Mavzu: Ijodkorlik qobiliyati mazmuni. Texnik ijodkorlik


Sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash masalalari


Download 48.21 Kb.
bet7/10
Sana19.06.2023
Hajmi48.21 Kb.
#1613123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Sabab-oqibat bog‘liqliklarini aniqlash masalalari. Sabablarni aniqlash; oqibatlarni aniqlash; isbot; rad etish; qonuniyatlarni aniqlash; yangi funksiyani aniqlash; tizim elementlari o‘rtasidagi aloqalarni aniqlash; bashoratlash.
Tadqiqotchilik operatsiyalarini bajarish uchun masalalar. Muammolarni shakllantirish; tadqiqot rejasini, muammoni yechish rejasini tuzish; kuzatishlar, o‘lchashlar va sinovlarni rejalashtirish va o‘tkazish; faoliyat natijalarini tahlil qilish va baholash.
Ijodkorlik masalalari tizimiga shuningdek turli xil guruhlardan masalalarni birlashtirish yo‘li bilan olingan kombinatsiyalangan topshiriqlar ham kiritilishi mumkin. Biroq ijodkorlik masalalarini darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zidan-o‘zi qo‘llanilishi bu hali ijodiy fikrlashni shaklantirish va rivojlantirish emas. Bu jarayon o‘quvchilar ijodkorlik masalalarini yechish metodlarini o‘zlashtirib, mustaqil ravishda ularning keyingi bobda batafsil to‘xtaladigan modifikatsiyalari (turlari)ni yaratganlarida amalga oshiriladi. Ijodkorlik masalalarini yechish uchun hech qanday metodlar qo‘llanmasa, bu o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lgan, lekin hech nima shakllantirmaydigan va rivojlantirmaydigan «topag‘on» o‘yinidan boshqa narsa emas.
Maktab ta’limi va ijodkorlik. Nimaga maktabni tugallagandan so‘ng bitiruvchilarning sezilarli qismi ijodkorlik masalalarini hal qila olmasligi to‘g‘risida hech o‘ylab ko‘rgansizmi? Ko‘pgina o‘qituvchilar bolalarni ijodkorlikka o‘qitishlarini, ular bilan ko‘p sonli ijodkorlik masalalarini yechishlarini ta’kidlashadi, biroq unda nega bitiruvchilar ijodkorlik faoliyati metodlarini egallashmagan?
Har qanday fan bo‘yicha har qanday mavzuni o‘rganish bilish faoliyatining umumiy strukturasiga muvofiq 4 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
1. Tasavvurlarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar yangi tizimning umumiy belgilari bilan tanishadilar, uning umumiy funksiyalarini o‘rganadilar.
2. Bilimlar va reproduktiv ko‘nikmalarning shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, reproduktiv nazariy va amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Bu ish jarayonida, ulardagi bilim va reproduktiv ko‘nikmalar – ilgari o‘rganilgan bilimlarni takrorlash ko‘nikmalari shakllanadi.
3. Ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalarining shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar, asosan, turli ko‘rinishdagi ijodkorlik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanadi.
4. Ilmiy rivojlanishi va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi – bu bosqichda o‘quvchilar ijodkorlik va tadqiqotchilik topshiriqlarini bajaradilar. Bu ish jarayonida ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanishi amalga oshiriladi.
Alohida ta’kidlash kerakki, yuqorida ko‘rsatilgan bilish jarayoni strukturasi o‘quvchilarni o‘qitish metodlari va shakllarini har bir bosqichda aniqlamaydi. Bu har qanday mavzuni o‘rganishning dastlabki ikki bosqichida ijodkorlik topshiriqlarini qo‘llash mumkin va zarurligini bildiradi.
Mavzu bo‘yicha o‘quv ishining dastlabki ikki bosqichi bizning maktablarimizda muammosiz amalga oshiriladi. Muammolar oxirgi ikki bosqichda. Birinchidan, ko‘pchilik o‘qituvchilarda har bir mavzuni o‘rganish borasida o‘quv ishining bu bosqichlari umuman yo‘q. Ikkinchidan, ilmiy va ijodkorlik ko‘nikmalari shakllanishi o‘qituvchining ixtiyorida alohida masalalarni emas, balki ijodkorlik masalalari tizimini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. Uchinchidan, ijodkorlik masalalarini yechish jarayonida o‘quvchilar ijodkorlik faoliyatining zamonaviy metodlarini egallashi zarur. Afsuski, bu metodlarning ko‘pchiligi nafaqat o‘quvchilarga, balki o‘qituvchilariga ham ma’lum emas. To‘rtinchidan, ilmiy va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllanishi o‘quvchilarning mustaqil ishlarini o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy va ilmiy ommabop adabiyotlarda nashr qilingan yangi ilmiy ishlar, shuningdek, murakkab bo‘lmagan ilmiy tadqiqotlarni bajarishni taxmin etadi. Fan bir joyda turmaydi, u doimo rivojlanadi. Darsliklardagi ma’lumotlar tez eskiradi. Ilmiy va ilmiy-ommabop adabiyot bilan ishlash o‘quvchilarni rivojlantirish, to‘ldirish va to‘g‘rilashni tahmin qiladi. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun o‘quvchilarga nafaqat darslik muammolari – matematik, fizik, tarixiy va boshqalar, balki fanlararo, masalan: LEP qo‘yilmasi, to‘g‘on qurilishi, parfyumeriyaning yangi kolleksiyasini yaratish, yangi dorilar, avtomobilning yangi modelini ishlab chiqarish, san’atda yangi yo‘nalishlar, janrlar va mavzularni izlashni taklif etish zarur. Fanlararo masalalar real hayotda ko‘p uchrasa-da, maktabda hozircha juda kam qo‘llaniladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarni ijodkorlik faoliyatining elementar asoslariga o‘qitishda yuqorida sanab o‘tilgan shartlarning hammasi bajarilishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilarning ishida o‘zgarishlar kamlik qiladi, bunda ta’lim mazmunini: standartlar, dasturlar, darsliklarni o‘zgartirish zarur. Ammo bu ish tez orada qilinmaydi. Shuning uchun muallif o‘quvchilarga ilmiy adabiyotlar va ijodkorlik masalalarini qo‘llab, har bir mavzuni o‘rganishning oxirgi ikki bosqichini mustaqil bajarishni tavsiya qiladi.
Ijodkorlik nima? Tuval peyzajda yoki hissiy tajribalar bilan to'ldirilgan oyatda yozilgan, yangi me'moriy yodgorlik yoki oshpaz tomonidan tayyorlanadigan mazali taom? Jon qalbining ilhomidan yaralgan ijod turli narsalarda ifodalanadi, nafaqat muallif uchun, balki ba'zan butun insoniyat uchun noyob va bebahodir.
Aynan shu tushunchaning asosiy mezonidir. "Ijodkorlik" tushunchasi inson faoliyati jarayonini nazarda tutadi, bu esa moddiy va ma'naviy qadriyatlar yaratadi. Bunday natija faqat ushbu asarning muallifidan kelishi mumkin. Bu haqiqat ham yakuniy natijaga sazovor. Shu bilan birga, ijod ishlab chiqarish jarayonida muallif o'zining shaxsiy jihatlarini ifodalaydi.
Ilm-fan, texnologiya, san'at, kundalik hayotda oddiy kun - bularning barchasi inson o'zining o'ziga xosligini namoyon etadigan sohalar bo'lishi mumkin. Psixologiyaning bir bo'lagi odamning ijodiy faoliyatini o'rganadi. Psixologiya ijodiy va ijodiy fikrlashni , ilhomni, xayolotni, individuallikni va intuitivlikni faol o'rganadi. Ko'p yillar davomida ushbu sohalarni o'rganish qanday ijodkorlik va oddiy odamlarning hayotiga qanday tatbiq etilishi haqida savollarga aniq javob bermadi. Ijodkorlik psixologiyasining asosi - muallif va mahsulot o'rtasida rivojlanib boradigan munosabatdir.
Insonning istak va hayol dunyosida chegara yo'q. Egoist boshqa odamlarning yo'qligi, orzu-intizomga ega bo'lgan, tabiatda mavjud bo'lmagan narsalarni, ijodkorlik uchun tashnalikni dunyodagi bilimga to'ldiradigan odamni xohlaydi. Yaratguvchilikning butun falsafasi uyg'unlik va go'zallik yaratilganiga, yaratilgan asarlar tsivilizatsiya foydasiga xizmat qilishiga qaratilgan.
Ijodkorlik turlari
Yaratuvchilikning o'ziga xos tomoni turli g'oyalar, g'oyalar, turli xil faoliyat turidagi hayoliy parvozlarni amalga oshirishga imkon beradi:


  1. Download 48.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling