Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Download 0.52 Mb.
|
Buxgalteriya hisobining predmeti, metodi va prinsplari
Luko Pacholi asos solgan. U «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola» nomli asarida (1494) hisob yozuvlariga oid tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi. Buxgalterlavozimini birinchi bo`lib , Insburkschyotlar palatasining ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan, bu borada imperator Maksimilian I ning 1498-yil 13-fevralda chiqargan buyrugl Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Buxgalteriy a hisobi bo‘yicha darslik birinchi marta XIX asrda Rossiyada paydo bo‘ldi. 1931-yili K.Klarko va N. Nemchinnovlar tomonidan «Schyot ilmi» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi. 1710-yilda Rossiya hukumatining «Harbiy va boshqa ishlar bo‘yicha xabarnoma» gazetasida birinchi bor «Buxgalter» so‘zi paydo bo‘ldi. Bu davrda Rossiyada Pyotr I tomonidan harbiy islohotlar o ‘tkazilavotganligi munosabati bilan hisob va nazoratga juda katta e ’tibor berilayotgan edi. Ko‘rinib turibdiki, Buxgalteriya hisobi fan va mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o'tm ishga ega. Shu yerda o ‘rinli savol tug‘ulishi mumkin. 0 ‘zbekistonda qachon buxgalteriya hisobi shakllana boshlagan? Buxgalteriya hisobi nafaqat Germaniya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlari balki, 0 ‘rta Osiyoning markazi hisoblangan bizning diyorimizda XV asrda shakllana boshlagan.
lining ilk bor kurtak otishi Amir Temur tomonidan hisob daftarini yurituvchi shaxslar – yozuvchilami (kotiblami) tayinlagani bilan bog‘liq. U o‘zining «Temur tuzuklari» nomli asarida shunday deb yozadi. «Saltanatning har bir ldorasida boiadigan kirim- chiqimlami, kundalik xarajatlami yozib borish uchun bir kotib tayinlansin»8.Yana bir rivoyatda keltirilishicha Amir Temur lashkarlarining har biri jangga kirishidan oldin katta idishga bittadan tosh tashlagan va jangdan eson-omon qaytgan jangchi yana bitta toshni idishdan olgan. Demak, idishda qolgan toshlar soni jangda halok bo igan jangchilar sonini bildirgan. Bu oddiy hisob-kitob buxgalteriya hi sobining bir usulini ifodalaydi. Ya’ni, «Kirim - chiqim = qoldiq». Keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, bizda ham buxgalteriya hisobi boshqa davlatlar kabi o ‘z tarixiga ega ekan. Respublikamizning hisob tizimida buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanishi va bugungi kunda mustaqil milliy buxgalteriya hisobi tizimining paydo bo‘lishida professor S.B.Qodirxonovning qo‘shgan hissasi juda kattadir. Ayniqsa «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani rivojlanishida domlaning mehnati ko‘pdir. S.B.Qodirxonov birinchilardan bo‘lib, 1970-yilda «Buxgalteri ya hisobi nazariyasi» nomli darslikni rus tilidan o ‘zbek tiliga tarji- ma qildi, 1976-yilda «Sanoatda buxgalteriya hisobi» nomli darsligi o‘zbek tilida bosmadan chiqdi. Jamiyatdagi iqtisodiy islohotlarni hisobga olgan holda 1993- yilda bu darslik qayta nashr qilindi. Buxgalteriya hisobining asosi hisoblangan «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani va uning usullari borasida hozirda ham xil tushuncha va qarashlar mavjud. Masalan, rossiyalik olim Yu.A.Babayevaning fikricha: «Buxgalteriya hisobi nazariyasi - buxgalteriya hisobi tizimini nazariy, uslubiy asosini o ‘rganish va uni tashkil qilish bo‘yicha amaliy tavsiya berishdir». Bizning fikrimizcha: «Buxgalteriya hisobi nazariyasi - bu buxgalteriya hisobining alifbosi bo‘lib, u sohaning jamiyatdagi o‘rni, predmeti, obyekti va usullari bo‘yicha nazariy tushuncha beruvchi fandir». Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling