Mavzu: Ijtimoiy hamkorlik g'oyasining yosh avlod ma'naviy tarbiyasidagi o'rni


II-bob. Ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bo'lishi


Download 218.5 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi218.5 Kb.
#213838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy hamkorlik g'oyasining yosh avlod ma'naviy tarbiyasidagi

II-bob. Ijtimoiy-madaniy faoliyatda ijtimoiy hamkorlikning namoyon bo'lishi.

    1. Globallashuv sharoitida o'zbekiston ijtimoiy hamkorlikning kuchaytirishni ijtimoiy-falsafiy ahamiyati.

Maʼnaviyatga quyidagicha dastlabki taʼrif berish mumkin: Maʼnaviyat, bu — ijtimoiy ongning eʼtiqod va qadriyatlar darajasiga koʻtarilgan sobit, barqaror tuygʻulari, ehtiroslari, tushunchalari, gʻoyalari, meʼyorlari, ijtimoiy moʻljallari, ideallaridir, ularning yaratilish jarayoni va madaniy merosda, urf-odatlarda aks etishi, millatga muayyan maqsadlarga erishish uchun yordam beradigan iroda hamda jamiyatda qaror topgan aqliy va hissiy, ruhiy va mafkuraviy muhitdir.

Shunday qilib, maʼnaviyat toʻrt oʻzaro uzviy bogʻliq tarkibiy qismdan iborat:



  1. Ongning, dunyoqarashning olamga faol munosabat koʻrinishidagi funksional jihati (ijtimoiy ong shaklariga muvofiq — falsafiy, diniy, axloqiy, estetik, huquqiy tuygʻular, tushunchalar, baholar, qarashlar, nazaiyalar);

  2. Maʼnaviy madaniyat yutuqlari (xalq ogʻzaki ijodi asarlari: qoʻshiqlar, dostonlar, ertaklar, maqollar, matallar, xalq amaliy sanʼati asarlari, adabiyot, arxitektura, dizayn, tasviriy sanʼat, teatr, kino, musiqa, estrada asarlari va Sh.K.; fan, ommaviy axborot va tashviqot, taʼlim-tarbiya tizimi, istirohat va sport, urf-odatlar, diniy amaliyot va h.k.);

v) iroda (erkin tanlash, qatʼiyat, fidoyilik, or-nomus, milliy gʻurur, ijtimoiy qoʻrquvni yengish va h.k.);

g) jamiyatda qaror topgan maʼnaviy muhit.

Maʼnaviyat shaxsning tabiat va jamiyat bilan mushtaraklashib, oʻzaro munosabatini uygʻunlashtirishni bildiradi. Yaʼni maʼnaviyat tushunchasi:


  1. Shaxs va jamiyat tomonidan ijtimoiy borliqni oʻz faoliyati asosi va obyekti sifatida anglab olinishini (shu boisdan ham maʼnaviyat dunyoqarashning funksional jihati boʻladi);

  2. Shaxsning, millatning muayyan xulq-atvori va yaratuvchilik faoliyati, borliqqa munosabati, borliqni qayta yaratish yoki oʻzgartirish boʻyicha ijodiy rejalarini;

  3. Bu rejalarni amalga oshirish uchun, birinchidan, shaxs va jamiyatdagi qatʼiyat, erk va irodani hamda, ikkinchidan, jamiyatda mavjud boʻlgan mafkuraviy shart-sharoitni bildiradi.

Demak, maʼnaviyat orqali inson tabiat va jamiyat bilan bir butunlikni tashkil qiladi, uygʻunlashadi, olamning haqiqiy javhariga, gultojiga aylanadi. Maʼnaviyatsiz inson tabiatning shunchaki bir jonzoti boʻlib qolaverar, oʻzligini, olamdagi oʻz oʻrnini anglamas, “ikkinchi tabiat”ni yaratolmasdi. Insonning tabiatga va jamiyatga ijobiy taʼsiri maʼnaviyatga, salbiy taʼsiri esa undagi kamchiliklarga bogʻliq.

Maʼnaviyat nima, degan savolga ilmiy, siyosiy, publitsistik adabiyotlarda turlicha yondashuvlar asosida har xil fikrlar bildiriladi. Qayd etish lozimki, Gʻarbda maʼnaviyat tushunchasi alohida oʻrganilmaydi. U barqaror mazmunga ega boʻlgan ilmiy tushuncha sifatida Gʻarbda mavjud emas. Lekin biz maʼnaviyat deb ataydigan hodisa, yahlit holda boʻlmasa-da, falsafa, etika, sotsiologiya psixologiya, semiotika, kulturologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, sanʼatshunoslik kabi fanlar doirasida har xil ilmiy usullar yordamida tadqiq etiladi. Maʼnaviyat tushunchasi oʻrniga ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya, intellektual madaniyat, axloq va sh.k. har xil atamalar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyat deganda, Gʻarbda koʻproq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi. Shuningdek, Gʻarbda spiritualizm (spiri-“ruhiy”, “maʼnaviy” mazmunni bildiradi) degan amaliyot bor. Spiritualizm oʻlgan kishi ruhini chorlab, u bilan muloqot qilishni anglatadi. Shu sababdan biz qoʻllaydigan maʼnaviy madaniyat atamasini ayrim gʻarb tillariga aynan lugʻaviy mazmuniga qarab “spiritual madaniyat” deb oʻgirish mumkin emas. Uni zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat deb oʻgirish urf boʻlgan. Maʼnaviyat atamasi, toʻliq ishonch bilan aytish joizki, islom mamlakatlarida, yana aniqrogʻi, koʻproq Oʻzbekistonda tarqalgan atama. Hatto bizga qoʻshni Totikistonda maʼnaviyat atamasiga nisbatan uning boshqa “ruhoniyat” koʻproq qoʻllaniladi.

Maʼnaviyat arabcha maʼni (maʼno) soʻzidan, u esa “aʼno” oʻzagidan yasalgan deb hisoblanadi. Aʼno – birlamchi, tub mohiyat mazmunini anglatadi. “Maʼnaviya” arab tilida juda koʻp mazmunga ega tushuncha. Lugʻatlarda uning 8-10 tagacha mazmuni qayd etilgan. Uning arabchadan kelib chiqqaniga, arabcha oʻzakdan yasalganiga shubha yoʻq. Lekin atamaning bugungi mazmuni shakllanishiga juda koʻp ijtimoiy-madaniy va lisoniy omillar taʼsir koʻrsatgan. Jumladan, boshqa tillar va madaniyatlar. Faraz qilish mumkinki, maʼnaviyat atamasi shakllanishiga “maʼni” bilan bir qatorda sanskrit tilida mavjud boʻlgan “maʼnas” tushunchasi ham taʼsir koʻrsatgan. Atamaning ushbu shaklda tarqalishiga tasavvuf ilmi, xususan, Jaloliddin Rumiyning “Masnavi maʼnaviy” asari katta taʼsir koʻrsatgan boʻlish ehtimoli yuqori.

Ilmiy adabiyotlarda maʼnaviyatga nisbatan mavjud qarashlarni tahlil qilsak yoki nazariyalar, taʼlimotlarning umumiy ilmiy usulidan kelib chiqib, qanday boʻlishi mumkinligini faraz qilsak, juda qiziqarli va oʻta rang-barang, ayrim hollarda bir-birini toʻliq inkor qiluvchi mulohazalarni koʻramiz. Ularning baʼzilari falsafa, tarix, tilshunoslik, adabiyot va sanʼat maʼlumotlariga, xulosalariga tayangan va izchil ratsionalistik boʻlsa, baʼzilarida noilmiy va irratsional unsurlar, dalillar, farazlar, vulgar talqinlar uchrab qoladi. Bunga misol qilib freydizmni, umuman, psixoanalizni koʻrsatish mumkin. Ayrim olimlar maʼnaviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. U inson mutlaqo tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, “qalb koʻzi” bilan ko’rilgan haqiqat, gʻoyibdan insonga koʻrsatilgan hidoyat, yoʻl, іpora, koʻngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuygʻular va h.k. deb tushuntiriladi.

Anʼanaviy diniy-mistik qarashlar zamon taʼsirida oʻzgarib, yangi koʻrinishlar kasb etmoqda. Bugun har xil imperik qarashlar, kosmos (koinot) yuborayotgan kodlashtirishni belgilar, timsollar, ramzlar, salbiy va ijobiy pіsetetika va shunga oʻxshash qarashlar ham jamiyatni madaniyat, maʼnaviy hayot toʻgʻrisidagi tasavvurlarinі qarashlarida aks etmoqda.

Jamiyat rivojlanishi yangi axborot-telekommunikasiya texnoloniya, internet va kompyuterlar, AKTlar (axbxorot-kommunikatsiya texnologiyalari) yaratgan virtual voqeylik, ommaviy madaniyat jamiyat maʼnaviy hayotini, odamlar dunyoqarashini ancha oʻzgartirib yubordi. Inson hozirgi jamiyatda juda ziddiyatli, chalkash taʼsirlar ostida qoldi. Shu sababdan maʼnaviyatga insonning asl tabiatidan, autentligidan kelib chiqib yondashish, yaʼni ekzistensialistik yondashuv dolzarblik kasb etmoqda. Ammo bir narsani nazarda tutish kerakki, ekzistensializmning ontologik qarashlari, bilish nazariyasi, jamiyat va inson toʻgʻrisidagi fikrlari, xulosalari yaxlitva izchil taʼlimot emas. Lekin ekzistensializmning inson autentligi toʻgʻrisidagi fikrini deyarli barcha ijtimoiy va gumanitar fanlar foydali, ilmiy samarador usul sifatida tan olgan. Ekzistensializmdagi eng yaxshi jihatlarni olib, boshqa falsafiy va ilmiy usullar bilan birlashtirish maqsadga muvofiq.

Maʼnaviyat tushunchasiga qaytamiz. Ayrim mualliflar, yuqorida aytilganidek, maʼnaviyatning mohiyatini ilohiy deb talqin qilmoqdalar. Ular toʻliq diniy-mistik nuqta’i nazarga oʻtib ketmasa-da, diniy yondashuv tarafdoridir. Maʼnaviyatni ular ongning toʻliq tushuntirib berish mumkin boʻlmagan sirli jihatlari, insonning ruhiy kuchi, undagi tugʻma diyonat, vijdon, iymon, Xudo insonning koʻngliga solgan ijtimoiy va ijodiy moyillik, intilish, deb talqin qiladilar. Bu qarashlarga muvofiq maʼnaviyat ilohiy yoki tabiiylikdan ustun hodisadir.

Ilohiy hodisalar, abadul abad oʻzgarishsiz, mutlaq boʻladi, faqat ularni tushunish, idrok etishgina oʻzgarishi mumkin. Maʼnaviyat haqida gapirganda esa, biz uning yuksalishi, aksariyat qadriyatlarning yangilanishi yoki, aksincha, tanazzuli, qashshoqlanishini, oʻzgarishini, nisbiyligini taʼkidlaymiz. Shubhasiz, zardushtiylik negizida shakllangan uzoq ajdodlarimiz maʼnaviyatidan Islom negizida vujudga kelgan ota-bobolarimiz maʼnaviyati keskin farq qiladi. Xalqimizning bugungi kundagi maʼnaviyati zamonaviy qadriyatlar va mustaqillik taʼsirida nafaqat oʻrta asrlardagi, hatto, sotsializm davridagi maʼnaviyatidan ajralib turadi. Zero, I.Karimov taʼkidlaganidek: “Maʼnaviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuygʻu tinim bilmaganidek, ularning mahsuli oʻlaroq maʼnaviyat ham doimo oʻzgarish va yangilanishda boʻladi”7. Fanda masala ilohiy hodisa sifatida qoʻyilishi mumkin emas. Chunki fanning vazifasi tadqiq etadigan hodisalarni tekshirish, tahlil qilish, umumlashtirish va mazmun-mohiyatini, nazariyasi va amaliy qoʻllanishini, rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iborat. Balki fan bu jarayonda xatolarga yoʻl qoʻyar, adashar, notoʻgʻri talqin qilar, ammo u doimo mantiqqa asoslanadi, tahlildan, talqindan, tushuntirishdan, xulosa qilishdan qochmaydi. Ilohiy hodisalar fanning emas, dinning, ilohiyot ilmining obyekti boʻlishi mumkin. Fanning obyektini esa tabiiy, ijtimoiy va ruhiy-intellektual hodisalar tashkil etadi. Fan oʻrganayotgan hodisaga his-hayajondan, xayoliy orzu-istaklardan, subyektiv xohishdan kelib chiqib emas, balki xolis va rasional, aniq ilmiy dalillarga tayangan holda yondashadi.

Chop etilayotgan baʼzi kitoblarda maʼnaviyat baʼzan ongning, baʼzan axloq va eʼtiqodning, koʻpincha maʼnaviy madaniyatning sinonimi, maʼnodoshi, baʼzan hatto ularning hammasini ifodalaydigan yigʻma tushuncha sifatida ishlatiladi. “Maʼnaviyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan madaniyatning insoniyat, shaxs ongida ifodalanishidir. Madaniyat mazmun jihatdan nihoyatda keng boʻlib, har bir tarixiy davrdagi maʼnaviyat uning barcha tomonlarini qamrab ololmaydi”8 - deb hisoblaydi E.Yusupov. Koʻrinib turibdiki, maʼnaviyat bu yerda ongning madaniyatni aks ettirishiga koʻra, mazmun jihatdan nisbatan ajralib turadigan bir boʻlagi, ideal hodisa deb toʻgʻri, ammo biroz torroq talqin qilinmoqda.

Sovet davrida bitilgan falsafiy va kulturologik sarlarda doimo “maʼnaviy hayot” va “maʼnaviy dunyo” haqida soʻz yuritilgan. Ammo bu tushunchalar doirasida “maʼnaviyat” alohida tahlil etilmagan. Rus olimlari haligacha bu anʼanani davom ettirib kelmoqdalar.



Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling