Mavzu. Ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyot va uning bosqichlari


Download 36,08 Kb.
bet1/5
Sana21.11.2023
Hajmi36,08 Kb.
#1793284
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishg


MAVZU. IJTIMOIY IQTISODIY TARAQQIYOT VA UNING BOSQICHLARI

Reja



  1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan boʻlgan turlicha yondashuvlar.

  2. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.

  3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.

  4. Mulkchilik shakllarining xilma-xilligi va ularning turlari. Mulk obyektlari va subyektlari.

  5. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.

  6. Oʻzbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yoʻllari, maqsadi va usullari.

  7. Xususiy mulkchilik tarmogʻini kengaytirish – mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida.

1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari va ularni bilishgan boʻlgan turlicha yondashuvlar.
Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos boʻlgan iqtisodiy tizimlarni oʻrganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni oʻzgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir.
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud boʻlib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:

  • tarixiy-formatsion yondashuv;

  • madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv; - texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

  • iqtisodiy tizimlar oʻzgarishi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan.
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni tsivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida oʻrganish ham muhim oʻrin tutadi.
«Sivilizatsiya» soʻzi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim hisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida roʻy berayotgan oʻzgarishlar koʻlami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.

Download 36,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling