Mavzu: Xalqaro savdo uning turlari va tartibga solish mexanizmlari. Ilmiy rahbar


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana18.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1572818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Xalqaro savdo, uning turlari.

Miqyos samarasi-ishlab chiqarishning shunday rivojlanishiki, bunda omillar 
sarfining bir birlikka o‘sishi ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining bir birlikdan 
ko‘proq miqdorga o‘sishiga olib keladi va buni quyidagi jadvalda ko‘rishimiz 
mumkin:
Miqyos samarasi 2-jadval. 
Mehnat (soat) 
4 
6 
8 
10 
Tovar (dona) 
1 
3 
5 
7 
Tovarning tannarxi (soat/dona) 
4,00 
2,00 
1,60 
1,43 
Miqyos samarasining vujudga kelish sabablari ko‘p, ammo ularning asosiylari 
quyidagilardan iborat: 


11 
1.Ixtisoslashuv darajasining o‘sishi-ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi 
ishchilarning belgilangan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashuvining o‘sishiga 
olib keladi; 
2.Ishlab chiqarishning yaxlitligi-boshqaruv apparati, buxgalteriya va shu kabi 
ishlab chiqarishga bilvosita bog‘liq bo‘limlarning oylik fondi o‘zgarmasligi hisobiga 
mahsulotning tannarxi pasayadi; 
3.Texnologik iqtisod-texnologik jarayonlarni yaxshilash, marketing va reklama 
ishlarini olib borish xarajatlarning mahsulot tannarxidagi ulushi pasayadi. 
Miqyos samarasi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqobat bozoridagi 
xatti-harakati hamda faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tashqi va ichki 
miqyos samaralariga ajraladi. 
1.Tashqi miqyos samarasi-butun tarmoqda ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi 
natijasida firma doirasida tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning kamayishi. 
2.Ichki miqyos samarasi-firma doirasida ishlab chiqarish miqyosini kengaytirish 
orqali tovar birligiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi. 
Tashqi miqyos samarasi-har bir firmaning hajmi o‘zgarmagan holda bir xil 
tovar ishlab chiqaradigan firmalar soni ortadi, ular bozorda yetarli darajada 
raqobatbardoshligini saqlab qoladi, natijada eksportyorlar o‘zlari ta’sir ko‘rsata 
olmaydigan bozordagi narxda xohlagan miqdorda tovar sotishlari mumkin. 
Ichki miqyos samarasi esa ishlab chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda tovar 
ishlab chiqaruvchi firmalar soni kamayadi bu esa ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari 
narxiga ta’sir ko‘rsatib, tovar narxini pasaytirish orqali sotish hajmini orttirishlari 
mumkin. Ichki miqyos samarasining ekstremal holati sof monopoliya hisoblanadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling