Mavzu: Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi. Reja


Download 75.21 Kb.
bet1/5
Sana31.01.2024
Hajmi75.21 Kb.
#1820148
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9-SEMINAR VA 7-MARUZA


Mavzu: Ijtimoiy sohada davlat siyosatining takomillashib borishi.
Reja:
1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish.
3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

Ijtimoiy himoya deganda - keng ma’noda - mamlakat aholisini ijtimoiy va moddiy muhofaza qilinishini ta’minlaydigan va jamiyatda qaror topgan huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy choratadbirlar majmui; tor ma’noda - davlat va jamiyatning yoshi, salomatligi holati, ijtimoiy ahvoli, tirikchilik vositalari bilan еtarli ta’minlanmagani tufayli yordamga, ko’makka muhtoj fuqarolar to’g’risidagi g’amxo’rligi tushuniladi. Uning asosiy maqsadi aholi farovonligining to’xtovsiz yaxshilanishini ta’minlash, aholi qat-lamlarining ta’lim, madaniyat, kasb malakasi, daromadlari jihatidan keskin tafovutlariga barham berish, jamiyat tomonidan insonga munosib hayot darajasini va inson taraqqiyotini ta’minlashga yordam berishdan iborat.


Ijtimoiy himoyaning asosiy yo’nalishlari: erkin ijtimoiy iqtisodiy faoliyat ko’rsatishni ta’minlash; ish bilan bandlik, kasb tanlash, o’qish va bilim olish; daromadlarning kafolatlani-shi; har bir fuqaroning o’z iqtisodiy faoliyatida daromadga ega bo’lishi; is-te’molchilar himoyasi, iste’molchilar jamiyatlari; tovarlar va xizmatlar sifati, iste’mol kafolatini ta’minlash; aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish; ijtimoiy ta’minot tizimi va aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga pensiyalar, nafaqalar, turli xil imtiyozlar berish.
XXasrda 70 yildan ko‘proq vaqt hukmron bo‘lgan, dunyo xaritasida “Sovet Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi” degan nom bilan katta hududni egallagan, ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan yirik mamlakatdagi to‘g‘ri bo‘lmagan, samarasiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosat 1980-yillarning oxiriga kelib barcha ittifoqdosh respublikalar qatorida O‘zbekiston aholisining ham yashash sharoitlarini og‘irlashtirib, uni ko‘plab muammolar iskanjasiga solib qo‘ydi. Bu muammolarning barchasi 1980-yillarning oxiri, 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda ijtimoiy keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Xususan, respublikada demografik vaziyat murakkablashdi. Biroq, aholining bunday o‘sishi uzoq yillar davomida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ish joylarini ko‘paytirish hamda aholining hayot ta’minoti uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan mustahkamlab borilmadi. Bu esa odamlar turmush sharoitining og‘irlashuvi, ishsizlar sonining ko‘payishi, ijtimoiy mehnat unumdorligi va aholi daromadlarining kamayishi, pirovard natijada xalq farovonligining pasayishiga olib keldi.
Respublikadagi ijtimoiy ahvol, odamlarning ijtimoiy ta’minoti va ularni ijtimoiy himoya qilish qoniqarsiz darajada edi. Ayniqsa, qishloq aholisining toza ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanishi atigi 5 foizni, ichimlik suvi bilan ta’minlanishi salkam 50 foizni, tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 17 foizni tashkil etar edi. Aholini uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maishiy xizmat obyektlari, maktablar, bolalar bog‘chalari va hokazolar bilan ta’minlash ishlarida siljishlar sezilmadi. Vaholanki, aholining ko‘pchilik qismi qishloq joylarida istiqomat qilar edi. Yuqorida qayd etilgan holatlar O‘zbekiston aholisi daromadlari va turmush darajasining keskin pasayishiga olib keldi.

Download 75.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling