sishi bilan 
jahon iqtisodi ham rivojlanadi. Export jihatdan qaraganda rivojlangan va 
rivojlanayotgan mamlakatlar ikkalasi ham faqat kichikroq hajmda ijobiy o‘sishga 
erishadi(rivojlangan mamlakatlar 1.5% va rivojlanayotgan mamlakatlar 3.3 % mos 
ravishda).
Xalqaro savdo trendlari. Bugungi kunda transport va axborot komunikatsiya 
almashinuvi narxida sezilarli pasayish kuzatildi, xalqaro savdo sistemasida
geosiyosat hal qiluvchi axamiyat kasb etadi. So‘nggi 30-yil mobaynida tovarlar va 
savdo xizmatlari yiliga o‘rtacha 7% ga o‘sdi va mos ravishda o‘zinig eng yuqori 
nuqtalari 18 trln dollar va 4 trln dollarga yetdi.1980 va 2022- yillarda



rivojlanayotgan mamlakatlar dunyo export-importi ulushida sezilarli o‘sish 
kuzatildi; Dunyo exportidagi ulushi 34% dan 47% ga yetdi; Dunyo importidagi 
ulushi esa 29% dan 42% ga o‘sdi, ushbu o‘sish ko‘rsatkichlarida osiyo 
mamlakatlari o‘suvchi rolni o‘ynamoqda; So‘nggi bir nechta o‘n yillikda jahon 
savdosi sal kam ikki barobarga o‘sdi, xuddi jahon ishlab chiqarish tezligi kabi va bu 
bildiradiki, xalqaro taklif zanjiri darajasi oshib bormoqda va qo‘shilgan qiymat juda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling