Mavzu: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi


Download 47.5 Kb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1547304
1   2   3   4
Bog'liq
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTNING JONLANISHI

Madaniv havot
Jaloliddin Rumiy (1207-1273) buyuk tasavvuf shoiri bo'lib, 36 ming baytdan iborat «Masnaviyi ma 'naviy» nomli poemasini yaratdi. Bu asarda u tasawuf falsafasining asoslarini talqin etadi.
Bu davrning mashhur mutafakkir adiblarining yana biri Sa'diy Sheroziy (1219-1293) dir. U o'zining «Guliston» va «Bo'ston» nomli asarlaridagi sermazmun g'azallari bilan sharq adabiyotining taraqqi-yotida o'chmas iz qoldirdi. U o'z asarlarida ona yerga bo'lgan muhab-bat va insonparvarlik g'oyalarini mohirona bayon etadi.
O'z davrining buyuk adiblaridan Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiy Ganjaviydan so'ng «Xamsa» dostonini yozgan ham shoir, ham musiqashunos mutafakkirlardan edi. U «Zafarlar kaliti», «Falakning to 'qqiz gumbazi» kabi asarlar muallifidir.
XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixnavislik ham taraqqiy qiladi. Bu davrda Juzjoniymng «Tabaqoti Nosiriy» («Nosir turkum-lari»), Juvayniyning «Tarixi jahonkushoy» («Jahon fotihi tarixi»), Rashiduddin Fazlullohning «Jome at-tavorix» («Tarixlar to'plami») kabi qimmatli tarixiy asarlari yoziladi. Bu asarlar o'sha davr tarixi, ayniqsa mo'g'ullar istibdodini o'rganishda birinchi darajali manba hisoblanadi.
Bu davrda turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topa boshlaydi. Ke-yinchalik u «Chig'atoy tili» va «Chig'atoy adabiyoti» nomini oladi.


SAVOLLAR:

  1. Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun qan­day choralar ko'rgan?

  2. Mas'udbekning pul islohoti qanday natija berdi?

  3. Kebekxon islohotlari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  1. Chig'atoy ulusining bo'linish sababi nimada"?

  2. Iqtisodiy hayotda qanday o'zgarishlar sodir bo'ldi?

  3. Mo'g'ullar davridagi yer egaligining qanday turlari mayjud edi?

Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling