Mavzu: Ifodali o’qitish vositalari. Reja
Dinamik urg`u va musiqaviy urg`u
Download 33.59 Kb.
|
urgu maruzasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mantiqiy urg’u.
- O’zbekiston
- Gap (logik) urgu.
Dinamik urg`u va musiqaviy urg`u
So`z bo`g`inlaridan bo`g`inlarga ko`chib uning ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan urg`u erkin urg`u deyiladi: hozir – ravish, hozir – sifat, yangi – ravish, yangi – sifat, yozma – fe`l, yozma – sifat. So`zning oxirgi bo`g`iniga tushadigan urg`u bog`liq urg`u deyiladi. Havo oqimining kuchi bilan ifodalangan urg`u dinamik urg`u deyiladi. O`zbek, rus, tojik tillarida urg`u dinamik xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in kuchli talaffuz qilinadi. Ton, ohangning bir xil chiqishi bilan ifodalangan urg`u musiqiy urg`u deyiladi. Xitoy, yapon, serb, litva tillarida urg`u musiqiy xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in baland ohang bilan aytiladi. Yuqoridagilardan xulosa qiladiga bo’sak erkin urg’u va dinamik urg’u bir xil ma’no anglatadi va bir xil vazifa bajaradi. Boliq urg’u va musiqaviy urg’u ham xuddi shunday. Mantiqiy urg’u. Mantiqiy urg’u tekstda yashiringan bo’ladi. Badiiy asarlarni ifodali о‘qishdan oldin yashiringan mantiqiy urg’uni aniqlash uchun tekstni bir necha marta o’qib, avtor maqsadini tushunish, so’ngra mantiqiy urg’uli so’zni aniqlash mumkin. Mantiqiy urg’uni izlayotganda badiiy asardagi uyushib kelgan va rna’noni kuchaytirish uchun qo’llangan takroriy so' zlarga, ergash gapdagi bir manzarani tasvirlovchi bir xil bo’laklarga hamda ayrim ta’kidlovchi so’zlarga alohida e’tibor berish zarur. Odatda mantiqiy urg’udan keyin qisqa pauza qilinadi. Masalan: Do’stlar, mening yurtimni O’zbekiston, deydilar. Dong’i tushgan dunyoni Bog’u buston, deydilar. (Z.Diyor.) Mantiqiy urg’uning ahamiyati shundaki, u gapdagi asosiy fikrni aniqlaydi, oydinlashtiradi. So’zda esa maxsus belgi bilan ko'rsatilmaydi.og’zaki nutqda mantiqiy urg’u tushgan so’z ovozni balandlatish, pastlatlsh kabi vositalar bilan ajralib talaffuz etilgani uchun tinglovchini diqqatini tez jalb qiladi. Gap (logik) urg'u. Gap bo'laklaridan.birining boshqalariga nisbatan kuchli ohang bilan aytilishi logik (gap) yoki mantiqiy urg'usi deyiladi. Misollar:1. Bugun majlis bo'ladi (ertaga eraas, balki bugun) 2. Bugun majlis bo'ladi (faqat majlis bo'ladi), 3. Bugun majlis bo'ladi (bo'lmaydi emas, bo'ladi) gap so'zlaraing turli bo'g'inlariga tushishi mumkin bo'lgan urg'u erkin urg'u deyiladi. Masalan, gazeta, respublika, vistavka, lampa, ruchka, auditoriya, konstitutsiya va boshqalar. Mantiqiy urg’u gapdagi istalgan so’zga tushishi mumkin. Masalan: Bahor quyoshining nurlari ko’k dengizga sig’may toshadi. (O.) Bu gapdagi so’ziaring har biriga mantiqiy urg’u berib о‘qish mumkin. Masalan:
Download 33.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling