Mavzu. Ijtimoiy menejment strategiyasida tashkiliy munosabatlar


Download 32.89 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2023
Hajmi32.89 Kb.
#1094139
  1   2
Bog'liq
2- m IJT MENEJMENTDA TASHKILIY MUNOSABATLAR

-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT STRATEGIYASIDA TASHKILIY MUNOSABATLAR




REJA:



    1. Tashviliy munosabatlarning asosi

    2. Tashkiliy munosabatlarga ta’sir etuvchi omil Tashviliy munosabatlarning asosi

Jamiyatda mavjud barcha tashkiliy munosabatlar ikki xil ma’no kasb ettishi mumkin. Birinchisi - bu boshqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar. Bular aniq maqsad qo’yilgach, unga erishish usullari belgilangandan keyin, ishchilarni o’z joyiga qo’yish vazifalarni belgilash huquq va majburiyatlarini aniqlab berish kabi munosabatlardir. Boshqaruv munosabatlarining bu qismi, tashkiliy munosabatlarning asosi bo’lib, boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Tashkiliy munosabatlarning ikkinchi ma’nosi - jamiyat ijtimoiy tizimchalarga birligi sifatida namoyon bo’lib, har biri o’z ichki tuzilmasiga ega.
Ma’lumki har bir jamiyat tizimchalari, ijtimoiy institut tashkiliy munosabatlar bilan bog’liq bo’lib, boshqaruv faktor-lari bilan ya’ni, faollik, kuchli faoliyatdagi rejalashtirish, koordinatsiya, korrektsiya va nazorat qilish bilan ishtirok etadi. Boshqaruv sub’ektini tashkillashtirish tashqi ta’sir va o’zini - o’zi tashkillashtirish jarayoniga bog’liq.
Tashkilotning ikki formasi mavjud: rasmiy va norasmiy; o’z navbatida tashkilotning 2 turi ham farqlanadi.
Birinchi turi ma’muriy tamoyillarga, mavjud ish joy-lariga, funktsional majburiyatlarga, huquq va vakolatlarga asoslangan bo’ladi. Bunday tashkilot odatda skalyar tashkilotlar deb atalib, me’yorlashtirish va tashqi nazorat, institutsional maqsadlarga erishish uchun ishchilar va ish joylari integratsiyasi vazifalarini bajaradi.
Bunday tashkilotning umumiy printsiplari quyidagilar: 1-faoliyatning umumiy institutsional maqsadi;
2-tashkilot a’zolarini me’yorlashtirilgan aloqalari; 3-tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari;
4-maqsadga erishish uchun barcha resurslardan foydalanish.
Tashkiliy struktura mehnat bo’limlari, majburiyatlar ierarxiyasi va resurslardan foydalanish tartibligi bilan xarakterlanadi.
Mehnat, uskunalar, pul vositalari, er, kapital va inson resurslari rasmiy tashkilot resuslari bo’lib hisoblanadi.

Download 32.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling