Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish prinsiplari nimalardan iborat
Download 21.8 Kb.
|
5-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
- 1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish prinsiplari nimalardan iborat. Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari qanday hal qilindi. Mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish nima. Siyosiy partiyalarning maqsad va vazifalari nimalardan iborat Hokimiyatlar boʼlinishi tamoyilining huquqiy asoslarini koʼrsating. Oliy Majlis tuzulishi haqida maʼlumot bering. “Fraktsiya” va “elktarat” tushunchalarini izohlang Oʼzbekistonda saylov tizimi va saylov Kodeksi haqida maʼlumot bering Ijtimoiy sheriklik uch sektor manfaatlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy hayotning barcha muammolarini hal etishdagi o’rnini ko’rsating. Javoblar 1. .Totalitar tuzumdan huquqiy davlatga o’tish. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab huquqiy davlatchilik asoslarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylandi. Milliy davlatchilik rivojlanishining minglab yillik an’analari chorizm mustamlakasi davrida batamom inkor etilgan edi. Mustaqil O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o’lkaning milliy-tarixiy rivojlanishiga hamda o’lkaning o’ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni tubdan isloh qilish yo’llarini ishlab chiqdi 2. Yangi davlatchilikning huquqiy-siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalari hal qilindi. O’zbekiston Respublikasida huquqiy davlat qurilishining kafolati O’zbekiston Konstitutsiyasidir. Davlat hokimiyati tashkil etishning muhim demokratik tamoyillari Konstitutsiyada qayd qilingan bo’lib, unda hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlaridan iborat deb ko’rsatilgan. Bu organlar faoliyati erkin, bir-biridan mustaqil bo’lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. 1994 yil 24 dekabrda ko’p partiyaviylik va muqobillik asosida saylangan Respublika Oliy Majlisi qonun chiqaruvchi hokimiyat vazifasini bajaradi. 3. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining asosini mahallalar tashkil etadi. Aholini huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy qo’llab quvvatlash, ijtimoiy jamg’armalar tashkil etish, turli xayriya tadbirlari o’tkazishda mahallaning o’rni benihoya kattadir. Undan tashqari, mahalla yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mehr-oqibatli qilib voyaga yekazishda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Fuqarolar yiQini, Oqsoqollar Kengashiga 1998 yil noyabr-dekabr oylarida o’tgan saylovlarda mahalliy organlarga ko’pchiligi oliy ma’lumotli, ko’p tajribaga ega kadrlar ishga tortildi. Bular davlat organlari vazifalarini jamoat tashkilotlariga o’tkazish jarayonining faol qatnashchiliridir. Yangi davlat apparatining shaklanishi va faoliyatini davr talabiga mos keladigan kadrlar siyosatisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan O’zbekistonda ishni Yuqori darajada olib borishga qodir bo’lgan ma’naviy yetuk kadrlarni tayyorlash va tarbiyalashga qaratilgan qator chora-tadbirlar o’tkazilmoqda. Xususan, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqiy organlar uchun Yuqori malakali kadrlar tayyorlab beradigan bir qancha oliy o’quv yurtlari tashkil etildi. 4. Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huquqliligi, o‘zini o‘zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat ko‘rsatadi.Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatishi taqiqlanadi:konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi;O‘zbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi;xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi;milliy va diniy ruhdagi partiyalar. 5.Kishilik jamiyati shakillangandan boshlab, odamlar o’z turmushini, hayotini yanada yahshi tashkil etish haqida bosh qotirib kelganlar, adolatli jamiyat, oqilonatartiblar bo’lishi haqida orzu qilganlar. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bir bosqichida ijtimoiy omillar va rivojlanish natijasida, davlat va huquq paydo bo’lgan. Bu vaqtdan etiboran kishilarning jamiyat haqidagi fikirlari adolatli davlat, xalqparvar hukumdor, oqilona qarorlar mavjud bo’lgan jamiyat bilan bog’liq bo’lgan.Davlat hokimyati va davlatli jamiyat sharoitida yashagan odamlar asta-sekin davlat hokimyatining kuchi, uning jamiyatda, insonlar hayotida tutadigan o’rni haqida fikir yuritadilar va davlat hokimyatining bir hukmdor, yoki bironta organ qo’lida butkil to’planib qolishi jamiyat taraqqiyoti, aholi farovonligi uchun havfli ekanligini, bu holat ko’pincha hokimyatning suiste’mol qilinishiga olib kelishini chuqur anglab yetganlar. An’anaviy tarzda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining zamini sifatida Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim qayd etiladi. Platon, Arastu va boshqa antik davr mutafakkirlari o’zlari yshab turgan davlat tuzilmalari siyosiy tuzulishi va boshqaruv shakillarini har tomonlama tahlil etish asosida muayyan nazariy, amaliy xulosalarni shakillantirganlar va shu asnosida, keyinchalik G’arbda ma’rifatparvarlik davrida hokimyatlar bo’linishi prinsipi shakillangan, degan fikrlar ilmiy adabiyotda keng tarqalgan. Biroq, ilmiy adabiyotda hokimyatlar bo’linishi g’oyasining Bibliyada, Konfutsiy ta’limotida ham mavjudligi haqida fikrlar ilgari surilgan va surilmoqda. Petr Barenboymning "3000 лeт дoктрини рaздeлeния влaстeй. Суд Сютeрa" (М.:1966) nomli asarida sudning mustaqilligi prinsipi Bibliyada ifodalanganligi bayon qilingan. Shuningdek, Konfutsiyning “Lun yuya” (mulohazalar vasuhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyibturish” tizimi mexanizimi mavjudligi"Lun yuya”(mulohazalar va suhbatlar) nomli mashhur asarida hokimyatlar bo’linishi g’oyasi va “bir-birini tiyib turish” tizimi mexanizimi mavjudligi asoslanadi" 6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Oʻzbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun chiqaruvchi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida tashkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng , toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida shakllantirilgan. 1-chaqiriq Oliy Majlis koʻp partiyalilik asosda 3 turda — 1994-yil 25-dekabr, 1995-yil 8- va 22-yanvarda boʻlib oʻtgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat koʻrsatgan. 2-chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da boʻlib oʻtgan va u 2000— 2004 yillarda faoliyat koʻrsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat boʻlib, u ishlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, oʻz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini shakllantirish, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantirish boʻyicha muayyan ishlarni amalga oshirdi. Qonunchilik, davlat boshqaruvi, oʻtish davri muammolarini yechishda muayyan tajribaga ega boʻldi. 2002-yil 27-yanvarda oʻtkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuzish masalasi Oʻzbekiston xalqi tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 2004-yil 26-dekabr va 2005-yil 9-yanvarda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga, 2005-yil 17—20-yanvarda Oliy Majlis Senatiga saylovlar boʻlib oʻtdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palatadan) iborat qilib shakllantirildi. 8. 1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) a’zolari, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi. Download 21.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling