Mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish


Download 145.92 Kb.
bet1/5
Sana02.01.2022
Hajmi145.92 Kb.
#194508
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Jololov Shoniyoz


Mavzu: Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chuqurlashtirish

7-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.

Parlament quyi palatasining majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar dastlab siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatining deputatlar guruhi yig‘ilishlarida atroflicha muhokama qilinib, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan edi.

Deputatlar “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildilar. Mazkur qonun loyihasi donorlarning bir marta olinadigan donorlik qoni hajmi me’yorini va qon topshirish davriyligini tartibga solish, shuningdek, tekinga qon topshirayotgan shaxslarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish yo‘li bilan mamlakatda donorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan normalarni ko‘zda tutadi.

Shundan so‘ng deputatlar muhokamasiga “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda taqdim etildi.Majlisda qayd etilganidek, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aynan inson omilini kuchaytirishga, uning manfaatlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Munosib mehnat sharoitlari yaratish, mehnatning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarining ajralmas qismidir.Amaldagi qonun qabul qilinganidan buyon 22-yildan ziyod vaqt o‘tdi. O‘tgan davr mobaynida mehnatni muhofaza qilish masalalarini tartibga soluvchi, ushbu sohada zamonaviy talablarni belgilovchi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Hujjatning maqsadi qonun normalarini yangi qabul qilingan qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlashtirishdan, tashkilotlarda ish beruvchining va xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha mas’uliyatini oshirishdan, maxsus vakolatli va boshqa davlat boshqaruvi organlarining mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish yuzasidan tegishli nazoratni ta’minlash borasidagi vazifalarini belgilashdan iboratdir.

Qonun loyihasi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalarini, mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi sohasidagi Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalarini, 20 dan ziyod chet el, jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi normativ bazani takomillashtirishga qaratilgan.

Deputatlar mazkur qonun loyihasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, boshqaruvning bozor mexanizmlarini joriy etish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Natijada ayniqsa, xususiy sektorda ish beruvchilarning soni sezilarli darajada ko‘paydi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56 foizdan ziyodni tashkil etdi va hozirgi vaqtda bu sohada aholining 77 foizdan ziyodi mehnat qilmoqda, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi T.Karimov. –Liberal-demokratik partiyaning elektoratini asosan ish beruvchi bo‘lgan tadbirkorlar va fermerlar tashkil etishi hisobga olinsa, “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi amaldagi qonunni qayta ko‘rib chiqish katta ahamiyatga ega bo‘lib, yangi tahrirdagi qonun ish beruvchining ham, tashkilotlar xodimlarining ham mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish borasidagi mas’uliyatini kuchaytiradi, davlat boshqaruvi organlari va idoralarning mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan lozim darajadagi nazoratni ta’minlashga doir funksiyalari va vazifalarini aniqlashtiradi.



Qonun loyihasi fraksiyamiz yig‘ilishida batafsil ko‘rib chiqildi, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi K.Tojiyev. – Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnat muhofazasi jamiyat rivojini ta’minlaydigan eng muhim sohalardan biridir. Ishlab chiqarish, hunarmandchilik sohalarida amalga oshirilayotgan hozirgi islohotlarni, mehnat bozoridagi bugungi kundagi tendensiyalarni inobatga olgan holda, ushbu sohadagi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish talab etiladi.

Mazkur qonun loyihasi mehnatkashlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash va mehnat uchun me’yoriy sharoitlar yaratishda, mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Fraksiya a’zolari tomonidan o‘tkazilgan muhokama chog‘ida qonun loyihasida maxsus vakolatli davlat organi hamda boshqa organlarning mehnat sharoitlariga rioya etish ustidan nazorat qilinishini ta’minlash borasidagi funksiyalari va vazifalari qonun loyihasida aniq belgilab qo‘yilgani ta’kidlab o‘tildi, shuningdek, ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida fraksiya a’zolarining qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh faoliyatida faol ishtirok etishiga doir qaror qabul qilindi.

Qonun loyihasida ish beruvchining hamda xodimlarning mehnatni muhofaza qilish talablarini bajarish bo‘yicha huquq va majburiyatlari belgilangan, xotin-qizlar, voyaga yetmagan shaxslar, pensiya yoshidagi shaxslar, shuningdek, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslarning mehnatini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlashtirilgan, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi A.Ahmedov. – Bundan tashqari, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi jamoatchilik nazoratining mexanizmi qayta ko‘rib chiqilgan, xodimlarning mehnatni muhofaza qilishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish borasida kasaba uyushmalarining huquqlari kengaytirilgan, bu esa partiyamizning saylovoldi dasturi qoidalariga muvofiqdir. Biz ushbu qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida xodimlar, xususan, ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan xodimlarning huquqlari yanada kengaytirilishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ushbu qonun loyihasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklarining oldini olishga va ularning sonini kamaytirishga xizmat qiladi, bu esa xodimlarning, jumladan, voyaga yetmagan shaxslarning ijtimoiy jihatdan himoyalanganligini kuchaytirishga olib keladi, bu O‘zXDP elektorati manfaatlariga mos keladi.

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro talablarni hisobga olgan va xorij tajribasini o‘rgangan holda ishlab chiqilgan, –deydi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi O‘.Xolov. – Qonun loyihasida mehnat muhofazasini ta’minlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish, mehnat muhofazasi holatini ekspertizadan o‘tkazish tartiblarini, ish beruvchining hamda xodimlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi normalar nazarda tutilgan. Mazkur qonunning qabul qilinishi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi, ish beruvchi hamda xodim uchun mehnat muhofazasi bo‘yicha talablarni davlat nazorati organlarining qo‘shimcha aralashuvisiz bajarishga sharoit yaratadi.

Fraksiyamiz a’zolari mazkur qonun loyihasining birinchi o‘qishda qabul qilinishini konseptual jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi va joylarda uning keng muhokama qilinishini tashkil etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

Parlamentning quyi palatasi a’zolari “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini muhokama qilish bilan o‘z ishlarini davom ettirdilar.

Qonun loyihasida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, tadbirkorlik subektlari hamda xususiy mulk egalari, iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish jamoat birlashmalari tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organi va boshqa nazorat organlarining qarorini (ko‘rsatmasini) ijro etishni to‘xtatib turishni so‘rab nafaqat sud organlariga, balki bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga ham shikoyat qilish huquqi ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi. Ushbu qonun loyihasi tadbirkorlik subektlari hamda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish orqali mamlakatimizda biznes muhitini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash imkonini beradi.

Shuningdek, deputatlar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.

Muhokamalardan so‘ng deputatlar qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma’qullab, birinchi o‘qishda qabul qildilar. Mas’ul qo‘mitalarga qonun loyihalarining deputatlar, mutaxassislar va ekspertlardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash vazifasi topshirildi

Shakl boshi

Shakl oxiri

Oʻtgan ikki yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 — 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor vazifalarini bajarish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini tubdan isloh qilish, islohotlarni chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolish, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy parametrlar va Davlat byudjetining ijrosi uchun ularning masʼuliyatini oshirish taʼminlanmoqda.

Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini qisqartirishga, davlat-xususiy sheriklik prinsiplarini rivojlantirishga, investitsiya siyosatini faollashtirishga, eksport salohiyatini va tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga, erkin tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi byurokratik toʻsiqlarni olib tashlashga yoʻnaltirilgan bir qator kompleks dasturlar amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy sohadagi qayta oʻzgartirishlar diqqat-eʼtibor markazida turibdi. Ayniqsa, qishloq joylarda va chekka hududlarda aholining uy-joy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, kompleks infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha qabul qilingan qarorlarning ijrosi taʼminlanmoqda. Koʻrilayotgan chora-tadbirlar respublika aholisi turli toifalarining moddiy farovonligi, hayot darajasi va sifati oshishiga muayyan darajada koʻmaklashdi.

Shu bilan birga, mamlakatni yanada jadal rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining amaldagi yondashuvlari va ish usullarini qayta koʻrib chiqish zarurligini, uning faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi va innovatsion usullarini joriy etishni, davlat siyosati amalga oshirilishi va biriktirilgan sohalarda aniq natijalarga erishish uchun idoralar rahbarlarining mustaqilligini oshirishni taqozo etadi.

Hukumatning tashkiliy-shtat tuzilmasini tubdan qayta koʻrib chiqish, hujjatlar ekspertizasi tartibotlarini jiddiy ravishda soddalashtirish, qarorlar qabul qilishning tezkorligini taʼminlash, chet elda keng qoʻllaniladigan aniq koʻrsatkichlarga erishishga va maqsadli indikatorlarga asoslangan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar rahbarlari faoliyatini baholash tizimini joriy etish talab etiladi.

Hukumat ishini tashkil etishni tubdan takomillashtirish, ijro etuvchi hokimiyat organlarining zamonaviy talablarga javob beradigan sifat jihatidan yangi tizimini shakllantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasida Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining shaxsan eʼtibori mavjud kamchiliklarning qatʼiyatlik bilan bartaraf etilishi zarurligiga, “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsip oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirilishiga qaratilsin.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi/Hukumat) faoliyatini tubdan takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali va natijali ijro etilishida Hukumat aʼzolari, ijro etuvchi hokimiyat boshqa organlari rahbarlari, barcha darajalardagi hokimlarning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish;

idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida mustaqilligini oshirish;

aniq koʻrsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini taʼminlash;

hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari va hujjatlari ijrosini tizimli va amaliy nazorat qilishni takomillashtirish;

davlatning iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki tartibi va darajasini aniq reglamentlash orqali iqtisodiyot tarmoqlariga maʼmuriy taʼsir koʻrsatishni yanada qisqartirish va boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish, “xufiyona iqtisodiyot”ning oldini olish, pasaytirish va tizimli qarshi kurashish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

komplekslar, Bosh vazir oʻrinbosarlari va Vazirlar Mahkamasining apparati, eng avvalo, uning asosiy boʻgʻini — axborot-tahlil departamentlari tuzilmasini takomillashtirish va ixchamlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizasi sifatini yaxshilash, ijro intizomi darajasini oshirish, koʻp sonli yigʻilishlar, ortiqcha yozishmalar va samarasiz xizmat safarlari amaliyotiga chek qoʻyish;

ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;

davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini ixchamlashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish.

2019 yil 1 apreldan boshlab:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan maʼqullanishi;


Download 145.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling