Mantiqiy savollar
1. Transportdagi ma’muriy huquqbuzarliklar deganda nimani tushunasiz?
1-javobi. Transportdagi ma’muriy huquqbuzarliklar deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan transport vositalaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
2. Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar deganda nimani tushunasiz?
2-javobi. Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan yo‘l qurilishi va yo‘llardan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
3. Aloqa sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar deganda nimani tushunasiz?
3-javobi. Aloqa sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda aloqa sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
4-javobi. O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunining asosiy maqsadi - Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish bo‘lib, asosiy vazifalariga ko‘ra, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i muhofaza etilishini, ularning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, shuningdek atrof muhit himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
5. Tamaki mahsulotini transportda belgilanmagan joylarda iste’mol qilish deganda nimani tushinasiz?
5-javobi. Tamaki mahsulotini transportda, belgilanmagan joylarda iste’mol qilish deganda - Mahalliy va uzoq masofaga qatnaydigan poyezdlarda, daryo kemalarida belgilanmagan joylarda, shahar atrofiga qatnaydigan poyezdlarning vagonlarida (shu jumladan tamburlarida), shahar ichida, shahar atrofiga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarda, shuningdek taksilarda, yo‘nalishli taksilarda hamda shahar elektr transportida tamaki mahsulotini iste’mol qilish tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |