Mavzu: Ifodali o’qitish vositalari. Reja
Diqqatni jamlash uchun savollar
Download 33.59 Kb.
|
urgu maruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- So’z urg’usi
Diqqatni jamlash uchun savollar:
-ifoda nima? -bo’g’in nima? -unli tovushlar nechta? -vatanparvarlik bu? -Sadoqat deganda nimani tushunasiz? -tarbiya bu? Og’zaki nutq bo’linuvchanlik xususiyatiga ega tovushlar ketma-ketligiga ega. Bunday bo’linuvchanlik xususiyatiga tovushlar qatori segment birliklar qatori hisoblanadi. Lekin, og’zaki nutqimiz faqat segment birliklardangina tashkel topmaydi. Bundan tashqari, ketma-ket joylashgan va bo’linuvchanlik xususiyatiga ega tovushlar qatori ustiga qo’yilgan ustsegment birliklariga ham ega bo’ladi va bu birliklar nutqimizda ta’sirchanligini ta’minlaydi. Demak, og’zaki nutqimiz segment va ustsegment birliklaridan tashkel topgan. Ustsegmint birliklari uchga bo’linadi: Urg’u To’xtam Nutqning emotsional bo’yog’i Biz bugun shular jo’mlasidan bo’lgan urg’u haqida siz bilan ma’lumotlarga ega bo’lamiz: So'z bo'g'inlaridan biri yoki gap tarkibidagi bo'laklardan birining boshqalariga qaraganda cho'ziq (kuchliroq) ovoz yoki ohang bilan talaffuz qilinishi urg'u deyiladi. Urg'u tushgan bo'g'in urg'uli bo'g'in hisoblanadi, urg'u odatda, unli tovushga tushadi. Masalan: daraxtlar kurtak chiqara boshladi. Urg’u ifodali о‘qishning asosiy vositalaridan biri bo’lib, u ta’kidlash, alohida e’tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg’u so’zlarni to’g’ri talaffuz etishga, ma’noni to’g’ri va to’la anglashga yordam beradi. Urg’u ilmiy adabiyotlarda leksik urg’u, dinamik urg’u, ritmik urg’u, mantiqiy urg’u, tradision urg’u, psixologik urg’u kabi bir necha turga bo’lib o’rganiladi. Bu bo’linish lingvistik jihatdan to’g’ri, ammo biz o’quvchi-studentlarni ifodali о‘qishga o’rgatish va ifodali о‘qishning nazariy masalalari haqida ma’lumot olishlarini osonlashtirish maqsadida urg’uning ikki turi xususida to’xtalmoqchimiz: 1. So’z urg’usi. 2. Mantiqiy urg’u. So’z urg’usi. So’z urg’usi tushgan bo’g’indagi unli shu so’zning boshqa bo’g’inlaridagi unli tovushlarga qaraganda kuchliroq, cho’ziqroq talaffuz etiladi. So’z urg’usi lingvistik adabiyotlarda leksik urg’u nomi bilan ham yuritiladi. O’zbek tilida so’z urg’usi, asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zlarga qo’shimchalar qo’shila borishi bilan urg’u ham ko’cha boradi. Masalan: bola, bolalar, bolalarga; ishchi, ishchilar, ishchilarga. Bu hodisa ko’proq turkiy tillarga, jumladan, o’zbek tiliga ham xosdir. Ammo, bundan o’zbek tilida urg’uning o’rni o’zgarmas ekan degan xulosa chiqmaydi. o’zbek tilida shunday so’zlar ham borki, so’z boshida kelgan urg’u so’nggi bo’g’inlarga tushmaydi. Masalan: qaysi, qanday, qancha. Shuningdek, urg'usi birinchi yoki o'rtadagi bo'g'inga tushadigan so'zlar ham o'zbek tilida anchagina bor. Bunday so'zlar tubandagi turkumlarda kuzatiladi: Download 33.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling