Mavzu: Ibn al-Asirning “Al komil fit-tarix” asari tarixiy manba sifatida Reja


“Al komil fit-tarix” asarining yozilishi va tarixiy manba sifatidagi o’rni


Download 35.56 Kb.
bet3/3
Sana15.03.2023
Hajmi35.56 Kb.
#1270518
1   2   3
Bog'liq
Ibn al-Asirning “al-Komil fit-tarix” asari tarixiy(2)

3. “Al komil fit-tarix” asarining yozilishi va tarixiy manba sifatidagi o’rni.
Eng katta mashhurlikni Ibn al-Asirga uning yirik tarixiy asari “al-Komil fit-tarix”(Mukammal tarix) keltirdi. Muallifning o’zi guvohlik berishicha asarning katta qismini o’z qishlog’i, Kasr Xarbda katta kutubxonaga ega bo’lgan qishlog’ida yozgan. Ibn al-Asir asrini 1198-99-yildan boshlab yoza boshlagan va u dastlab “Al-Muqraqsa fit-tarix” deb atalganligi haqida fikr mavjud.
Sakkiz jildlik Ibn al-Asirning asari umumiy tarixiy yilnoma janriga oid bo’lib solnoma tizimida yozilgan. Asar Arab xalifaligi va islom davlatlari tarixini “dunyoni yaratilishidan” boshlab to 1230-31-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi va musulmon solnoma tarixchiligining yuksak namunasi hisoblanadi. Agar mashhur geograf Yoqut Hamaviyning “Mudjam al-buldan” asari “uning davrida(XIII) ma’lum bo’lgan barcha geografik adabiyotlarni yig’indisi ” hisoblansa, uning zamondoshi Ibn al-Asirning “al-Komil fit-tarix” asarini esa “uning davrida ma’lum bo’lgan barcha tarixiy adabiyotlarning yig’indisi” deb aytish mumkin. Ibn Xallikan uning asarini ma’lum bo’lgan barcha asarlarning ichida musulmon dunyosi tarixiga oid yozilgan eng yaxshilaridan biri deb aytib o’tadi.
V.V. Bartold Ibn al-Asir asarining ustunliklariga baho berib shuni ta’kidlab o’tadiki, u o’z ishini vijdonan va u davr uchun kam uchraydigan tanqidiy qarashlar bilan o’z ishi uchun har joydan ulkan material to’playdi. U ikki manbadan qaysi birini tanlashda ikkilanib qolsa u ikkala asarni ham keltirib o’tgan. Ibn al-Asir siyosiy jarayonlar tarixini bayon etish bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek, Sharq xalqalari madaniy tarixi haqida ham ma’lumotlar keltiradi. Bundan tashqari u turli davrlarda mavjud bo’lgan yetakchi bo’lgan g’oyalar va harakatlar haqida, tarixiy shaxslar va adabiyotchilarning asl xarakterini ochib berish uchun yetarlicha manzarani beradi.
Ibn al-Asirning asari ko’plab tarixiy yozma yodgorliklarga asoslangan va uning davrida ma’lum bo’lgan barcha arab-musulmon manbalarining kompilyatsiyasidir. Misol uchun, islomgacha va islomning dastlabki uch asrini yeti jildda yoritadi, bu davr uchun esa Ibn al-Asir kompilyativ asar bo’lgan Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabarining xijratdan avvalgi 302-yilgacha tarix bayon etilgan“Tarix ar-rusul va-l-muluk”(Payg’ambarlar va shohlar tarixi) asaridan foydalanadi. Ibn al-Asir asari va at-Tabarining o’rtasidagi aloqalar to’g’risidagi savolga nemis olimi K. Brokkelmanning tadqiqotlari bag’ishlangan bo’lib, u shunday xulosaga keladiki, Ibn al-Asirning asari xuddi at-Tabariyning asari kabi dastlabki manba sifatida yuksak o’rnini saqlaydi, hattoki islomning dastlabki asrlari uchun ham.
Abu Ja’far at-Tabari o’z asarida barcha arab-musulmon mualliflari asarlari majmuasini berishni maqsad qilgan edi, ammo uning asari katta qismida faqatgina takrorlashdan iborat bo’lib tanqid umuman uchramaydi. Ibn al-Asirga keladigan bo’lsak , u at-Tabari asarini ancha qisqartirdi, isnodlarni ya’ni voqeani hikoya qiluvchialr zanjiribi olib tashlab ko’plab bizga yetib kelmagan manbalardagi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Bir qator at-Tabari asarining manbalari Ibn al-Asirning qo’lida mavjud bo’lgan va at-Tabariy keltirmagan ma’lumotlarni beradi, bu o’z navbatida uning at-Tabari asarining to’liq redaksiyasini to’plaganini izohlaydi. Masalan, biz faqatgina Ibn al-Asirninig asarida arablar va xitoyliklarni 751-52-yillardagi to’liq ma’lumotni uchratamiz. Bu jang O’rta Osiyoning g’arbiy qismi taqdirini hal qilgan. Boshqa manbalar bular qatorida at-Tabarining asari ham bu jang haqida umuman ma’lumot keltirmaydi. Shu bilan birga Ibn al-Asirda keltirilgan ushbu voqea Xitoy manbasi “Tanshu”(Tan sulolasi tarixi)da o’z tasdig’ini topadi. Ibn al-Asir yana at-Tabari asrini Misr, Shimoliy Afrika va Ispaniya tarixi bilan bog’liq voqealar bilan boyitadi.
Ibn al-Asir qayta-qayta murojaat qilgan tarixiy asarlari qatoriga mashhur bag’dodlik tarixchi Ahmad ibn Yaxyo ibn Jobir al-Balazurining “Ansab al-ashraf” asarini kiritishimiz mumkin. Bu asar bizgacha yetib kelgan va 1959-yilda MIsrda chop etilgan.
Xuroson va Movarounnahr VII asr ikkinchi yarmidan X asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini yoritishda foydalangan Ibn al-Asirning asosiy manbasi bu bizgacha yetib kelmagan O’rta osiyolik tarixchi Abu-l-Husayn Ali ibn Ahmad as-Sallamiyning “Tarix fi axbar vulat Xurasan” (Xuroson hukmdorlari tarixi) asaridir. Abu-l-Husayn Ali ibn Ahmad as-Sallamiy mashhur somoniylar noibi bo’lgan Abu Bakr Chag’oniyning va uning o’gli Abu Alining yaqinlaridan bo’lgan va asarini Abu Alining vafotiga qadar ya’ni 955-yilda yakunlaydi. Ibn al-Asirdan tashqar as-Sallamining asarini yana Abu Sa’id Gardiziy, Abu Nasr Ali ibn Hibat Allah(Ibn Maqula), Avfi, Ibn Xallikan va Abu XafsUmar ibn Muhammad an-Nasafiy foydalangan.
Ibn al-Asir hadis va arablarning shajaralarini yetuk bilimdoni bo’lgan lekin, unga katta shuhratni tarixiy asarlari keltirdi, ularning eng mashhuri “al-Komil fit-tarix” asari hisoblanadi. Ushbu asardan tashqari yana tarixga oid “Tarix atabika al-Musul” (Mosul otabeklari tarixi) yoki “Tarix ad-davlat al-atabikiyya” (Otabeklar davlati tarixi) asari bizga bir necha nusxada yetib kelgan va Misrda chop etilgan. Ushbu asar qisqacha otabeklarni tarixini bayoni ya’ni, Mosulning Zangidiy hukmdorlari, ular bilan muallif zamondosh va yaqinlaridan bo’lgan. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, asar birinchi shaxs tomonidan yozilgan muallif ma’lumotlarni o’z otasidan olgan hamda asosan o’zi guvoh bo’lgan voqealarni bayon qilgan. Balkim, bu asar otabeklarni talabi bilan yozilgandir, chunki, 1210-1218-yillar davomida bu asarni yozish uchun u boshqa asari “al-Komil fit-tarix”ni 8 yilga to’htatib turgan.
Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Ibn al-Asirning qalamiga shuningdek, tugallanmagan “Tarix al-Musul” (Mosul tarixi) asarini ham mansubdir. Lekin, bizga ma’lum Xoji Xalifaning bibliografik asari “Kashf az-zunun”da XVII asrgacha yozilgan “Mosul tarix”lari ichida ushbu asar uchramaydi.
Ibn al-Asirning qakamiga shuningdek, “al-Lubab fi taxzib al-ansab” (Nisbalarni tozalash va to’grilash) asari ham mansub bo’lib, ushbu asar marvlik tarixchi va biograf Abu Sa’d al-Karim ibn Muhammad as-Sam’anining(1113-1162) “Kitab al-ansab”(Nisbalar kitobi) biografik lug’atining qisqartirilgan shaklidir. Ibn al-Asir ushbu asarni 8 tomdan 3 tomgacha qisqartirib, undagi xatolarni tahrirlab va to’g’rilab, unga biroz qo’shimchalar kiritadi. Ibn al-Asir asarini 615-yil jumodul avvalda/ iyul-avgust 1218-yilda yakunlaydi. Ibn Xallikan ushbu Ibn al-Asirning qisqartmasi o’z davrida ancha mashhur bo’lgani va odamlarni qo’lida ko’plab nusxalarini borligini, 8 tomlik as-Sam’anining asarini esa ancha kamyob bo’lgani va faqat bir marta Halabda ko’rganini yozadi.
Ibn al-Asirning ushbu asari bu holati keyinchalik yana qisqartirilishga uchraydi. Ya’ni, mashhur arab tarixchisi va filologi Jaloliddin(1505-yilda vafot etgan) as-Suyuti uni 1 tom holigacha qisqartirib “Lubb al-lubab”(Tozalnganni o’zagi(yuragi). Ibn al-Asirning qisqartmasi va uning as-Suyuti tomonidan qisqartirilgan shakli ham bizgacha bir necha nusxada yetib kelgan Leyden kutubxonasida saqlanadi.
Ibn al-Asir shuningdek biografik “Usd al-gaba fi ma’rifat as-sixaba” yana bu nom bilan “Usd as-sixaba” yoki “Axbar as-sixaba”. Bu 6 yirik tomdan iborat asar bizga bir qancha nusxada yetib kelgan va 1970-yilda Misrda chop etilgan.
Ibnal-Asirning ushbu biografik asari Muhammad s.a.v. izdoshlari ya’ni sahobalari biografiyalari yig’indisi hisoblanadi. Bu asarda Ibn al-Asir barcha ma’lum bo’lgan sahobalar to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ib ularni bir tizimga solidi, ularning biografiyalarini alifbo tarzida joylashtiradi. Bundan tashqari u o’zidan oldingi mualliflar xatoliklariga tuzatishlar kiritadi va yangi ma’lumotlar bilan to’ldiradi. Shunday qilib, uning asaridagi sahobalar biografiyalarining umumiy soni 7554 taga yetadi. Keyingi asrlar davomida Ibn al-asirning asari bir necha bor qisqartiriladi.
Ibn al-Asir yana shuningdek “al-Jami’ al-kabir”(Katta to’plam) uslubiyatga oid(ilm al bayan) va ritorikaga oid (ilm al-balag’a), hamda “Tuxfat al-aja’ib uv turfat al-g’ara’ib” asarlarini ham yozgan. Bu ikkala asar ham bizgacha yetib kelgan ularning birinchisi chop etilgan.
Safforiylar tarixini yoritish uchun as-Sallamining asaridan tashqari, Ibn al-Asir bizgacha yetib kelmagan Abu Abdulloh Muhammad ibn al-Azhar al-Azhabiyning asaridan foydalanadi. Ushbu asardan shuningdek, Ibn Xallikan ham foydalangan. Qolgan Ibn al-Asirning foydalangan manbalari ularga ishora yo’qligi uchun bizga mavhumligicha qolmoqda.
Ibn al-Asirning asaridagi X asrdan boshlab to asar yakunigacha bo’lgan davr 1230-31-yillarning tarixini o’rganish juda muhim hisoblanadi. Bu qismda u tomonidan at-Tabariy asarining davomi hisoblangan ko’pla asarlardan shuningdek, bir qancha hududiy yilnomalardan foydalangan.
Mo’g’ullar davri tarixi uchun esa Ibn al-Asirniing asari dastlabki manba hisoblanadi, chunki muallif bu voqealarga zamondosh bo’lib o’sha davrda ro’y bergan voqealarga bevosita o’zi guvoh bo’lgan. Ibn al-Asirdan tashqari bu davr tarixiga oid boqealarni bayon qiluvchi yana ikki uning zamondoshi bo’lgan arab tilli mualliflar- “Jaloliddin Manguberdining hayoti” asarini yozgan Shihabiddin Muhammad ibn Ahmad an-Nasaviy va “Nosir turkumlari” asari muallifi Abu Umar Usmon ibn Muhammad al-Juzjoniylar bayon etgan. Ushbu faktning o’ziyoq Ibn al-Asirning asari mo’g’ullarning islom mamlakatlari shu jumladan O’rta Osiyoni bosib olishi tarixini yoritish uchun muhim manba hisobalanadi.
Ibn al-Asir o’z asarida og’zaki ma’lumotlarni olgan manbalarning ba’zilarini aytib o’tadi. Shunday ma’lumot olganalridan biri bu qonunshunos bo’lib, u mo’g’ullar bosqini davrida Buxoroda bo’lgan. Bosqinchilar uni asir olib Samarqandga olib ketishgan u yerdan qochib qolib Bag’dodga kelgan. Ibn al-Asirning bu voqealarning axborotchilaridan yana xorazmlik savdogarlar bo’lgan. Boshqa axborotchisi Daquqda iste’qomat qiluvchi shaxs bo’lib mo’gullardan qochgan xorazmlik asakarlar hujumiga uchragan. Yana bir axborot beruvchilaridan bu Alouddin Takashning amirlaridan bo’lgan Abu Bakr Tojiddinning qo’shinida xizmat qiluvchi musulmon askari bo’lgan.
Ibn al-Asir voqealarning bayonidagi turli versiyalardan foydalanishda at-Tabariydan farqli ravishda tanqidiy yondashadi va mashhur “lekin, Alloh yaxshiroq bilguvchi” iborasidan qochadi, va u yoki bu versiyani asoslab berishga harakat qiladi. Masalan, Ibn al-Asir mo’gullarning Buxoroni egallashini bayonida ikki versiyani keltiradi, lekin shu bilan birga u ikkinchi versiyani tanlashini aytib, uni ishonchliroq hisoblaydi.
Shunday qilib, Ibn al-Asirning asari o’zining kompliyativ xususiyatiga qaramasdan, X asr o’rtalarigacha bo’lgan voqealarni bayonida o’zining mustaqil ahamiyatini saqlab qoladi. Asarning ikkinchi qismida, X asrning ikkinchi yarmidan XII asr o’rtalarigacha bo’lgan davri uchun Ibn al-Asirning asari dastlabki manba hisoblanadi va keltiriladian ma’lumotlar original xususiyatga ega.
Shu bilan birga, aytib o’tish kerakki, Ibn al-Asir o’z asarida alohida xato va noaniqliklardan qo’chib qola olmagan. Masalan, u jizya (jon solig’i) va xiroj(yer solig’i) farqlamaydi va ikkalasini ham bir ma’noda qo’llaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T., 2008.

  2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent. O’zbekiston. 2017

  3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent. O’zbekiston. 2017

  4. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majjlisidagi nutq. Toshkent. O’zbekiston. 2016

  5. Azamat Ziyo. O’zbek davlatchilik tarixi. T., 2000.

  6. Buniyodov Z. Anushtagin Xorazmshohlar davlati. T., 1998.

  7. Jabborov I. Yuksak madaniyat va noyob ma’naviyat maskani. T., 2012.

  8. Ibn al-Asir. Al-komil fi-t-tarix: Polno’y svod istorii. T., 2006.

  9. Shihobuddin Muhammad an-Nasaviy. Siyrat us-sulton Jaloliddin Manguberdi. T., 2000.

  10. Alouddin Atomalik Juvayniy. Tarixi jahongusho (Jahon fotihi tarixi). Toshkent. 2015.

  11. Matniyozov M. Xorazm tarixi. Toshkent. 2003.

  12. O’zbekiston xalqlari tarixi. I jild. T.; Fan. 1992.

Internet saytlari

  1. www.eurasia.org.ru.

  2. www.history.ru

  3. http:G’G’www.philos.msu.ru/fac/history/

  4. http://www.auditorium.ru

  5. www.ziyonet.net.

Download 35.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling