Kamola Dehqonovaning "Ijtimoiy soha menejmenti"


Download 22.53 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi22.53 Kb.
#114607
Bog'liq
M.I Dehqonova Kamola


FarPI ICHB fakulteti

64-17M guruh talabasi

Kamola Dehqonovaning

“Ijtimoiy soha menejmenti”fanidan

Tayyorlagan mustaqil ishi

Topshirdi: K.Dehqonova

Qabul qildi: N.Yuldasheva

Mavzu:”Tashkiliy munosabatlarning asosi.Jamiyatdagi barcha mavjud tashkiliy munosabatlar”

Kirish.

Reja:


1.Tashkiliy munosabatlarning mohiyati

3.Tashkiliy munosabatlarga ta`sir etuvchi omillar

Xulosa.

Foydalanilgan adabiyotlar.



Kirish.

Axborot inqilobi sharoitlarida boshqaruv madaniyati, boshqaruv bilimlarining shakllanish jarayoni tub sifat o’zgarishlari negizini tashkil qiladi. Ularning mohiyati shundan iboratki, zamonaviy menejmentning diqqat markazida «inson resursi» turadi.

Fuqarolarning ijtimoiy mavqei, ularning ijtimoiy ehtiyojlari qondirilishi va aholi turmush darajasining uzluksiz oshirib borilishi (davlat), bozor munosabatlari (ijtimoiy chegaralangan bozor), sinflar va ijtimoiy guruhlarning o’zaro munosabatlari (ijtimoiy kenglik) davlatning xulq-atvor me’yori bo’lib qoldi. Shu narsa oydinlashdiki: aholining yuqori turmush darajasi - nafaqat jamiyat rivojlanishining asosiy maqsadi, balki yuqori sifatli va ishonchli mahsulot olish, iqtisodiy muammolarni samarali yechish mexanizmi hamdir.

Boshqaruvning ijtimoiy sohasi ham ta’sir ob’ekti, ham sub’ekti nuqtai nazaridan mustaqil, ko’p tuzilmaviy va ommaviy bo’lib bormoqda. Bu sohada alohida boshqaruvchi - menejer mutaxassisligi paydo bo’ldi. Shuning uchun bunday sharoitlarda ilmiy bilim sohalari ichida ijtimoiy menejment tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. U ijtimoiy jarayonlarga samarali ta’sir etishga, boshqarishning o’sishi, kelajakda mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini kafolatlashga inson uchun qulay ijtimoiy sohaning shakllanishiga ta’sir etishga, ijtimoiy tashkilotlarni loyihalashtirishga imkon beruvchi nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish sohasidir.

Shartnoma bo’yicha yollangan, natijalar bo’yicha boshqaruv faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir menejer boshqaruv sohasida tadbirkorga aylanmoqda. Boshqaruv va boshqaruvchilarning alohida instituti-bozor shakllanmoqda. U davlat boshqaruvi bilan munosib raqobatlashmoqda. Jahon tajribasi shuni ko’rsatdiki, bu nafaqat menejerlar, balki davlat boshqaruv organlarining ham mas’uliyatli va professional jamoasini shakillantirishda asosiy mexanizm xisoblanadi.

Yangi bozor tadbirkordan yanada ko’proq ijodiy va innovatsiya xulqini talab qildi. Bunga axborot va texnologiya inqilobi misol. U kichik tadbirkorlikka nafaqat omon qolish, balki boshni ko’tarib, yirik va o’rta korxonalar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishga imkon beradi. Shu yillarda tadbirkorlik xulqining butun ish strategiyasi negizidan o’zgarmoqda: iste’molchilarga mavhum yondashuvdan - ularning ehtiyojlarini, individual didlarini o’rganishga o’tilmoqda. Egiluvchan va dinamik ishlab chiqarishda yangi texnologiyalar va marketingga ehtiyoj sezilmoqda. Bir so’z bilan aytganda, XX asr oxiri tadbirkorligi, avvalambor boshqaruv sohasida innovatsiyaga aylanmoqda. hakllantirishda asosiy mexanizmdir.



1.Tashkiliy munosabatlarning mohiyati

Tashkilot maqsadga erishish uchun tizimli ravishda birgalikda ishlaydigan odamlar guruhi sifatida belgilanishi mumkin.

Barcha turdagi tashkilotlar uchun umumiy bo`lgan narsa shundaki,ular ham biron bir tarzda jamiyat bilan aloqada bo`lishlari kerak.Ikkinchisi bir biri bilan nisbatan barqaror munosabatlarga ega bo`lgan odamlar guruhi sifatida tushunish mumkin.Tashkilotning individual a`zolari va tashkilotda ko`pincha jamiyat bilan aloqada bo`lgan tomonlarning tushunchasi qo`llaniladi.

Manfaatdor tomonlar teskari munosabatlarni o`z ichiga oladigan shaxslar va guruhlar sifatida belgilanadi,ya`ni manfaatdor tomonlar,shuningdek,tashkilotga bog`liq bo`lgan shaxslar va guruhlar ,manfaatdor tomonlar mijozlar,ishchilar,yetkazib beruvchilar,mahalliy hamjamiyatlar,siyosatchilar,mulkdorlar,ommaviy axborot vositalari bo`lishi mumkin va h.k.

An`anaga ko`ra,manfaatdor tomonlat tashkilot bilan bo`lgan munosabatlar orqali aniqlanadi.

Gruing va Xunt(1984) tashkilotlar to`rtta asosiy sheriklar bilan aloqalarini aniqladilar:

-faol(masalan,aktsionerlar,moliyachilar va siyosatchilar bilan);

-funktsional(ishchilar va mijozlar bilan);

-tarqoq(masalan,ommaviy axborot vositalari va qiziqish guruhlari bilan);

-me`yoriy(filial tashkilotlar kabi umumiy manfaatlarga ega guruhlar bilan).

Ushbu aloqalar tobora ko`proq o`zaro bog`liq deb belgilanadi,chunki tashkilot manfaatdor tomonlarga va manfaatdor tomonlar tashkilotlarga bog`liqdir.Ayrim adabiyotlarda bazi yondashuvlar hatto manfaatdor tomonlarni tashkilotning ajralmas qismi sifatida ko`radi.

Manfaatdor tomonlar-bu tashkilotning o`ziga xosligini, madaniyatini va imidjini yaratadigan dinamik jarayonlarning ajralmas qismi.Boshqalarning ta`kidlashicha,ushbu o`zaro yaxshilanish tashkilotning manfaatdor tomonlar uchun asosiy javobgarligini keltirib chiqaradi.

Jamiyatda mavjud barcha tashkiliy munosabatlar ikki xil ma’no kasb ettishi mumkin:

1. Boshqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar. Bular aniq maqsad qo’yilgach, unga erishish usullari belgilangandan keyin, ishchilarni o’z joyiga qo’yish vazifalarini belgilash huquq va majburiyatlarini aniqlash kabi munosabatlardir.

Boshqaruv munosabatlarining bu qismi, tashkiliy munosabatlarning asosi bo’lib, boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

2. Jamiyat ijtimoiy tizimchalar birligi sifatida namoyon bo’lib, har biri o’z ichki tuzilmasiga ega.

Ma’lumki har bir jamiyat tizimchalari, ijtimoiy institut tashkiliy munosabatlar bilan bog’liq bo’lib, boshqaruv omillari, ya’ni faollik, kuchli faoliyatdagi rejalashtirish, koordinasiya, korreksiya va nazorat qilish bilan ishtirok etadi. Boshqaruv sub’ektini tashkillashtirish tashqi ta’sir va o’zini o’zi tashkil etish jarayoniga bog’liq.

Tashkilotning ikki shakli mavjud: rasmiy va norasmiy; o’z navbatida tashkilotning 2 turi ham farqlanadi.

Birinchi turi ma’muriy tamoyillarga, mavjud ish joylariga, funksional majburiyatlarga, huquq va vakolatlarga asoslangan bo’ladi. Bunday tashkilot odatda skalyar tashkilotlar deb atalib, me’yorlashtirish va tashqi nazorat, institusional maqsadlarga erishish uchun ishchilar va ish joylari integrasiyasi vazifalarini bajaradi.

Bunday tashkilotning umumiy tamoyillari quyidagilar:

-faoliyatning umumiy institusional maqsadi;

-tashkilot a’zolarini me’yorlashtirilgan aloqalari;

-tashqi muhit bilan o’zaro aloqalari;

-maqsadga erishish uchun barcha resurslardan foydalanish.

Tashkiliy tuzilma mehnat bo’limlari, majburiyatlar ierarxiyasi va resurslardan foydalanish tartibi bilan xarakterlanadi. Mehnat, uskunalar, pul vositalari, yer, kapital va inson resurslari rasmiy tashkilot resurslari hisoblanadi.

2.Tashkiliy munosabatlarga ta`sir etuvchi omillar

Zamonaviy menejmentda tashkilotlar va tashkiliy munosabatlarning ahamiyati ortib borishiga ikki omil ta’sir ko’rsatmoqda:

1. XX asr oxirida vujudga kelgan fan va texnika taraqqiyoti ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan «EVM», «Glavkosmos», «Djeneral motors» kabi gigant korxonalarning tashkil etilishiga sabab bo’ldi. Inson tashkilotlar bilan butun umri davomida bog’liq bo’lganligi sababli, ular kishilarning turmush darajasini belgilaydi.

2. Tashkiliy munosabatlar tizimida ijtimoiy resurs ahamiyatining oshishi. XIX asr oxiri XX asr boshlaridan boshlab ijtimoiy resurs tashkiliy munosabatlarni boshqarishning asosi sifatida yuzaga chiqdi.

Hozirgi zamonda tashkilot nafaqat ma’lum bir vazifani bajaruvchi xo’jalik sub’ekti, balki kishilar va guruhlarning o’zaro ta’sir etish muhitiga aylandi. Turli ijtimoiy guruhlarning to’liq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash XX asrning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishning rasmiy va norasmiy usullari mavjud.

Norasmiy usul ko’p hollarda rasmiy usuldan ustunligini namoyon qilmoqda. Norasmiy usul birinchi bo’lib A+Sh korxonalaridan birida Meyo boshchiligida o’tkazilgan tajribadan boshlangan. Bu tadqiqot natijasida Teylorning klassik nazariyasiga zid bo’lgan ko’pgina omillar muvaffaqiyatga erishishning asosi qilib belgilandi.

Insonni tushunish, uning imkoniyatlariga to’g’ri baho berish umuman inson omiliga katta e’tibor berish menejment inqilobining asosi hisoblanadi. Shuning uchun fanda kuchli ijtimoiy tashkilot (rasmiy va norasmiy tuzilma bilan) qurish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda.

Olimlarning fikricha, eng maqbul tashkiliy tuzulma tarkibiga quyidagi omillar kiritilishi kerak:

-tashkilot ijtimoiy maqsadlarini tatbiq qilish texnologiyasi doimiy ravishda yangilanib turishi;

-menejerlarni tashkilotdagi inson xulqi nazariyasi va amaliyoti, kishilarning ijod salohiyatini yuzaga chiqarish yo’llari, o’z-o’zini boshqarish va muomala madaniyatiga o’rgatish.

Nafaqat menejerlarni o’qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, balki iqtidorli kishilarni yoshligidan menejerlikka tayyorlash uchun bilimlarning maxsus ijtimoiy sohasi vujudga keladi. Menejerlarni tayyorlash turli davlatlarda turlicha amalga oshiriladi. Hozirgi paytda boshqaruv mustaqil va eng og’ir soha hisoblanadi. Zamonaviy menejerda ijodkorlik, strategik fikr yuritish, ko’pchilikni birlashtirish va yangiliklarga intilish kabi xususiyatlar qadrlanadi.

Rivojlanayotgan kuchli raqobat muhitida samarali faoliyat olib boruvchi korxonalarni loyihalashtirish texnologiyalari va tamoyillari menejerlar tomonidan ishlab chiqiladi.

Bu quyidagilarni o’z ichiga oladi:

a) korxona strategiyasini ishlab chiqish texnologiyasi;

b) ijtimoiy maqsadlarni yuzaga chiqarish va amalga oshirish.

Tashkiliy strategiya muammolarni ma’muriy usul bilan emas, balki o’z ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak.

Har bir yirik tashkilotda ijtimoiy muammolarni hal qilish, ichki nizolarni bartaraf qilish va personalni samarali boshqarishning maxsus bo’limlari tashkil etilgan. Bundan tashqari, bu muammolarni hal etishda maxsus ilmiy-tadqiqot institutlari maslahatlaridan ham foydalaniladi.

Xulosa

Tashkiliy tuzilma mehnat bo’limlari, majburiyatlar ierarxiyasi va resurslardan foydalanish tartibi bilan xarakterlanadi. Mehnat, uskunalar, pul vositalari, yer, kapital va inson resurslari rasmiy tashkilot resurslari hisoblanadi.

Hozirgi zamonda tashkilot nafaqat ma’lum bir vazifani bajaruvchi xo’jalik sub’ekti, balki kishilar va guruhlarning o’zaro ta’sir etish muhitiga aylandi. Turli ijtimoiy guruhlarning to’liq faoliyat ko’rsatishini ta’minlash XX asrning eng katta muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammoni hal etishning rasmiy va norasmiy usullari mavjud.

Hozirgi paytda boshqaruv mustaqil va eng og’ir soha hisoblanadi. Zamonaviy menejerda ijodkorlik, strategik fikr yuritish, ko’pchilikni birlashtirish va yangiliklarga intilish kabi xususiyatlar qadrlanadi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

1. M. Umarxodjaeva, I.Yax’yaeva “Ijtimoiy menejment”.:Toshkent.2012

2. Иванова В.Н. Социальный менеджмент. -М.: Высшая школа, 2002.

3. http: // www.cfin.ru - Корпоративный менеджмент.



4. http: // www.salesmanagment.ru – Управление продажами.
Download 22.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling