Mantiqiy savollar Transportdagi ma’muriy huquqbuzarliklar deganda nimani tushunasiz?


Tamaki mahsulotini transportda, belgilanmagan joylarda iste’mol qilish kabi g’ayri-huquqiy qilmishni yuridik jihatdan tahlil qilib bering?


Download 18.79 Kb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi18.79 Kb.
#1385418
1   2   3   4
Bog'liq
MJtk Mantiqiy savollar

6. Tamaki mahsulotini transportda, belgilanmagan joylarda iste’mol qilish kabi g’ayri-huquqiy qilmishni yuridik jihatdan tahlil qilib bering?
6-javobi. Mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan g‘ayri huquqiy qilmish obyekti qonun hujjatlari bilan tartibga solingan transportdan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar. Obyektiv tomondan ushbu qilmishni sodir etishda ifodalanadigan harakatlardan iborat. Subyekti o‘n olti yoshga to‘lgan aqli raso jimoniy shaxs. Sharhlanayotgan huquqbuzarlikning subyektiv tomoni shu tarzdagi harakatlarning qasddan sodir etilishida ifodalanadi.
Mazkur moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik obyekti qonun hujjatlari bilan tartibga solingan havo kemalaridan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar.

6. yo’l harakati qoidalariga muvofiq qanday shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo’l qo’yiladi?
6-javob. YHQning 162-bandi: Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi:
agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko‘rinishini cheklamasa;
transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvo-zanatini buzmasa;
tashqi yoritish asboblari va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxat-dan o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarini, shuningdek, qo‘l bilan beriladigan ishoralarni ko‘rishni to‘smasa;
shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof-muhitni iflos qilmasa.
YHQning 164-bandi: O‘ta og‘ir, katta o‘lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun 2,6) metrdan va balandligi bo‘yicha yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi bo‘yicha bir tirkama yoki yarimtirkama bilan 20 metrdan, ikki yoki undan ortiq tirkama bilan 24 metrdan ortiq bo‘lgan yoxud yuki transport vositasining orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi harakatlanishni to‘xtatishi shart.

7. Qanday hollarda avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashishga yo’l qo’yiladi?
7-javobi. YHQning 164-bandi: Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi. Avtomobil transportida mamlakatlararo yuk tashish transport vositalariga qo‘yiladigan talablarga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda o‘rnatilgan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Download 18.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling