Mavzu: Ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) o’sishi. Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari Reja


Download 162 Kb.
bet10/10
Sana17.06.2023
Hajmi162 Kb.
#1521604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika fan sifatida. Bolaning sotsiumda (yaqin muhitda) o’sishi. Ijtimoiy pedagogika mezonlari va tamoyillari

Gumanizm printsipi

“Gumanizm” va “insoniylik” so’zlari lotincha “humanus” so’zidan kelib chiqib, “insoniy” degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo’lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo’lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.


Gumanistik tarbiya g’oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotelь va b) fikrlarida ham kuzatiladi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g’oyalari rivojlanishi SHarq Uyg’onish davri va o’arb Uyg’onish davrida o’z cho’qqisiga yetdi. Gumanistik tarbiya ideali bo’lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishelь Monten (1533-1592), Jaloliddin Devoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo’lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko’zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo’lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo’ladi.
Buyuk SHarq allomalari va pedagogika va ijtimoiy pedagogika namoyondalarining barcha asarlari bolalarga bo’lgan muhabbat bilan singdirilgan.
Ijtimoiy pedagogikadagi gumanistik g’oyalar rivojlanishda nuqsonlarga ega bo’lgan bolalarga alohida e’tiborni talab qiladi. Gumanizm tushunchalari bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogikada rahmdillik va xayr-sahovat tushunchalari mavjud. Rahmdillik – achinish, insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko’rsatish yoki kimnidir kechirishga tayyorlikdir.
Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg’araz yordam ko’rsatishga qaratilgan faoliyat.
Respublikamizda an’ana borki, har bir yil qandaydir muammoga bag’ishlanadi. 2004 yil O’zbekistonda mehr va muruvvat yili deb e’lon qilingan.
Gumanizm printsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning erkinlikka, baxtga, hayoti, sog’lig’ini himoya qilishga va qo’riqlashga bo’lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni, hayotda o’z o’rnini topishda, jamiyatga “kirishi”da , shu jamiyatda o’zini to’la ko’rsata olishida yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi.
Gumanizm printsipi quyidagi qoidalarga rioya qilishni talab qiladi:

  • bolalarning jamiyatda qanday jismoniy, moddiy, ijtimoiy holda bo’lishiga qaramay ularga hurmatli munosabatda bo’lish;

  • har bir bolaning o’zicha bo’lishi, ularga hurmatli munosabatda bo’lish huquqini tan olish; hurmat qilish demak boshqaning men istagandek bo’lish emas, balki o’zicha bo’lish huquqini tan olish;

  • bolaga o’ziga va atrofdagilarga hurmatni shakllantirishda, “Men o’zim” tutgan o’rnini, o’z muammolarini o’zi hal etish istagini shakllantirishda vujudga keladigan muammolarda yordam ko’rsatish;

  • shavqat qilish va achinishga emas, balki bolalarga jamiyatda rivojlanishiga yordam berish istagiga tayangan gumanizmning birinchi pogonasi bo’lgan rahmdillikni tushunish;

  • muammoli bolalarni ayrim guruhlarga ajratishga va ularni normal bolalardan chetga olishga intilmaslik, agar biz nogiron bolalarni sog’lom kishilar orasida yashashga tayyorlashni istasak, shunday bolalarni kattalar va bolalar bilan muloqotda bo’lishi tizimi o’ylab chiqilishi lozim.


Адабиётлар

1.Азизхаджаева Н.Н. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат-Т., 2003-2006


2.Кудрявтсев П.О. Проблемное обучение: истоки и сущность-Знание: 1991.
3.Селевко Г.К. Опыт разработки теории педагогики сотрудничество-Метод. реком-ч. 1,2-Ярославль, 1988-1989
4. Ишмухаммедов Р.Ж. «Инновацион технологиялар ёрдамида ўқитиш самарадорлигини ошириш йўллари - Т 2000



1 А.Авлоний. Туркий гулистон ёҳуд аҳлоқ. ВКН. “Анатомия педагогической мысли Узбекистана”, М.1986. с. 187.

Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling