Urxun-yenisey yozuvi


Download 50.75 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi50.75 Kb.
#1224745
Bog'liq
1-amaliy til tarixi


  1. O‘rxun, Enasoy, Talas yodgorliklari. Uyg‘ur yozuvi.

  2. Urxun-yenisey yozuvi, qadimgi turk runik yozuvi — tosh, metall, yogʻoch va boshqa ga oʻyib bitilgan qad. turkiy yozuvlar. 5—8-asr (baʼzi manbalarda 8—10-asr)larga mansub. Urxun va Yenisey daryolari havzalaridan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi koʻrinishidan got (qad. german) yozuviga oʻxshash boʻlganligi uchun runik yozuv deb ham atalgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. haqida dastlab 18-asrning boshlarida rus olimi S. Remezov, keyinroq shved olimi F. Stralenberg xamda nemis olimi D.G. Messershmidtlar xabar bergan. Bu yozuv (lar)ning turkiy xalklarga mansubligini birinchi marta fransuz olimi J.P. AbelRemyuza (1820), soʻngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan. 1890 i. N.M. Yadrinsev va 1891 y. V.V. Radlov rahbarligida Urxun daryosi boʻyiga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalar natijasi sifatida 1892 y. 2 ta atlas eʼlon qilindi. Bu atlaslarda bosilgan Urxun-Yenisey yozuviyo. matnlarini birinchi boʻlib daniyalik tilshunos V. Tomsen oʻqishga muvaffaq boʻldi (1893 y. noyab). V. Tomsendan soʻng V. V. Radlov turk shahzodasi Kultegin (8-asr) xotirasiga bitilgan ulkan toshdagi matnning transliteratsiya va transkripsiyasink tuzib, nemis tiliga tarjima qildi. Bu material qad. turkiy til qurilishi, fonetikasi, morfologiyasi va leksikasi yuzasidan dastlabki tasavvurni shakllantirdi.

  3. Urxun-Yenisey yozuviyo.ning kelib chiqishi haqida mutaxassislar oʻrtasida tan olingan yagona fikr yoʻq. Bu haqsagi nisbatan keng tarqalgan mulohazaga qaraganda, mazkur yozuv oʻz kelib chiqishiga koʻra sugʻd va paxlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning paydo boʻlish joyi va vaqti ham hozircha uzilkesil hal qilingan masala emas. Bu yozuv paydo boʻlish oʻrni va vaqti bilan bogʻliq boʻlgan ayrim grafik xususiyatlari tufayli urxun, talas, yenisey variantlariga ega. Bularning eng qadimiysi urxun variantidir. Bu yozuvlar turkiy tillarga uygʻun, moye, ancha mukammal, arab yozuvidan koʻra yozilishi va oʻqilishi birmuncha qulay boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston va turkiy xalqlar yashagan boshqa koʻp joylar arablar tomonidan bosib olingach, bu mamlakatlarda arab yozuvi keng tarqaladi.

  4. Mazkur yozuv, arab yozuvi singari, oʻngdan chapga qarab yozilgan va oʻqilgan. Urxun-Yenisey yozuviyo. 38 belgi (harf)dan iborat boʻlib, fonetik yozuv tizimiga kiradi. Har bir tovush yoki tovushlar birikmasi maxsus harflar bilan ifodalanib, birbiriga ulanmay, yakkayakka yozilgan. Koʻp hollarda (asosan, soʻz boshida va oʻrtasida) unli harflar yozilmagan. Urxun-Yenisey yozuviyo. da tinish belgilari ishlatilmagan. Soʻzlar, baʼzan morfema yoki soʻz birikmalarini birbiridan ajratish uchun ular oʻrtasiga ikki nuqta (:) qoʻyilgan, shartli ravishda u "ayirgʻich" deb nomlangan. Urxun-Yenisey yozuviyo. ning LenaBaykalboʻyi, Yenisey, Moʻgʻul, Oltoy, Sharqiy Turkiston, Oʻrta Osiyo, Sharqiy Yevropa kabi guruhlari aniklan. UrxunYenisey yozuvidan namunalar. gan. Urxun-Yenisey yozuvi yo. ni tekshirish va oʻrganishda V. Tomsen, V.V. Radlov, P.M. Melioranskiy, A.A. Polovsev, G. Geykel, SE. Malov, L.N. Gumilyov, D. Nemet kabi rus va yevropalik olimlarning xizmatlari katta. Oʻzbek olimlaridan akad. Gʻ. Abdurahmonov va A. Rustamov, prof. N. Rahmonovlar ham Urxun-Yenisey yozuviyo. ni oʻrganib, muayyan tadqiqotlarni amalga oshirganlar. Ushbu yodgorliklarni tadqiq etish hozirgi kunda ham davom etmokda. Urxun-Yenisey yozuviyo.ga xos ayrim leksik birlik va grammatik shakllar hozirgi uzbek, uygʻur, ozarbayjon, qirgʻiz, qozoq, turkman, qoraqalpoq, tatar, boshqird, qorachoy, bolqor va boshqa turkiy tillarda uchraydi. Urxun-Yenisey yozuviyo. turkiy tillar tarixi, madaniyati, etnografiyasi, til va yozuvlari tarixini oʻrganishda qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.

  5. Uygʻur yozuvi — Sharqiy Turkistondagi turkiyzabon xalqlar foydalangan harftovush yozuvi; sugʻd yozuvi asosida paydo boʻlgan (sugd yozuvi, oʻz navbatida, qoz. ilmiy taxminlarga kura, oromiy yozuvi shakllaridan biriga borib taqaladi). Dastlabki yozma yodgorliklari 8-asr ga mansub. Uygʻur yozuvi da xarflar vertikal chiziq boʻylab yuqoridan pastga qarab yozilgan, yozuv ustunlari esa chapdan oʻngga tomon joylashtirilgan. Harfning soʻzdagi oʻrniga (boshi, oʻrtasi, oxiriga) qarab tegishli oʻrinlarda uning alohida shakllari qoʻllangan. Diniy asarlar, odatda, qatʼiy kitobiy yozuvda, rasmiy hujjatlar esa tez yozuvga asoslangan kursivda yozilgan.

  6. Uygʻur yozuvi 9—13-asrlarda budda diniga sigʻinuvchi turkiy qabilalar oʻrtasida kengtarqalgan. Ushbu qabilalar islomni qabul qilganlaridan keyin bu yozuv astasekin arab yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan, lekin Uygʻur yozuvi budda ibodatxonalarida 18-asrda ham qoʻllangan. 18-asr da Uygʻur yozuvi moʻgullar tomonidan oʻzlashtirilgan va hozirgi ham mavjud boʻlgan moʻgʻul yozuvi shakllangan; Uygʻur yozuvi asosida manjur yozuvi xam yaratilgan

Download 50.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling