Mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish
Download 145.92 Kb.
|
Jololov Shoniyoz
toʻrtinchi, “xalq bilan muloqot” amaliyotini takomillashtirish va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati hamda Hukumat aʼzolarining joylardagi shaxsiy uchrashuvlari asosida quyidagilarni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:
ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, shu jumladan, bandlikni taʼminlash va aholining real daromadlarini oshirish, sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ilgʻor innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar asosida taʼlim va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish; madaniyat, sport va turizm sohalarida aniq chora-tadbirlarni faollashtirish, yoshlar bilan ishlash boʻyicha davlat dasturining amalga oshirilishiga tuzatishlar kiritish; aholini, shu jumladan, renovatsiya asosida zamonaviy va arzon uy-joy, shuningdek, ishonchli transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma bilan taʼminlash, Atrof-muhitni muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish; beshinchi, xorijiy mamlakatlarga yuqori va oliy darajalardagi tashriflar yakunlari hamda xalqaro iqtisodiy va moliyaviy institutlarda erishilgan ahdlashuvlar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”ning amalga oshirilishini nazorat qilish tizimini takomillashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlarining eʼtibori tegishli vazirliklar, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining birinchi rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga munosib, oʻz ishini puxta biladigan va zamonaviy fikrlaydigan nomzodlarni tanlashga doir kadrlar bilan ishlashning susaytirilishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligiga qaratilsin. Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar: tegishli davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining boʻsh lavozimlariga, ushbu lavozimlarga xotin-qizlarni tavsiya etishga alohida eʼtibor bergan holda, tayinlash uchun nomzodlar zaxirasini puxta ishlab chiqsin, asoslasin va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdim etsin; masʼul lavozimlarga xorijda yashayotgan vatandoshlar va xorijiy mutaxassislar orasidan tajribali menejerlarni tayinlash amaliyotini keng joriy etsin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishiga doir ishlarni samarali muvofiqlashtirsin, shuningdek, ular amalga oshirilishi toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot kiritsin. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, shu jumladan, Hukumat faoliyatini tashkil etishni, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlashni, Vazirlar Mahkamasi apparati ishi samaradorligi va natijadorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin. Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov |
ma'muriyatiga murojaat qiling