Mavzu: Ijodkorlik qobiliyati mazmuni. Texnik ijodkorlik
Ijod va ijodkorlik faoliyati
Download 48.21 Kb.
|
Ijod va ijodkorlik faoliyati.
Ijod tushunchsi ma lum bir istehdodli odamlar tomoriidan buyuk sanhat asarlari, yangi mashinalar, dastgohlar va hokazolarni yaratishini anlatadi. Lekin ijod faqat buyuk asarlaryaratishdan iborat bo'lib qolmasdan, balki kishining fikr yuritishi, biror tadbirni o'ylab topishi, ozgina bo'lsa-da, qandaydir yangilik yaratishi kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Shu bois ijod jarayoniga tasodifsifatida emas, balki muayyan sharoit va imkoniyatlar hamda qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi muhim jarayon sifatida qarash lozim. O'quvchining ijodkorligi, awalo, uning har qanday ta’limiy faoliyat jarayonidagi: o'ziga xos usullar bilan masala yechish.mashq bajarish, insho yozish, tajriba ishlarini amalga oshirishi jarayonida mustaqil fikrlashida namoyon bo’lishi lozim. O’quvchining ijodi uning olgan biliniini hayotda ko'rgan dalil va hodisalarga bog'lay olishi, ularni to'g’ri baholab, dastlabki Ma’lumodarni tahlil va sintez qila bilishidir. Har qanday ijod borliqni rad etish etnas, balki borliqqa to'laroq kirib borishdir. O’qitishga individual yondashuv ta’lim jarayonining muhim talabidir. Ta'Iimga individual yondashuv faqat mashq ishlarida emas, balki o'quv jarayonining barcha bosqichlarida: yangi materialni o'tish, mustahkamlash va takrorlashlarda, uy vazifasini berish va darsdan tashqari qo'shimcha mashg’ulotlarda ham amalga oshirilishi zarur. Bu esa o'quvchilar ijodkorlik mahorat va qobiliyatlarining o'sishida yana bir o'ziga xos eshikni ochib beradi. Shaxs sifatlarining shakllanishida oila, atrof-muhit, jamiyat katta rol o'ynaydi. Ota-onaning mehri, atrofdagilarning e'tibori, ularning qo'liabquwatlashlari bolani mustaqil fikrlashga va ijodiy fikrlashga bo'lgan ishonchini uyg'otadi. Ma'naviy-ijodiy usullar shu tariqa o’quvchilaming ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda eng asosiy rolg’ o'ynaydi va ushbu usul 3 bosqichda amalga oshiriladi: a) o’quvchilarda bilishga qiziqishni uyg’ota bilish; b] o’quvchilaming cgallagan bilim va tajribasiga asoslangan holda masala qo’yish hamda ularga tayanib, masalalarni tahlil qilish; v) o'rganish kerak bo’lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib, xulosa chiqarishga erishish. Yuqoridagi bosqichlami amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy xazinasi uning o’zida yashiringanligini anglab yetadilar. Buning uchun o’qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan istehdodni anglay bilishi kerak. Ilm olish, aqlni peshlash, o’z ustida ishlash, hikmatlarni bilish, kamtarlik, mahrifatli bo’lish kabi fazilatlarga faqat raehnat qilish va bilim olish, o’qib - o'rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida ijodiy mehnat bashariyatni olg‘a xarakatlantiruvchi asosiy omil bo‘lib kelgan. Shunday ekan, yosh avlodni ijodiy mehnatga o‘rgatish, uni o‘z zamonasining eng ilg‘or bilimlari bilan qurollantirish barcha davrlarda hamma xalqlar uchun eng dolzarb vazifa hisoblangan. Texnik ijodkorlikni tashkil qilishda, ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi, talabalarning ijodkorlik faoliyatida mustaqil fikrlashini rivojlantirish, bilimlarni egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan, ikkinchisi, o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi. Texnik ijodkorlik talabalar egallayotgan bilimlarining mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa, bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchilarining fan asoslarini o‘zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlik qilishda oshirishida, ijodiy ish shakllarini ishlab chiqishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijodkorlikka bo‘lgan ehtiyoj psixofiziologik jihatdan qaralganda, bir nechta bosqichlarda amalga oshadi. Bulardan birinchisi havas - ehtiyojning eng sodda shakli bo‘lib, inson tomonidan ongli boshqariladi. Ikkinchisi, nisbatan yuqoriroq rivojlanish bosqichi bo‘lgan xohish ham inson tomonidan ongli boshqarilib, u shaxsning ma’lum buyum yoki hodisaga nisbatan munosabatlari majmuasini ifodalaydi. Uchinchisi, eng murakkab bosqich bo‘lgan qiziqish, xohish va u bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar asosida yuzaga keladi. Qiziqish hayotdagi tashqi ta’sirlar, shaxs faoliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoni ta’sirida shakllanib boradi. Bu holatlar psixologik omillar - diqqat, idrok, tushuncha, xotira, fikrlash, sezgi va iroda xislatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, shaxsning shakllanishida alohida muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir insonning hayoti davomida hal qilishi zarur bo‘lgan ko‘pgina muammolar yuzaga keladi. Insonlar, odatda, o‘z muammolarini qanday hal qiladilar? Ba’zilar o‘z intuitsiyasiga tayangan holda yechimni topishga harakat qiladilar, boshqalari o‘zga insonlar bilan maslahatlashib, ularning tajribasi asosida yoki ilmiy-ommabop adabiyotlarni tahlil qilib, o‘z muammolari yechimini topishga urinadilar, uchinchilari esa bu ishni boshqa shaxslarga yoki tasodifiy holatlarga qoldirib, muammo yechimidan umuman uzoqlashishga harakat qiladilar. Insonlarning faqat unchalik katta bo‘lmagan qismigina o‘z muammolarini ijodkorlik faoliyati metodlari yordamida yechadilar. Siz, ijodkorlik faoliyati metodlari mavjudmi? Ijodkorlik bilan maqsadli yo‘naltirilgan holda shug‘ullanish mumkinmi? degan savollar berasiz. Ha, ijodkorlik metodlari mavjud, o‘z oldiga ilmiy kashfiyotlar qilish, yangi mashinalar, mexanizmlar, texnologiyalar, rassomchilik san’ati asarlari, musiqiy, adabiy asarlar yaratish bo‘yicha aniq masalalarlar qo‘yib, ijodkorlik faoliyati bilan maqsadli shug‘ullanish mumkin. Navbatdagi muammo yuzaga keladi – ijodkorlik faoliyatini qayerda o‘rganish mumkin? Bundan 10-20 yillar avval ijodkorlik metodlari bilan faqat ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladigan seminarlarda, tizimli tahlil, funksional-qiymatli tahlil, tizimli fikrlash faoliyati metodologiyasi, fikrlashni faollashtirish metodlari va ijodkorlik nazariyasining boshqa bo‘limlarida tanishish mumkin edi. Hozirgi kunda bu ilmiy yo‘nalish bo‘yicha yetarli darajada adabiyotlar nashr qilingan. Bu borada tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro‘yxati qo‘llanmaning oxirida keltirilgan. Kitoblardan tashqari ko‘pgina maktablar va oliy ta’lim muassasalarida turli maxsus fanlar kiritilgan. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pgina ta’lim oluvchilar ijodkorlik metodlari bilan tanishish, ularni madaniyatning turli sohalarida muammolarni yechishda qo‘llashga o‘rganish imkoniga ega emas edilar. Nega? Chunki talabalar uchun ijodkorlik nazariyasining yuqorida ko‘rsatilgan bo‘limlarini, asosiy metodlarini o‘zida birlashtiradigan qo‘llanma mavjud emas edi. Yana ijodkorlikka qaytamiz. Taklif qilinganlardan ijodkorlik faoliyati turlarini tanlashga harakat qiling: salat tayyorlash, mashhur detektiv asarini mutolaa qilish, reklama e’lonini yaratish, fizika bo‘yicha masala yechish, o‘qilgan matn asosida hikoya tuzish, pardoz qilish. Bu sizda qanday sifatlarni shakllantiradi? Ijodkorlikka faoliyatning mavjud bo‘lgan namunalaridan nusxa olmaydigan va bajarish jarayonida inson o‘zi uchun yoki boshqalar uchun yangilik yaratadigan turlari kiradi. Shunday qilib, ijodkorlik – bu obyektiv (hamma uchun) yoki subyektiv (o‘zi uchun) yangi tizimlar yaratish jarayoni. Har bir insonga ijodkorlik faoliyati texnologiyalari va metodlarini egallash zarurmi, axir hamma ham obyektiv yangiliklar yaratmaydi-ku? Inson kim bo‘lib ishlashidan qat’iy nazar: ovqat tayyorlashi, kiyimni modellashtirishi, o‘z farzandlarini tarbiyalashi, ko‘pgina uy ishlarini bajarishi va xo‘jalik muammolarini yechishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun javob bir xil, ijodkorlik metodlarini har bir inson egallashi zarur. Qanday metodlarni va qaysi faoliyat uchun qo‘llash yoki qo‘llamaslik – bu uning tanlash huquqi. Download 48.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling