Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai nazar Reja: Kirish qismi
Download 1.56 Mb.
|
Экологиядан мустакил иш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ifloslantiruvchi taksonomiya
- Atmosfera va uning tarkibiy tuzilishi
Mavzu: Ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti: umumiy nuqtai nazar Reja: Kirish qismi Ifloslantiruvchi taksonomiya. Atrof-muhit ifloslanishini taqsimlanishi. Atrof-muhit ifloslanishini turli kimyoviy moddalardan tozalash usullari. Foydalanilgan adabiyotlar. Ifloslantiruvchi taksonomiya Atmosferada havo doimo aralashib turganligi tufayli uning kimyoviy tarkibi sayyoramizning hamma joyida, asosan, bir xildir. Atmosfera o‘zining hajmi bo‘yicha Yer sayyorasining qolgan qismlaridan bir necha marta katta bo‘lishiga qaramay, uning massasi Yer massasidan 0,000001 ga yaqin qismini tashkil etadi, xolos. Atmosferaning yuqori chegarasi deb, shartli ravishda Yerning tortish kuchi bilan sayyoraning aylanishi evaziga markazdan intilish kuchi muvofiqlashgan joyi qabul qilingan. Bu sathda atmosfera bilan yerning o‘zaro bog‘lanishi yo‘qoladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu sath ellipsoid yuzaga ega bo‘lib, ekvatorda 42, qutblarda 48 ming km uzoqlikda joylashgan. Shunga qaramasdan, atmosferaning deyarli barcha massasi (99 %dan ortig‘i) uning quyi qatlamiga – troposfera va stratosferaga to‘g‘ri keladi. Atmosfera balandligi ortishi bilan uning tarkibiy qismi, zichligi, harorati va havoning harakat tezligi o‘zgarib boradi. Atmosferaning eng pastki qismi troposfera deb atalib, havo massasining 0,8 dan ortiq qismini o‘z ichiga oladi va asosan, suv bug‘laridan tashkil topadi. Bu qatlamda balandlikning har bir km ga ortishi bilan harorat o‘rtacha 6 0C ga pasaya boradi. Troposferaning qalinligi qutb kengliklarida 8-10 km bo‘lib, ekvatorda 16-18 km ni tashkil qiladi. Zichligi esa yerdan baland ko‘tarilgan sari kamayib boradi. Atmosfera va uning tarkibiy tuzilishi Troposferaning yuqori – stratosferaga o‘tish qismida harorat aksincha sovib, -50 dan -80 0C gacha yetadi. Stratosferada yerdan 25 km balandlikkacha harorat o‘zgarmay qoladi. Stratosferada suv bug‘lari oz. Shuning uchun bulut hosil bo‘lish jarayoni kuzatilmaydi va yog‘ingarchilik sodir bo‘lmaydi. Stratosfera bo‘ylab Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’sirida ozon (O3) hosil bo‘ladi. Uning ko‘p konsentratsiyasi Yerdan 22-25 km balandlikda kuzatiladi. Ozon yuqori qalinliklarda ko‘p, o‘rta va quyi kengliklarda kam uchraydi. Uning miqdori faslga qarab ham o‘zgarib turadi: bahorda ko‘payadi, kuzda esa kamayadi. Undan yuqori ko‘tarilgan sari Yerdan 55 km gacha harorat ortib, 3 – 0 oC ga ko‘tariladi. Stratosferaning yuqori qatlamida ionosferaga o‘tguncha mezosfera qatlami joylashgan bo‘lib, uning Yerdan balandligi 85-95 km gacha boradi. Bu qavatda harorat asta-sekin pasayib, 5-9 oC/km va 85-95 km balandlikda o‘zining minimumiga – 100-130 OC ga yetadi. Bu qavatdan yuqorida ionosfera yoki termosfera qavati joylashgan bo‘lib, uning qalinligi Yerdan 200-300 km gacha yetib boradi. Bu yerda harorat yana ortib, 1000 oC atrofida bo‘ladi. 112 Ionosfera qavatidan keyin eng yuqori qavat egzosfera qavati keladi. Uning eng yuqori chegarasi 2000 km gacha yetib boradi. Bu qavatning yuqori qismida atmosferaning asosiy tarkibi neytral vodoroddan, proton va elektronlardan tashkil topgan. Begona qo‘shimchalari bo‘lmagan atmosfera havosi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: azot – 78,1 %, kislorod – 20,9 %, argon – 0,8 %, karbonat angidridi – 0,03 %, qolgan gazlar inert gazlar bo‘lib, ularning miqdori nisbatan kam. Atmosferada neon, geliy, kripton, ksenon, ozon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda uchraydi. Atmosferadagi vodorod 5,0·10ª, ozon esa 1,0·10ª miqdordadir. Bulardan tashqari atmosferaning tarkibida suv bug‘lari va har xil chang aralashmalari bor. Atmosferada neon, geliy, kripton, ksenon, ozon, rodon, vodorod nihoyatda kam miqdorda uchraydi. Atmosferadagi vodorod 5,0·10ª, ozon esa 1,0·10ª miqdordadir. Bundan tashqari havoda doim 3-4 % suv bug‘lari, chang zarralari bo‘ladi. Atmosferadagi har bir gaz o‘ziga xos fizik va kimyoviy xususiyatlarga egadir. Atmosferadagi uzoq vaqtdan beri asosiy gazlarning nisbatan doimiy miqdorlari mavjud bo‘lib, so‘nggi yillarda inson faoliyati ta’sirlarining kuchayishi natijasida gaz balansining o‘zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o‘zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi ma’lum. Oxirgi yillarda atmosferaga 10 mlrd. tonnalab CO2 chiqarilishi natijasida sayyoramizning o‘rtacha harorati 0,2 oC ga oshganligi aniqlangan. “Parnik effekti” natijasida yer yuzi o‘rtacha haroratining o‘zgarishi og‘ir ijtimoiy-ekologik oqibatlarga olib kelishi bashorat qilinadi. Atmosferaga chiqarib yuborilayotgan is gazlari evaziga CO2 ning asta-sekin yig‘ilib, havodagi namlik bilan ta’sirlanishi karbon kislotalari bug‘ini hosil qiladi. Bu holat xuddi issiqxona oynasi to‘siqlari kabi Quyosh radiatsiyasini o‘zidan yaxshi o‘tkazib, infraqizil nurlarni orqaga qaytarmaydi. Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling