Mavzu. Ijtimoiy menejment strategiyasida tashkiliy munosabatlar


Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil


Download 32.89 Kb.
bet2/2
Sana15.01.2023
Hajmi32.89 Kb.
#1094139
1   2
Bog'liq
2- m IJT MENEJMENTDA TASHKILIY MUNOSABATLAR

Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil


Zamonaviy menejmentda tashkilotlar va tashkiliy munosabatlarning ahamiyati ortib borishiga ikki omil ta’sir ko’rsatmoqda:



  1. - XX asr ohirida vujudga kelgan fan va texnika taraqqiyoti ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan «EVM», «Glavkosmos», «Djeneral motors» kabi gigant korxonalarning tashkil etilishga sabab bo’ldi. Inson tashkilotlar bilan butun umri davomida bog’liq bo’lganligi sababli, ular odamlarning turmush darajasini belgilaydi.

  2. - tashkiliy munosabatlar tizimida ijtimoiy resurs ahamiyatining oshishi. XIX asr ohiri XX asr boshlaridan boshlab ijtimoiy resurs tashkiliy munosabatlarni boshqarishning asosi sifatida yuzaga chiqdi.

Hozirgi zamonda tashkilot nafaqat ma’lum bir vazifani bajaruvchi xo’jalik sub’ekti, balki, odamlar va guruhlarni o’zaro ta’sir etish muhitiga aylandi. Turli ijtimoiy guruhlarni yaxlit faoliyat ko’rsatishini ta’minlash XX asrning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishning rasmiy va norasmiy usullari mavjud.
Norasmiy usul ko’p hollarda rasmiy usuldan ustunligini namoyon qilmoqda. Norasmiy usul birinchi bo’lib AQSh korxo-nalaridan birida Meyo boshchiligida o’tkazilgan tajribadan boshlangan. Bu tadqiqot natijasida Teylorning klassik nazariya-siga zid bo’lgan ko’pgina omillar muvoffaqiyatga erishishning asosi qilib belgilandi.
Insonni tushunish, uning imkoniyatlariga to’g’ri baho berish umuman inson omiliga katta e’tibor berish menejment inqi-lobining asosi hisoblanadi. Shuning uchun fanda kuchli ijtimoiy tashkilot (rasmiy va norasmiy tuzilma bilan) qurish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda.
Olimlar fikricha, eng maqbul tashkiliy tuzulma tarkibiga quyidagi omillar kiritilishi kerak:
- tashkilot ijtimoiy maqsadlarini tadbiq qilish texno-logiyasi doimiy ravishda yangilanib turishi;

  • menejerlarni tashkilotdagi inson hulqi nazariyasi va amaliyoti, odamlarning ijod potentsialini yuzaga chiqarish yo’llari, o’z-o’zini boshqarish va muomala madaniyatiga o’rgatish.

Nafaqat menejerlarni o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, balki iqtidorli odamlarni yoshligidan menejerlikka tayyorlash uchun bilimlarning mahsus ijtimoiy sohasi vujudga keladi. Menejerlarni tayyorlash turli davlatlarda turlicha amalga oshiriladi. Hozirgi paytda boshqaruv mustaqil va eng og’ir soha hisoblanadi. Zamonaviy menejerda ijodkorlik, strategik fikr yuritish, ko’pchilikni
birlashtirish va yangiliklarga intilish kabi xususiyatlar qadrlanadi.
Rivojlanayotgan kuchli raqobat muhitida samarali faoliyat olib boruvchi korxonalarni loyihalashtirish texnologiyalari va printsiplari menejerlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. korxona strategiyasini ishlab chiqish texnologiyasi;

  2. ijtimoiy maqsadlarni yuzaga chiqarish va amalga oshirish.

Tashkiliy strategiya muammolarni ma’muriy usul bilan emas, balki o’z ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak.
Har bir yirik tashkilotda ijtimoiy muammolarni hal qilish, ichki nizolarni bartaraf qilish va personalni samarali boshqarish maxsus bo’limlar tashkil etilgan. Bundan tashqari, bu muammolarni hal etishda mahsus ilmiy-tadqiqot institutlari maslahatlaridan ham foydalaniladi.

Qisqa xulosalar


Tashkiliy munosabatlar mohiyati. «Rasmiy» va «norasmiy» tashkilotlar. Zamonaviy sharoitda «norasmiy» tashkilotlarning ahamiyati oshishi. Ijtimoiy tashkilotlar qurishning asosiy tamoyillari. Korporatizm - zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy tashkilotlarni rivojlantirishning innovatsion usuli.


Nazorat savollar:

Tashkiliy munosabatlarning mohiyati nima?
Rasmiy va norasmiy tashkillashtirishning farqi nimadan iborat?
Nima uchun tashkiliy munosabatlar ahamiyati kundan kunga oshib bormoqda?
Ijtimoiy tashkilotlarni loyihalashtirish printsiplari nimalardan iborat?
Zamonaviy tashkiliy munosabatlarda qaysi omillar ko’proq ahamiyat kasb etmoqda?


Tayanch so’z va iboralar: Unumdorlik. Kommunikatsiya. Aloqa texnikasi. Mehnat motivi omillari. Inson omili
Download 32.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling