Mavzu: II pog‘ona sеkstakkordi va uchtovushligi §. Akkordlarning juftlanishi va tuzilishi
Download 196.69 Kb.
|
MISH3
- Bu sahifa navigatsiya:
- §. II pog‘ona sekstakkordining tayyorlanishi
- §. II pog‘ona sekstakkordining dominanta garmoniyalari.
- §. II pog‘ona uehtovushligi va sekstakkordi qurshovidagi o‘tkinchi tonika
MAVZU: II POG‘ONA SЕKSTAKKORDI VA UCHTOVUSHLIGI §. Akkordlarning juftlanishi va tuzilishi II pog‘ona sekstakkordi keng tarqalgan akkord va u funksional jihatdan yorqin. Uning yorqinligini uchta noturg‘un tovushlar (II- IV-VI) va dominanta bilan umumiy bo‘lgan (II) tovush yaratadi. II pog‘ona uchtovushligi va sekstakkordi subdominanta gu- ruhiga kiradi. Tabiiy majorda II pog‘ona uchtovushligi minor- li ohangga ega bo‘lib, asosiy ko‘rinishda va sekstakkord holatida qo‘llaniladi (Do majorda — re-fa-lya, fa-lya-re). Garmonik major va garmonik minorda ikkinchi pog‘ona uchtovushligi kamaytirilgan uchtovushlik bo‘lganligi tufayli (do majorda va do minorda — re-fa-lya bemol), u faqat SII6 holatda qo‘llanadi. Bu akkord musiqada, ayniqsa, Vena klassiklari ijodida subdominanta guruhi boshqa akkordlariga nisbatan keng qodlanadi. II pog‘ona sekstakkordida ko‘pincha bas ovozida joylashgan tersiya tovushi, ya’ni tonallikning IV pog‘onasi juftlanadi. Bu ho- lat ushbu akkordning subdominantalik ahamiyatini yana bir bor ta’kidlaydi. Ovoz yo‘nalishiga bog‘liq ba’zi hollarda SII6 ning kamdan kam asosiy tovushi yoki kvintasi juftlantiriladi. §. II pog‘ona sekstakkordining tayyorlanishi II pog‘ona sekstakkordi tonika va subdominanta akkordlaridan so‘ng keladi. Sekunda nisbatidagi I—II pog‘ona uchtovushliklari melodik qo‘shiladi, chunki ular o‘rtasida urnumiy tovush mavjud emas. Ovoz yo‘nalishi: parallel kvintalarga yo‘l qo‘ymaslik uchun uchta yuqori ovozlar basga qarama-qarshi yo‘naladi. Akkordlar- ning faqatgina zich joylashuvi qo‘shilishida barcha ovozlar bir to- monga yo‘nalishi mumkin. II pog‘ona sekstakkordi taktning kuchsiz hissasida subdomi- nantadan so‘ng kelishi mumkin. Ular garmonik qo‘shiladi. §. II pog‘ona sekstakkordining dominanta garmoniyalari. Kadans kvartsekstakordi bilan qo‘shilishi Ikkinchi pog‘ona uehtovushligi va dominanta yoki dominant sept akkord bilan kvarta-kvinta nisbatida bo‘lib, ular ham garmonik, ham melodik qo‘shilishga ega. Dominanta akkord lari tersiyasi juftlangan SII6 bilan qo‘shilishi S—D kabi melodik qo‘shiladi. Bunda bas sekundaga yuqoriga, qol- gan uchta ovoz pastga yuradi. Shuningdek, SII6 ning dominanta garmoniyalari bilan qo‘shi- lishida sakramalar bo‘lishi mumkin. K64 dan oldin, odatda, II pog‘ona sekstakkordi qo'llaniladi. Major ladida ikkinchi pog’ona uehtovushligi ham qo‘llanilishi mumkin. Bu akkordlar qo‘shilishi ravon harakat bilan amalga oshiriladi. §. II pog‘ona uehtovushligi va sekstakkordi qurshovidagi o‘tkinchi tonika Bas ovozida berilgan IV, V, VI pog'onalarni garmoniyalash- da tonika o‘tldnchi kvartsekstakkordni qo‘llash mumkin. Bunda SII6-T64-S6 yoki S6-T64-SII6 ketma-ketligi hosil bo‘ladi. Majorda II pog‘ona uehtovushligi va sekstakkordi o‘rtasida tersiyasi juftlangan o‘tkinchi tonika qo‘llaniladi (II-III-IV): yuqori ovozlar bas ga qarama-qarshi yo'naiadi. Parallel kvintalardan saqlanish uchun akkordlar zich joylashuvda ishlatiladi. Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: Qanday akkordlar SII va SII6 dan oldin qo‘yilishi mumkin? T va SII6 qanday qo‘shiladi? SII6 dominant da akkordlari bilan qanday qo‘shiladi? A dur, F dur tonalliklarida T-SII6-K64-D7-T ketma-ketligini cha- lib bering. Topshiriq: Berilgan kuylarni garmoniyalashtiring: Download 196.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling