Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Download 0.52 Mb.
|
Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari.Moliyaviy hisobga kirish fanidanTayyorladi: Yo`ldoshev.A Tekshirdi: Bozorova.O Reja:
KirishO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonIi Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda 0 ‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayotining barcha sohalari uchun asosiy dasturamal bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatni yanada rivojlantirish va rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish maqsadida qabul qilingan ushbu hujjatning uchinchi yo‘nalishida belgilangan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari borasidagi vazifalar ijrosi tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga ham bog‘liqdir. Bunday ustuvor vazifani bajarish iqtisodiyotning rivojlanishini zamon talablariga moslashtirib, takomillashtirib borishni taqozo etadi. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o ‘z faoliyatining fovdalilik darajasini doimo tahlil etib, oshirilayotgan jarayonlarning hisobini to‘g‘ri tashkil qilishlari zarur. Bu sharoitda, buxgalteriya hisobi va tahlilning ahamiyati katta bo'lib, ulardan yanada unumli foydalanish zaruriyati ortib boradi Chunki, aynan shu sohalar iqtisodiyot subyektlarining talablari bajarilishida muhim o ‘ rinni egallaydi. Boshqa fanlar kabi «Buxgalteriya hisobi» fani ham o‘z tarixi, vazifalari, predmeti, obyekti, usul va uslubiyati hamda tamoyillariga ega. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasining hisob tizimidagi muammolardan bin - an’anaviy «Buxgalteriya hisobi» fanini amaldagi taraqqiyotga mos holda qayta ko‘rib chiqish va zamon talablariga mos holda takomillashtirishdir. Bizga m a’lumki, hozirda buxgalteriya hisobi fan sifatida bir-biriga bog‘liq «Buxgalteriya hisobi nazariyasi», «Buxgalteriya hisobi» va «Moliyaviy hisob» kabi qismlarga bolinadi. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobining asosiy nazariy qismi bo‘lib, unda buxgalteriya hisobining jamiyatdagi o ‘mi, ahamiyati, vazifasi, predmeti, obyekti, tamoyillari, usullari va boshqa o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganilsa, «Buxgalteriya hisobi» va «Moliyaviy hisob» fanlarida buxgalteriya hisobining tamoyillari, usullari amaliyotda qanday qo‘llanishi o ‘rganiladi. «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani nafaqat buxgalteriya hisobi tizimi uchun balki, barcha iqtisodiy fanlar uchun ham nazariy manba hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida barcha ma’muriy-boshqaruv xodimlari va ishchi-xizmatchilari iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar to‘g‘risida m a’lumotga ega bo iish i kerak. Bunday iqtisodiy tushuncha hamda jarayonlar mazmuni «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanida ko‘rib o ‘tiladigan usul va tamoyillar orqali ifodalanadi. Buxgalteriya hisobi fani aniq, qiziqarli, tortishuvli va muammoli fanlardan biri hisoblanadi. Tarixiy m a’limotlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobini tashkil qilish va takomillashtirish borasida to‘rtta yirik davlat. italyan, fransuz, nemis va angliya-amerika maktablari mavjuddir. Buxgalteriya hisobining tashkiliy jihatlari borasida bu maktablarning qarashlari bir-biriga o ‘xshamaydi. Ularning ta ’limotlariga ko‘ra fanning asosi ham har xil talqin qilinadi. Masalan, Italyan maktabi vakillari ushbu fanning asosini algebra va huquq, fransuz maktabi vakillari siyosiy iqtisod, nemis maktabi vakillari matematika, angliya- amerika maktabi vakillari psixologiya deb qaraydilar. Shu sababli uning vazifasi, predmeti, obyekti, usul va uslubiyoti, tamoyillari hamda tarkibiy tuzilishi borasidagi ularning qarashlari turlichadir. Bunday maktablarning bir ko‘rinishi sifatida yuzaga kelayotgan o ‘zbek milliy maktabining shakllana boshlaganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Lekin bu qisqa davr icliida respublikamizda buxgalteriya hisobi tizimining shakllanib borishida olimlarimiz, mutaxassislarimiz tomonidan ko‘plab ilmiy, nazariy, amaliy ishlar qilindi va qilinmoqda. Masalan, 1996- yil 30- avgustda tizimning lmquqiy asosi hisoblangan 0 ‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to ‘g ‘risida» gi qonuni qabul qilindi va 2016-yil 13-aprelda uning yangi tahriri tasdiqlandi. XX asming oxirlariga kelib, 0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqil tarzda xalqaro bozor maydoniga vuz tuta boshladi. Natijadaboshqa sohalar kabi amaldagi buxgalteriya hisobi tizimida ham yangicha atamalar, fikrlash va qarashlar yuzaga keldi. Bunday o'zgarish va islohotlarga moslashish talabi negizida an’anaviy buxgalteriya hisobi tizimida yangilanish bosqichini tez va og‘ishmay amalga oshirish natijasida Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti (BHMS) shakllana boshlandi. Hozirda Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 24 ta standarti ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Nazariy jihatdan hanuzgacha buxgalteriya hisobining tashkiliy tuzilishi borasida har xil qarash, g‘oya va fikrlar mavjud bo‘lib, amaliy jihatdan ba’zi bir muammolarni keltirib chiqarmoqdaki, uning natijasida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablaglarini boshqarish, ularning harakati ustidan nazorat o ‘matish va aniq m a’lumotlami olish, hisobini to‘g ‘ri tashkil etishda noaniqlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi asossiz yo‘qotishlarga olib kelmoqda. Bu amaldagi «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fanini yanada takomillashtirish, uningzamonaviyusul vauslubiyotlariniyaratishda rivojlangan mamlakatlaming tajribasi, fanning rivojlanish tarixi hamda istiqbollarini va respublikamiz iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bu sohada islohotlar va ilmiy izlanishlar olib borishni ham taqozo qilmoqda. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling