Mavzu: Ijtimoiy ta'minotning konservativ modeli
Ijtimoiy ta’minot tizimi darajalari, vazifalari va amal qilish tamoyillari
Download 29.48 Kb.
|
ijtimoiy ish Abdulaeva M
Ijtimoiy ta’minot tizimi darajalari, vazifalari va amal qilish tamoyillari
Turli tizimlarda ekologik yondashuvga bag‘ishlangan Uri Bronfenbrenner, Jeyms Garbarino, Aleks Gitterman, Allen Pincus va Anne Minahan ilmiy islilari mavjud. Ularda sinovdan o‘tkazilgan yoki o‘rganib chiqilgan ilmiy nazariyalar o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ijtimoiy ishning boshqa namoyondalari Gitterman va Meeming ilmiy ishlarida esa tizim va ekologik istiqbollar ikkiga boiib o‘rganilgan. Ushbu nazariyotchi olimlami ishlarida ekologik istiqbol inson va atrof-muhit munosabatlariga qaratilgan boiib, uning tuzilishi o‘zaro bogiiqlik va bitimlarda namoyon bo’lgan. Uri Bronfenbrenner (1979) va Jeyms Garbarinolaming (1992) fikriga ko‘ra ekologik daraja har bir insonga imkoniyat beradi va xavf-xatarga ega bo'ladi. Uri Bronfenbrenner (1979) va Jeyms Garbarino (1992) xavf-xatarlar va imkoniyatlar atrof-muhitning barcha darajalarida uchrashi mumkin deb ta’kidlashgan. Ular ushbu jarayonlami Rossiyaning matryoshkalariga qiyoslashgan, masalan katta matryoshka ichidan kichikroq matryoshka chiqadi, uning ichidan esa yanada kichikroq matryoshka chiqishiga o‘xshatishgan. Ular ushbu tizimni quyidagi to ‘rt darajaga bo ‘lishgan: • birinchi eng kichik daraja mikrotizim - shaxs va shaxslar guruhini kundalik faoliyatini o‘z ichiga olgan; • ikkinchi daraja mezotizim deb nomlanib - inson yoki shaxs mikrotizimining ikkala tizim o‘rtasidagi munosabatlarini ichiga oladi; • uchinchi tizim ekotizim (jamoa) darajasi - shaxsning bevosita hamjamiyat darajasidagi omillarni o‘z ichiga olib individual vazifalarga ta’sir ko‘rsatmaydi. Jumladan, inson so g iig i yomonligi tufayli ta’til olishini tushxmish mumkin; • to‘rtinchi daraja bu makro (ijtimoiy) daraja. Bu jamiyatning rivojlanish omillarning madaniy mimosabatlari va qadriyatlari yigindisidan iborat. Jumladan, ular qatoriga ayollarga munosabat, irqiy, diniy, qashshoqlik va kamsitishlarni kiritish mumkin. Ijtimoiy ish namoyondalari G ael Germain va Aleks Gitterman (1996) laming fikriga ko‘ra “hayot muammolari” quyidagilarga bolinadi va ijtimoiy ish xodimlari aralashuvini taqozo etadi: • hayot o‘zgarishlari tufayli vujudga keladigan muammolar; • atrof muhit elementlari faoliyati va ta’siri bilan bog‘liq muammolar, • oilaning, guruhlaming ehtiyojidan kelib chiqadigan muammolar. Ekologik asosdan atrof muhitni har bir darajasi va darajalari o‘rtasidagi muammolami tushunishga yordam berish uchun foydalanishi mumkin. Atrof - muhitni barcha darajalaridagi murakkab masalalami vujudga kelishini tushunish uchun ekologik bazadan kelajakda foydalanish mumkin. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tabiiy o'zgarishlar sharoitida Ming yillik deklaratsiyasida belgilaagan maqsadlarga erisliishda katta ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy ishning umumiy modeli ijtimoiy darajada individual mijozlar, oilalar, guruhlar, jamiyat bilan ishlashda yordam beradi. Ijtimoiy ishning vazifalari quyidagilardan iborat: - oila tizimi asosiy shaxsiy gigiena, ota-ona va farzand o‘rtasida o‘zaro bir-biriga yordam, kattalar bilan keksalar o'rtasidagi, davlat ijtimoiy maqsadlari va qadriyatlarini taqsimlash; - iqtisodiy raqobat qiluvchi xo‘jalik subyektlaii o‘rtasida resurslarni taqsimlash va tahlil etish; - ikkilamchi tizimning vazifalari tarkibi shaxsiy tanlovga bog'liq holda kelib chiqadi. Oila tizimi yosh bolalami jismoniy va emotsional extiyojlarini qondirishga asoslanadi. Sog’liiqni saqlash tizimi iqtisodiy tizim va ijtimoliy muammolar o‘rtasida o'zaro bogianganishga misol bolishi mumkin. So‘nggi yillarda davlat qonun chiqaruvchilari, deputatlar sogiiqni saqlash xarajatlarini kamaytirish, soliqlarni oshirish o’rniga, kam ta’minlanganlar sonini ko‘payishi bilan sogliiqni saqlash xarajatlarini ortib borayotganidan xavotirga tushmoqdalar. Hanuna insonlarda kuchli va aozik tomonlar mavjud, agar insonni kuchli tomonlarini aytib o‘tilsa inson o‘sib, o‘zgarib boradi, zaif tomoni aytilsa teskarisi sodir boladi. Kanzas Universiteti ijtimoiy ish professori Dennis Sallibining (2005) “Ijtimoiy ishning kuchli tomonlari amaliyotga” deb nomlangan asarida quyidagi tamoyillarni keltirib o'tgan: - mijozlaming kuchli tomonlari - ijtimoiy ish amaliyotida mijozlaming kuchli tomonlarini, qobiliyatlarini, intilishlarini, imkoniyatlarini hurmat qilish lozim; - mijozlar ko‘proq imkoniyatga ega boiadilar - individual shaxslar va guruhlar odatda ishlatilmagan, jismonan baholanmagan, emotsional, kognitiv, ijtimoiy, ruhiy energiyaga, resurslarga va qobiliyatlarga ega boiadilar; - kuchli mijozlami motivatsiyalash - shaxs va guruhlami mustaqil rivojlanishini o‘z qobiliyatlari, bilimlari va malakalari hisobidan moliyalashtirilsa maqsadga muvofiq boiadi; - ijtimoiy ish xodimi mijozlar o‘rtasida hakam boiadi - “Ekspert” yoki “professional” mijozning kuchli tomonlarini yetarli darajada baholay ololmaydi yoki fikrini tushuna olmasligi mumkin; - qurbon boiganlarga yordam berish - “qurbon boiganlami ayblashni” oldini olish uchun kuchli mijozlar tomonidan yordam berilishi qurbon ta’sirini kamaytiradi; - har qanday muhit resurslarga ega boiadi - har bir muhitda shaxslar va tashkilotlar tomonidan bir narsa bera olishi mumkin. Mijoz o‘z hayoti va ehtiyojlari eksperti hisoblanadi, ijtimoiy ishlovchi mijozlar kashf etishi, olishi mumkin boigan resurslari imkoniyatlarini aniqlashda yordam beradi. Jamiyatda mijozlardagi yangi ko'nikmalar va resurslami o‘rganish va ehtiyojlarni qondirish imkoniyati mavjud. Ijtimoiy ishning maqsadi mijozlarda atrof muhit imkoniyatlaridan keng foydalanib, mijoz oldida turgan to‘siqlarni kamaytirish va imkoniyatlarini oshirishga yordam berish hisoblanadi. Mijozlaming kuchli tomonlari ijtimoiy ishlovchilami barqaror rivojlanish konsepsiyasini qo‘llab quwatlaydi, ularga muammoli vaziyatlarga moslashishi va ularni bartaraf etishga yordam beradi. Download 29.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling