Mavzu: Identifikatsiya va autentifikatsiya vositalari
Download 121.22 Kb.
|
11-Ma\'ruza mashg\'uloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uichun nazorat savollari
Biometrik tizimlar. Biometrik qurilmalar tirik organizmning fiziologik yoki odatiy (g‘ayri-ixtiyoriy) xarakateristikalariga asoslangan. Keng tarqalgan biometrik usullarga quyidagilar taalluqli (2-rasm):
barmoq izlari bo‘yicha. Barmoq izlarini skanerlash usuli har bir inson barmoqlarining kapilyar shakllarining noyobligiga asoslangan. Barmoq izi skanerlarining o‘lchami kichik, ular universal, arzon va keng qo‘llaniladi; qo‘l kaftining biometrik shakli bo‘yicha. Ushbu usul qo‘l panjasining shakliga asoslangan. Kaftni skanerlash vositalarining samaradorligi barmoq skanerlari samaradorligi bilan taqqoslana oladi; ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha. Bunda ko‘z qorachig‘i orqali uning orqa devori qon tomirlariga yorug‘likning infraqizil nuri yo‘naltiriladi. Shu tariqa yoritilgan ko‘z tubi maxsus kamera yordamida skanerlanadi; ko‘zning rangdor pardasi bo‘yicha. Rangdor pardadagi dog‘ insonning eng noyob xarakteristikasi hisoblanadi. Usulning afzalligi shundaki, masofadan skanerlash mumkin. Bu skanerlarni kuzatuv kameralari bilan integrallashga imkon beradi; yuzning shakli bo‘yicha. Usul inson yuzining ko‘p o‘lchamli qiyofasini qurishga asoslangan; qo‘lyozma dastxat bo‘yicha. Usul imzoning yoki maxsus iboraning grafik identifikatsiyasiga asoslangan; klaviatura dastxati bo‘yicha. Usul, odatda, oldindan belgilangan matnni klaviuaturada terishning o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan; ovoz bo‘yicha. Usul inson nutqining chastotasi yoki statistik xarakteristikalari profiliga asoslangan. Afsuski, usul inson holatiga bog‘liq.
2-rasm. Biometrik namunalarga misollar Autentifikatsiya sohasida foydalanish uchun ideal biometrik parametr quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart: universal bo‘lishi – biometrik parametrlar barcha foydalanuvchilarda bo‘lishi; farqli bo‘lishi – barcha insonlarning tanlangan biometrik parametri bir-biridan farqlanishi; o‘zgarmaslik – tanlangan biometrik parametr vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmay qolishi; to‘planuvchanlik – fizik xususiyat osonlik bilan to‘planuvchan bo‘lishi. Amalda fizik xususiyatni to‘planuvchanligi, insonning autentifikatsiya jarayonga e’tibor berishiga ham bog‘liq bo‘ladi. Biometrik tizimlarning eng ishonchligi – ko‘zning rangdor pardasi yoki ko‘z to‘rpardasi bo‘yicha skanerlash. Hozirda beshta barmoq skaneri va bir vaqtda barmoq izi va ko‘zning rangdor pardasidan foydalanuvchi kombinatsiyalangan qurilmalar eng yuqori aniqlikni ta’minlaydi. Biometrik atributlar bo‘yicha autentifikatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari va kamchiliklari mavjud: biometrika faqat tirik organizmga mo‘ljallangan; ehtimollik xarakterga ega bo‘lganligi sababli, asboblarning ta’sirchanligini hisobga olish lozim; aksariyat vositalar atrof-muhitga hamda insonning yoshi va sog‘lig‘iga bog‘liq; hozirda barmoq izlari skanerlaridan tashqari barcha vositalar yetarlicha qimmat; davlat tomonidan total nazorat tahdidi xususida foydalanuvchilarda ishonchsizlikning mavjudligi. Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autentifikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi: FAR (False Acceptance Rate) – foydalanishga yolg‘on ruxsatlar chastotasi; FRR (False Rejection Rate) – foydalanishga yolg‘on inkorlar chastotasi. 1- va 2-xil xatoliklar (FAR va FRR ko‘rsatkichlari) o‘zaro bog‘langan: bir parametr qanchalik yaxshi bo‘lsa, ikkinchisi shunchalik yomon bo‘ladi, ya’ni, bu yerda teskari mutanosiblik mavjud. Mukammal biometrik tizimda xatolikning ikkala parametri nolga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal emas. Shu sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Mustahkamlash uichun nazorat savollari: Identifikatsiya qanday vazifani bajaradi? Autentifikatsiya qanday vazifani bajaradi? Parol tizimlari deganda nimani tushunasiz? Elektron qurilmalar deganda nimani tushunasiz? Download 121.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling