Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar
Download 0,52 Mb. Pdf ko'rish
|
Xalqaro savdo, uning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining tuzilishi
- 1 Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi.
Kurs ishining maqsadi – Men o‘z kurs ishimda Xalqaro savdo, uning turlari va
tartibga solish mexanizmi haqida tushuncha berish va imkon boricha aniq faktlar bilan va qonun qoidalar bilan izohlashni hamda yakuniy xulosamda takliflarimni berishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yaman. Kurs ishining vazifasi: -xalqaro savdo nazariyalari haqidagi bilimlarni rivojlantirish. - xalqaro savdoning turlari va rivojlanish bosqichlarini bilish. -O‘zbekiston tashqi savdosining tarkibi va rivojlanish omillari haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish. Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalardan iborat bo‘lib , jami 27 sahifani tashkil etadi. 4 1 Merkantilizm va erkin savdo g‘oyasi. Xalqaro savdoga oid nazariyalar o‘z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta’limot 17-asrdayoq yaratilgan. O‘rta asrlarda ro‘y bergan Yevropadagi ulkan o‘zgarishlar jumladan, yangi qit’alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va boshqa boyliklarni egallab olishga intilish o‘z-o‘zini ta’minlashni targ‘ib etuvchi feodalizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo‘jalik tizimi doirasida tovarlar omili va davlatlarning xalqaro savdoga bo‘lgan talabini asoslab bera oladigan yangi iqtisodiy nazariyaga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Shunday nazariyalardan biri merkantilizm ta’limotidir. Merkantilizm maktabi XVI-XVII asrlarda faoliyat ko‘rsatgan. Uning eng yirik vakillari ingliz iqtisodchilari Tomas Man (1571-1641) va Uilyam Staffordlar (1554-1612) hisoblanishadi. Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va harbiy koloniyalar sektoriga bo‘lishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishida eng muhim guruh deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan. Mamlakatning boyligi uning ixtiyorida bo‘lgan oltin va kumush bilan belgilanganligi sababli tashqi savdoda mamlakat milliy iqtisodiyotini mustahkamlashi uchun quyidagilarga amal qilish lozim, deb hisoblashgan: • tashqi savdoda musbat saldoni ta’minlash-eksportning importdan katta bo‘lishi mamlakatning oltin zaxirasini boshqa mamlakatlarning oltin manbalari hisobiga o‘sishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida, ichki xarajatlar, ishlab chiqarish va bandlikning oshishiga olib keladi; • eksportni oshirish va importni kamaytirish siyosatini yuritish-tariflar, kvotalar yordamida musbat savdo saldosini ta’minlash; • xomashyoning olib chiqilishini qattiq cheklash, mamlakatda mavjud bo‘lmagan xomashyo importidan boj undirmaslik, shu yo'l bilan mamlakat oltin zaxirasining ko‘payishi va tayyor mahsulotlarni past narxlarda eksport qilish imkonini yaratadi; • mustamlakalarning metropoliyadan boshqa davlatlar bilan har qanday savdo aloqalarini ta’qiqlash va ularni xomashyo ta’minotchisiga aylantirish. 5 Merkantilistlar xalqaro savdo nazariyasi rivojlanishiga jiddiy ulush qo‘shdilar. Ular xalqaro savdoning mamlakat iqtisodiy o‘sishidagi o‘rnini birinchi bo‘lib chuqur tahlil qildilar va uning rivojlanishining muhim modellaridan birini ishlab chiqdilar. Ular birinchi bo‘lib zamonaviy iqtisodiyotda to‘lov balansi, deb ataladigan tushunchani ta’rifladilar. Merkantilistlar g‘oyasining kamchiligi — bu ularni bir mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashganidir. Bunday g‘oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. «Erkin savdo» 1 nazariyasi. Merkantilistlarni keskin tanqid qilgan iqtisodchilardan biri Adam Smitdir (1723-1790). A. Smit mamlakatning boyligi u ega bo‘lgan oltin miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning bosh vazifasi mamlakat ega bo‘lgan oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida o‘ziga xos munosib o‘rin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A. Smit g‘oyalariga binoan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash kerak. Ushbu siyosat «Lessa fer» 2 nomini oldi. A. Smit qarashlariga muvofiq: • davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va erkin savdo rejimiga rioya qilishi lozim; • mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar afzallikka ega bo‘lgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak; • tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqali mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlaydi; • eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi; • eksport subsidiyalari ichki soliqlar hisobidan moliyalashtiriladi va ichki narx- 1 Erkin savdo - Razzoqov A. va boshqa, Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 2002 2 Lesse fer — fransuzcha «laissez-faire», ya’ni davlatning iqtisodiyotiga aralashmaslik va raqobat erkinligi. 6 larning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ularni bekor qilishi kerak. A. Smit iqtisodiy nazariyaga birinchi bo‘lib «mutlaq afzallik» tushunchasini kiritdi. Mutlaq afzallik -mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo‘lgan (tannarxi pastroq bo‘lgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qilishadi, boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import qilishadi. Bu nazariyani tushuntirish uchun «ikki mamlakat-ikki xil tovar» modelidan foydalanamiz. Faraz qilaylik, ikkita mamlakat (Buyuk Britaniya va Ispaniya) o‘zaro savdo aloqalarini o‘rnatishmoqchi. Bu mamlakatlar faqat ikki xil tovar (mаto va vino) ishlab chiqarishadi. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat resurslarining me’yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Download 0,52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling