Vasiylik va homiylik bo‘yicha faoliyat:
tuman, shahar xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limlari tomonidan — voyaga etmaganlarga nisbatan
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan — sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiylikka muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: -vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning o‘z vaqtida aniqlanishi, hisobga olinishi va joylashtirilishini ta’minlash; -vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlash; -bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini ta’minlash; -vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash; -vasiylik va homiylik sohasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash; -vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Vasiylik va homiylikning asosiy prinsiplari
qonuniylik;
vasiylik va homiylik masalalarida individual yondashuv;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligi;
insonparvarlik va mehr-shafqat;
vasiylik va homiylikka doir majburiyatlarni qabul qilishning va rad qilishning ixtiyoriylig
Vasiylik va homiylik organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va hisobga olish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning zarur hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning ta’minoti, ularga tarbiya va ta’lim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki but saqlanishini ta’minlash ustidan nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |