Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

Harakatchan omil-hamma tarmoqlarda keng qo‘llaniluvchi va shu sababli 
tarmoqlararo erkin harakatlanuvchi ishlab chiqarish omili. Misol uchun, agar 
ishchi kuchi sanoat korxonasida o‘z ish joyini yo‘qotib qo‘ysa, u qishloq 
xo‘jaligiga borib ishlashi mumkin. 
Xalqaro savdo turli xil ishlab chiqarish omillariga turlicha ta’sir ko‘rsatishi 
sababli ko‘plab iqtisodchi olimlar xalqaro savdoning aholi daromadiga ta’sirini 
o‘rganishgan. Bu boradagi asosiy nazariyalarga quyidagilar kiradi: 
1. 
Xeksher-Olin-Samuelson nazariyasi-xalqaro savdo mamlakatlarda gomogen 
ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarining muvozanatlashuviga 
olib keladi. Bu esa gomogen ishlab chiqarish omillari egalarining 
daromadlarining barqarorlashuvini anglatadi. 
2. 
Samuelson-Djons nazariyasi-mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etish 
natijasida eksport va import bilan raqobatlashuvchi tarmoq uchun maxsus bo‘lgan 
omil egalarining daromadlari o‘zgaradi. 
3. 
Stolper-Samuelson nazariyasi-xalqaro savdo ta’sirida narxi o‘sadigan tovarni 
ishlab chiqarishda nisbatan intensiv foydalaniladigan omilning narxi ham o‘sadi 
va aksincha, narxi pasaygan tovarni ishlab chiqarishda nisbatan intensiv 
4
Maxsus ishlab chiqarish omillari -
«JAHON IQTISODIYOTI VA XALKARO IQTISODIY MUNOSABATLAR» FANIDAN O’QUV 
– USLUBIY MAJMUA. 173b .SAMARQAND – 2019. 



foydalaniladigan omilning narxi pasayadi. 
Demak, mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishdan olishi mumkin 
bo‘lgan foyda-bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan o‘rniga bog‘liq 
ekan. 
Amerikalik iqtisodchi Maykl Pozner 1961-yilda xalqaro savdoni texnologik 
taraqqiyot bilan bog‘liqligini ochib berishga harakat qildi va o‘zining texnologik 
uzilish modelini ishlab chiqildi. Ushbu modelga muvofiq mamlakatning yangi 
texnologiyani yaratish oqibatida ushbu texnologiya asosida tovar ishlab chiqarishda 
va bu tovarni jahon bozorida sotishda vaqtinchalik monopoliyaga ega bo‘ladi. M. 
Poznerning ushbu modeli boshqa amerikalik iqtisodchi R. Vernon tomonidan 
rivojlantirildi. 1966-yilda R. Vernonning «mahsulotning hayotiylik sikli» modeliga 
bag‘ishlangan maqolasi chop etildi. 
«Mahsulotning hayotiylik sikli»
5
nazariyasi-yangi tovarning kashf qilinishi 
ma’lum vaqt davomida ixtirochi mamlakatga jahon tovarlar bozorida yetakchilik 
qilish imkoniyatini beradi, ammo keyinchalik mahsulot hayotiylik siklida bir 
bosqichdan boshqa bosqichga o‘tgani kabi bu tovarni ishlab chiqarishdagi ustunlik 
ham bir davlatdan ikkinchisiga o‘tadi. 
Mahsulotning hayotiylik sikli beshta bosqichdan iborat bo‘lib ular quyidagilar: 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling