Mavzu: Ijtimoiy hamkorlik g'oyasining yosh avlod ma'naviy tarbiyasidagi o'rni


Download 218.5 Kb.
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi218.5 Kb.
#213838
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ijtimoiy hamkorlik g'oyasining yosh avlod ma'naviy tarbiyasidagi

Kurs ishining tuzilishi. Kirish, uch , xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’ldi.

  1. bob. Ijtimoiy hamkorlik tinchlik garovi.

1.1 Ijtimoiy hamkorlik tushunchasi.

Xususan, mustaqilligmizning birinchi kunidan boshlab hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy tiklanish”, “milliy ong”, “milliy gʻurur”, “milliy iftixor” kabi tushunchalar tez-tez ishlatiladigan boʻlib qoldi. Bu bejiz emas, zotan, mustaqillik ayni paytda milliy tiklanish hamdir. Uni esa mazkur tushunchalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Ammo shuni taʼkidlash joizki, qatagʻon siyosati va tuzumi davrida bu atamalarni ishlatish u yoqda tursin, ularni xatto oʻzbekcha lugʻat boyligidan surib chiqarishga harakat qilingan edi. Bunga dalil sifatida 1959 yili Moskvada “Xorijiy va milliy lugʻatlar davlat nashryoti” tomonidan chop etilgan, 40 mingdan ortiq soʻzdan iborat “Oʻzbekcha-ruscha lugʻat”ga xam, 1988 yili UzSE Bosh redaksiyasi tomonidan chop etilgan “50 ming soʻzlik “Oʻzbekcha — ruscha lugʻat”ga xam “qadriyat”, “milliy tiklanish”, “milliy ong”, “milliy iftixor” kabi tushunchalarning kiritilmaganligini koʻrsatish mumkin.

Shuningdek, bu tushunchalar 1981 yilda Moskvada “Rus tili” nashriyoti tomonidan chop etilgan, 60 ming soʻzni qamrab olgan ikki jildlik “Oʻzbek tilining izohli lugʻatida ham uchramaydi. Xatto baʼzi ruscha – Oʻzbekcha lugʻatlarda ham “qadriyat” soʻzi kiritilmagan. Jumladan, 1976 yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan “Ijtimoiy-siyosiy terminlar lugʻati”da “sennost” so‘zining 4 ta maʼnosi alohida lugʻat maqolasi tarzida berilgani holda ularning birortasida “qadriyat” maʼnosi oʻz ifodasini topmagan.

Lekin lugʻatlarda “millatchi”, “millatchilik” so‘zlari bor. Xoʻsh, buni qanday izohlash mumkin? Fikrimizcha, bunday vaziyat oʻz-oʻzidan, yoki tasodifiy sodir boʻlgani yoʻq. Bu oq va qizil mustamlakachilarning mintaqamiz xalqlarini o‘zlarining ko‘p asrlik tarixi, boy va noyob milliy merosi, qadriyatlari-yu, maʼnaviyatidan judo etib, manqurtlarga aylantirib qoʻyishga qaratilgan siyosati natijasidir. Hukmron siyosat tarafdorlari va ularning maddohlari “milliy istiqlol”, “milliy iftixor”, “milliy “gurur” kabi atamalarni kishida millatchilik kayfiyatini uygʻotadigan tushunchalar deb hisobladilar va ularni ifoda etuvchi maxalliy millat vakillari millatchilikda ayblanib, taziyiq ostiga olindi. Shuning uchun bam, mazkur tushunchalar koʻp yillar davomida ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ishlatilmay kelindi. Xatto ularni soʻz boyligimizdan chiqarib tashlash xavfi ham tugʻildi desak haqiqatdan uzoq boʻlmaydi.

Istiqlol xalqimizga soʻz va fikr erkinligi bilan bir qatorda ilgari ishlatilib kelgan koʻpgina milliy tushunchalarni hayotimizga qaytardi. Endilikda “qadriyatlar”, “mustaqillik”, “istiqlol”, “Milliy iftixor” kabi tushunchalar oʻzining asl mazmuniga ega boʻlmoqda.

Shuni mamnuniyat bilan aytish kerakki, mazkur atamalarning hayotimizga kirib kelishi va qisqa vaqt ichida teran ildiz otib ketishida I.A.Karimovning xizmatlari katta. Uning asarlari va nutqlarida mustaqillik tufayli hayotimizning barcha sohalarida roʻy berayotgan tub oʻzgarishlar, jumladan milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, urf-odat, anʼanalarimizning tiklanishi, milliy gʻururimiz, milliy oʻzligimizni anglashimizning tobora yuksalayotganligi faxr, iftixor bilan qayd qilinib kelmoqda. “Xalqimiz sarchashmalarining koʻzlari qaytadan ochilganligi, - deb yozadi I.Karimov, - jahon madaniyati yutuqlariga zoʻr hissa qoʻshgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va maʼnaviy merosi teranligi va chukurligi anglab olinganligi, har bir avlodning oʻz oʻtmishiga, oliyjanob milliy va diniy anʼanalariga hurmat bilan qarash, ularni asrab avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni chogʻda hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi va ularga oshno boʻlish zarurligi ravshan anglab yetilganligi mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizning milliy oʻzligini anglashini oshirish, aholining siyosiy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi”.1

Shunday qilib, mustaqillik milliy maʼnaviyatimizning zaminini tashkil qiluvchi “qadriyatlar”, “milliy istiklol”, “milliy iftixor”, “milliy gʻurur”, “milliy ong” kabi tushunchalarning ijtimoiy siyosiy va kundalik hayotimizdagi asosiy ahamiyati va oʻrnini qayta tiklab berdi. Bu bizning maʼnaviy hayotimizda qoʻlga kiritgan katta yutuqlarimizdandir.

Xo’sh, qadriyatlar oʻzi nima? Ularning mohiyati, asosiy jihatlari nimadan iborat? Eng avvalo, shuni qayd qilish kerakki, qadriyatlar juda sermazmun va koʻp qirrali tushunchadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda mazkur tushunchaning mohiyatini ifodalashda turlicha yondashuvlarni uchratishimiz mumkin. Masalan, “Falsafiy ensiklopediya”ning beshinchi jildida qadriyatlar quyidagicha tavsiflangan: “Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U, birinchidan, biror obyektning ijobiy yoki salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ, belgilovchi — bagʻishlovchi jihati (subyektiv qadriyatlar yoki ong qadriyatlarini ifoda etadi. Shunga koʻra obyektiv (ashyoviy) subyektiv (ong) qadriyatlari bir biridan farqlanadi”.2

Mazkur manbada yozilishicha, tabiiy boyliklar va tabiat hodisalari bular yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baholanadi) mehnat mahsullarining isteʼmol qiymati (umuman foydalilik); ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ezgulik va yovuzliklar; tarixiy hodisalarning progressiv yoki reatsion ahamiyati, hozirgi zamon kishilarining boyligi sifatida namoyon boʻluvchi moziynning madaniy merosi, ilmiy haqiqatning foydali samarasi yoki nazariy ahamiyati, kishilarning hatti harakatlarida ifodalanuvchi axloqiy, yaxshilik yoki yomonlik, tabiiy va ijtimoiy obyektlarning hamda sanʼat asarlarining estetik jihatdan tavsiflanishi, sajdagohlar, diniy odat buyumlari va boshqalar ashyoviy qadriyatlarga kiradi. Ong qadriyatlariga normativ tasavvurlar (yaxshilik va yomonlik adolat, goʻzallik va xunuklik haqidagi, tarixning maʼnosi va insonning vazifasi haqidagi tasavvurlar, ideallar, harakat meʼyorlari va tamooyillari tarzida ifodalangan ijtimoiy koʻrsatmalar va baholar, talab va taʼqiqlar, maqsad va loyihalar) kiradi.3

Koʻrinadiki, “Falsafiy ensiklopediya”da ruscha “sennost” tushunchasiga kishilar tomonidan yo ijobiy, yo salbiy baholanadigan, ularning moddiy va maʼnaviy hayotiga ijobiy yoki salbiy taʼsir koʻrsatadigan barcha narsa va hodisalar kiritilgan.

Ana shunga yaqin nuqtai nazar Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasida ham bayon etilgan: “Qadriyat (falsafa va sotsiologiyada) — voqelikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy madaniy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllaniladigan tushuncha... Qadriyatlarni mazmuni va harakteriga koʻra progressiv va reatsion tiplarga ajratish mumkin”.4 Bu esa, mazkur kategoriyani oʻta sigʻimdor qilish bilan birga uni izohlashni mushkullashtiradi. Turli chalkashliklar keltirib chiqaradi.

Shu jihatdan taniqli faylasuf olim V.P.Tugarinovning fikri eʼtiborga loyiqdir: “qadriyatlar muayyan jamiyat yoki sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining haqiqiy yoki ideal neʼmatlari boʻlgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyati (yoki hodisaning bir jihati)dir. Bu neʼmatlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun ham kishilar oʻz tasavvurlaridagi qadriyatlarni ximoya qiladilar va oʻzlari uchun maqsad yoki ideal boʻlgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.

Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning oʻzidir, chunki hayotdan mahrum boʻlish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yoʻqqa chiqaradi. Qadriyatlarning boshqa turlari, aslini olganda, hayot ne’matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir” “.5

Demak, qadriyat deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuini tushunmoq lozim.

Qadriyatlar qayerdan kelib chiqadi, ularni manbai nimada? Bu savolga aksiologiyani diniy falsafiy yoʻnalishi javob berishga harakat qilib, mutlaq va umumiy qadriyat xudo, boshqa har qanday qadriyatlarni manbai ham xudodir degan fikrni bildirmoqda. Oqilona faoliyatni yoʻnaltiradigan qadriyatlar ilmiy bilish predmeti boʻla olmaydi, ular eʼtiqod, ishonch predmetidir, deb taʼkidlaydi nemis faylasufi G.Falk. aksiologiyani subyektiv - idealistik yoʻnalishi namoyondalarini fikricha qadriyat insonni psixik faoliyatini funksiyasidir, yaʼni predmet oʻzini xos sifatida, xossasi bois emas, balki insonni diqqat – eʼtibori unga qaratilgani uchun qadriyatli xislatga ega boʻladi. Shundan kelib chiqadiki, qadriyat psixik jarayonni muhsulotidir. Inson psixikada paydo boʻladigan ehtiyojlar xilma – xildir, shu bois qadriyatlar ham koʻp xil boʻladi.

Empirik sotsiologiya yoʻnalishi qadriyat uchun ijobiy ahamiyati boʻlgan tajriba mazmunidir. Koʻpchilik Gʻarb sotsiologlari qadriyat tushunchasini umumiy namuna yoki hatti – xarakat andozasini mujassamlashtirgan qoida (norma) bilan bogʻlaydilar. Qoida, qonun nafaqat mavjud boʻlgan vaziyat uchun, balki kerak, darkor holat uchun ham ahamiyati bor. Qadriyat – qonun hozirgi holat uchun emas, kelajakka ham tatbiq qilinadi. Amerikalik sotsiolog T. Parsonsni fikricha qadriyatlar faoliyat yoʻnalishini tanlash uchun mezon boʻlib xizmat qiladi.

Qadriyatlar biologik va fiziologik ehtiyojlardan keltirib chiqaradigan naturalistik talqinlar ham mavjud. Amerikalik biolog va faylasuf Djordj Pag qadriyatlarni ikki turga boʻladi. Birinchisi fiziologik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan qadriyatlar huzr – xalovat, zavqlanish, qanoatlanish va boshqalar. Ikkinchi turdagi qadriyatlar ijtimoiy ezgulik va yovuzlik, nafosat kabilar kiradi. Mazkur yondashuvga koʻra qadriyatlar evolyutsion taraqqiyotni mahsulidir.

Aksiologik taʼlimotlarni asosiy yoʻnalishlarini koʻzdan kechirish shuni koʻrsatadiki, ularni har biri qadriyatni inson yoki borliqni biron – bir hislati bilan bogʻlab tushuntirishga harakat qiladi. Bu esa aksiologik talqinlarni xilma – xil boʻlishiga olib keladi.

Qadriyat, birinchidan, sifatiy tavsiflardan farqli ravishda narsaning ijobiy yoki salbiy ahamiyatini, ikkinchidan, ijtimoiy ong hodisalarining normativ, baholi tomonini anglatuvchi tushunchadir, degan qarash mavjud. Tabiiy qadriyatlarga moddiy boyliklar, mehnat maxsulotlarining isteʼmol qiymati (umuman foydaliligi); ijtimoiy va tarixiy hodisalarning taraqqiy yoki reaksion ahamiyati; zamondoshlarning maʼnaviy boyliklari koʻrinishida namoyon boʻluvchi oʻtmishning madaniy merosi; ilmiy haqiqatning ahamiyati; kishilar hatti – harakatlari; tabiiy va ijtimoiy obyektlar va sanʼat asarlarining estetik tavsiflari kiradi, deb xisoblovchilar bor. Ular subyektli qadriyatlarni tanlab va tasavvurlar shaklida ifodalangan ijtimoiy fikrlar, maqsad va loyhalar, ijobiylik va salbiylik, yaxshilik va yomonlik, adolat va nohaqlik, goʻzallik va xunuklik, hayotning mohiyati va insonning oʻrni, ideallar, harakat tamoyillari va mezonlaridan iborat, deb hisoblaydilar.

Qadriyatlarning yuqoridagi taʼrif – tarkibi muhokama qilish va aniqlashga muhtoj. Chunki, bu taʼrif va tarkib “qadriyat” tushunchasini “moddiylashtirib” qoʻyadi, yaʼni uni narsa va hodisalar bilan tenglashtiradi. Bunda masalaning gnoseologik jihati yoʻqoladi, negaki har qanday tushuncha, avvalo, gnoseologik atamadir, yaʼni muayyan narsa, hodisa, obyekt yoki boshqalarning subyektiv inʼikosi, ana shu inʼikos ifodalagan tushunchaning nomi, atamasidir. Qadriyat ham shunday, unda obyektiv narsa boʻlishdan koʻra, subyektiv tushuncha boʻlish jihati ustuvordir. Shuni tushunmaslik “qadriyat” tushunchasining mohiyatini anglamaslikka, uni narsa hodisa bilan ayniylashtirishga olib keladi.

Qadriyat ijtimoiy ahamiyatlilikdir yoki insonning ijtimoiy – tarixiy faoliyati tizimidagi maʼlum hodisaning qadridir.

Qadriyatlar fenomeni (xodisasi; - fenomen yunoncha “yuz beruvchi” degan maʼnoni anglatib falsafa tarixida mohiyat yoki hodisaning ifodasi yoki namoyon boʻlishi sifatida talqin qilinadi) ehtiyojlar manfaatalr, mafkuralar toʻqnashuvi, eʼtiqod va jmon shakllanishi kabi manaviy jarayonlar va omillar taʼsirida oʻzini, inson va jamiyatga nisbatan qiymatini, ahamiyat darajasini oʻzgartirib turadi. Shuning uchun boʻlsa kerak, qadriyat hususida aniq maʼnoga ega boʻlgan, koʻpchilik olimlar va faylasuflarni qoniqtiradigan taʼrif yoki talqin yoʻq.

Qadriyat narsa, predmet emas, balki predmetda insonni extiyojini qondiradigan, ezgu-niyatlarga monand keladigan hislatlar mavjud boʻlgandagina qadriyat paydo boʻladi.

Bir xil extiyojlarni qondirish insonni kamolot tomon olib boradi. Bunda qondirish vositalari qadriyatli boʻladi. Lekin Mussolini, Gitler kabi fashistik monyaklar ehtiyoj va manfaatlarni qondirish insonni boshga katta kulfatlarni keltirdi. Inqirozga olib boradigan taʼlimotlar, vositalar qadriyatli hislatlarga ega boʻladilarmi? Bularni bahosini beradigan, nimani qadriyati bor va nimani qadr qiymati yoʻqligini belgilaydigan mutloq hakam bormi?

Ayrim faylasuflar, aksiologlar borliqda qadriyat degan fenomenni borligini eʼtirof qilsalarda, uni mohiyatini inson akli bilishga ojizlik qiladi degan fikrni bildiradilar. Aksiologiyani asoschilaridan biri, nemis faylasufi M. Sheler (1874-1928) shunday yozadi: “Tajribani shunday turi borki, uni predmeti akl uchun yopiqdir; quloq rangni idrok qila olmaganligi kabi uni (tajribasi predmeti) bilishga aql ojizlik qiladi... shu tajriba orqali abadul-abad mangu boʻlgan predmetlarni, masalan qadriyatlar va ularning iyerarxiyasini oʻrganamiz”. Gap ilohiy hissiyot va muloqot

Tajribasi xaqida borayotgan boʻlsa kerak. Shelerni fikricha xudo gʻoyasi oliy qadriyatdir. Borliqni eng muhim xususiyati fojialigidadir. Qadriyat bilan qiyoslanganda maʼlum boʻladiki, barcha narsalarda fojiali hislat bor. Borliqni fojialigini namoyon boʻlishni bitta zamini-vaqtdir, unda barcha narsa paydo boʻladi (tugʻuladi) va yoʻqoladi (oʻladi) . Borliqni fojialigini, undagi narsalarni vaqtinchaligini bartaraf etadigan yoki yumshatadigan muhim – mangulik hislatiga ega boʻlgan maʼnaviy qadriyatlardir. Shelerni fikricha maʼnaviy qadriyatlar, masalan, ezgulik, nafosat, adolat va boshqalar fazo va vaqtdan tashqarida turadi, tarixiy shart sharoitga bogʻliq emas.



Download 218.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling