Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai nazar Reja: Kirish qismi
Atmosferadagi chang va gazlarning hosil bo‘lishi va aylanish holati
Download 1.56 Mb.
|
Экологиядан мустакил иш
Atmosferadagi chang va gazlarning hosil bo‘lishi va aylanish holati.
Natijada havoning dimiqishi, “Parnik effekti”ni hosil qiladi. Har yili yer yuzida yonish jarayonlariga qo‘shimcha 10 mlrd. tonnadan ortiq kislorod sarflanadi. Biosferada kislorodni tiklovchi manbalar – yashil o‘simliklar maydonining tez qisqarib borayotganligini hisobga olsak, kelajakda kislorodning kamayishi muammosi yuzaga kelishi shubhasizdir. O‘rta Osiyoning iqlimiy jihatlarini belgilab beradigan atmosfera sirkulyatsiyasining xususiyatlari muayyan darajada mazkur hududning fizik-geografik sharoitlariga (cho‘llar, dengiz sathidan 200-250 metr balandlikdagi yarimcho‘llar, 3500-3600 metr balandlikkacha bo‘lgan tog‘li tizimlarga) bog‘liq bo‘ladi. Sovuq kirishi uchun ochiq bo‘lgan Turon past tekisligining katta qismini yalanglik hududlari egallaydi, bu iqlimning keskin mintaqaviy tomonlarini shakllantiradi. Boshqa tomondan Atlantika okeanining o‘rtamiyona kengliklaridan vaqti-vaqti bilan nam havoning g‘arbiy, shimoli-g‘arbiy oqimlari kuzatiladi, bu ham atmosferaning sifatli va miqdoriy jihatlari shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonda atmosfera havosining miqdoriy va sifatli tarkibi shakllanishida tabiiy va antropogen ifloslantiruvchi manbalar katta 114 o‘rin tutadi. Respublika arid zonasida joylashgan, uning hududida changli to‘fonlar ko‘p bo‘ladigan Qoraqum va Qizilqum, shuningdek, Orol dengizining qurigan qismi bo‘lgan Orol bo‘yi zonasi (Orolqum) mavjud bo‘lib, ular atmosferaga aerozol emissiyalari chiqaradigan yirik tabiiy manbalar hisoblanadi. Ushbu manbalarning asosiy qattiq muallaq zarralari (aerozollari) bu tuproq va mineral zarralardir. O‘zbekistonda havoning asosiy antropogen ifloslantiruvchilari oltingugurt oksidi, azot, uglerod, tarkibi va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan qattiq muallaq zarralar hisoblanadi. Respublikada rivojlangan agrosanoat kompleks mavjudligi atmosfera sifatli tarkibining o‘zgarishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Aholisi zich, transport harakati ko‘p bo‘lgan yirik shahar aglomeratsiyalari joylashuvining xususiyatlari, tor tog‘ orasi havzasida ekologik xavfli ishlab chiqarishlarning mavjudligi va shu bilan bir vaqtda o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitlar (tez-tez uchraydigan inversiya, atmosferadagi turg‘un holatlar) atmosferaning yerusti qatlamida ifloslantiruvchi moddalar to‘planishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekistonning havo ifloslanishiga qarshi kurashish va havoning sifatini nazorat qilish sohasidagi umumiy strategiyasi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha qonuniy hujjatlar, dasturlar, harakatlar rejasi asosida atrof-muhitni, shu jumladan, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar maqsadli Davlat dasturlari ishlab chiqiladigan loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling