Mavzu: Ijtimoiy psixologiyada ledirlik muammosi


Download 0.66 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1569249
Bog'liq
ijtimoiy psix ledir


Mavzu: Ijtimoiy psixologiyada ledirlik muammosi
Reja :
1. Shaxsni o`rganishning Ijtimoiy psixologiya uchun o`ziga xosligi
2. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari
3. Shaxs tiplari va ularning ijtimoiy psixologik harakteristikasi
4. Shaxs va guruh muammosi
Shaxsni o`rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o`ziga xosligi
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yendoshishning o`ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo`ladigan turli shakldagi o`zaro munosabatlarning okibati sifatida qaraladi. Ya`ni Ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a`zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga buysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta`sirlari uning ongida qanday aks topishini o`rganadi.
Ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya muammosi bilan uzviy bog`liq bo`lsa, bu ta`sirlarning shaxs xatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo`lishi ijtimoiy Yo`l-yuriklar muammosi bilan bog`liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo`lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarni ishlab chiqish Ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Jamiyatimizda "rahbar", "lider", "yetakchi", "sardor" kabi tushunchalar mavjud. Aslida ularning barchasi bir ma'noni anglatadi hamda bir maqsad yo'lida xizmat qiladi. Shuning uchun rahbar va lider tushunchalari o'rtasida katta tafovutni aniqlash mushkul. Ularning vazifasi ham, mas'uliyati ham, xususiyatlari ham teng. Shunday bo'lishiga qaramasdan ulardan biri rasmiy boshqasi esa norasmiy hisoblanadi.
Rahbar rasmiy, ya'ni qonunga muvofiq shu lavozimga tayinlangan. Lider bo'lsa norasmiy, ya'ni biror bir guruh tomonidan ularning xohishiga binoan saylangan shaxsdir. Bular liderlikning ikki xil ko'rinishlari. Ko'p hollarda, rahbar dastavval lavozimga, so'ngra shu lavozimi ortidan hurmatga erishsa, lider aksincha hurmat ortidan lavozimga erishadi. Lavozimi yuqori shaxs, ya'ni rahbar o'z-o'zidan liderlikka erishadi va qo'l ostidagilariga nima qilish kerakligini ta'kidlab turadi
Shaxs sotsializatsiyasi yoki shakllanishining o`z sohasi, bosqichlari va muassasalari mavjud.
Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshirila
1) faoliyat sohasi
2) muloqot sohasi
3) o`z-o`zini anglash sohasi
1) faoliyat sohasi, ya`ni umr mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo`lib bu jarayonda fan katalogi kengayib, boyib boraveradi
2) muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yesh davrdagi va usmirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy hislatlarni paydo qiladiki, uning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo`ladi, jamiyatda o`z o`rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o`z-o`zini anglash sohasi, ya`ni "MEN" obrazining yil sayin o`zgarib borishi jarayoni bo`lib, avval o`zini boshqalardan farkliligini, o`zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, sungra o`z-o`zini baholash, anglash, na`zorat qilish xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir
Ijtimoiy muxitning ta`siri xulq-atvorida bevosita ngamoen bo`ladi. U yoki bu xulq-atvorining sababi uning motividir. Lekin bu motivlar anglanishi yoki shaxs tomonidan angl anmasligi mumkin. Shuning uchun ham motivlar anglangan yoki onglanmagan bo`lishi mumkin. Ular haqida "Umumiy psixologiya" kursida ham har taraflama keng so`z yuritilgan. Ijtimoiy psixologiya esa shaxs xulq-atvorinig motivlari sifatida i j t i m o i y u s t a n o v k a l a r n i o`rganadi.
Xulosa:
Demak shaxsning o'z haqidagi bahosi guruhning u haqidagi baholarga bevosita bog'liq bo'lib u guruh bilan janjallashib qolmaslik ziddiyatli vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun jamoatchilik bahosini qadrlaydi.Bundan chiqadigan xulosa shuki, har bir guruhda o'sha a'zolarni birlashtirib turgan umumiy faoliyat maqsadlarini har bir shaxs ongiga to'g'ri yetkazish va o'zaro munosabatlar tizimini yaxshilab,har shaxsning bir-birlarini yaxshi bilishlari va bir-birlarini to'g'ri baholashlariga alohida e'tiborni qaratish lozim.Bu narsa shaxsda shakllanajak ijobiy sifatlarining asosidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1 Ismoilova Nurjahon va Dilbar Abdullayeva ijtimoiy psixologiya
2 Nargiza Xalilova Umumiy psixologiya
3 Ergash G'oziyev Umumiy psixologiya
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling