Mavzu: Ijtimoiy ta'minotning konservativ modeli


Ijtimoiy ta’minot muammolarini tushunish uchun konseptual asoslar


Download 29.48 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi29.48 Kb.
#1522999
1   2   3   4
Bog'liq
ijtimoiy ish Abdulaeva M

Ijtimoiy ta’minot muammolarini tushunish uchun konseptual asoslar.
Ijtimoiy ta’minot muammolarini ma’nosini tushunish uchun unga ta’sir etuvchi omillar, ilmiy nazaiiyalar va ular tarkibini o‘rganib chiqishimiz zarur. Birinchidan ilmiy nazariyani aniqlab, muhokama qilib, ushbu nazaiiyalar nima uchun muhim ekanligini tushunib olish kerak. Nazariya-bu aniq va mantiqiy ketma-ketlikdagi g‘oyalar va fakdami tashkil etishdir. Biz har kuni amaliyotda nazariyadan keng foydalanamiz. Atrof muhit va uning o‘zgartirishda nazariyaning ahamiyati katta hisoblanadi. Agar nazariya amaliyotda keng foydalanilsa u uchta omildan iborat bo’lishi kerak:
1. Yaxshi nazariya amal qilayotgan boisa, ushbu voqeani tushunarli tarzda yoki izchil tushuntirib berishi kerak. Voqea sodir boiganda har safar ushbu holatni aynan bir xil tarzda yanada yaxshiroq tushuntirishi mumkin.
2. Yaxshi nazariya yana umumlashgan boiishi kerak, bir xil vaziyatda bir biriga o‘xshash holat sodir boiganda boshqalarga tushuntinsh imkoni bo’lishi kerak.
3. Yaxshi nazariyani to‘g‘riligini tekshirish imkoniyati boiishi kerak, ya’ni ushbu nazariya aniq va haqiqatda mavjud ekanligini bilish uchun uni oichash yoki qiyosiy taqqoslash imkoniyati boiishi zarur.
Inson xatti-harakatlarini chuqurroq bilish uchun yoki uni atrof-muhitga
ta’sirini bilishda biz doimo qiyinchiliklarga duch kelamiz.
Ijtimoiy ishda ko‘p nazariyalar qo‘llanilishi mumkin, chunki ijtimoiy ish ko’p fanlardan bazaviy bilimlami boiishini talab etadi. Ular qatorida psixologik, iqtisodiy va siyosiy nazariyalar, psixotahlil va uni kelib chiqishi to‘g‘risidagi Freyd nazariyasi, E.Dyurkgeymaning o‘z joniga qasd qilish haqidagi nazariya va Jan Piajning rivojlanishi bilan bogiiq nazariyalaridan keng foydalanish mumkin. Ushbu qayd etilgan nazariyalar istiqbolda ijtimoiy ishga tegishli va ijtimoiy ta’minot muammolarini tushunish, muammolami qay darajada ekanligini aniqlash va aralashuvi miqyosini tushunish mumkin.
Ijtimoiy tizim istiqbolida ijtimoiy ishlovchilar uchun ko‘p yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlar zarur boiadi. Ko‘pincha ijtimoiy ishlovchilar ota-onasi ajralgan oilalar farzandlariga ruhiy masalahatlar berishi, kam ta’minlangan shaxslami iqtisodiy mustaqilligini oshirish va ish bilan ta’minlash, aholini boia tarbiyasiga ko‘maklashish, bolalar bilan qo‘pol muomalada boimagan holda, mijozlar va shaxslarga tegishli konsultatsiyalar berishlari lozim.
Ijtimoiy mnammolar va vaziyatlami hal etishda qaysi nazariya foydali ekanligini aniqlab olish zarur. Ijtimoiy ish vakili Gitterman Meyer fikriga ko'ra istiqbolli tizim nazariyalari bilan ekologik qarashlami alohida nuqtai nazardan tahlil etish zarur.
Tizim nazariyasi istiqboli. Tizim nazariyasi dastlab inson tanasini faoliyatini tushuntirish uchun ishlatilgan, jumladan skelet tizimi, mushak tizimi, endokrin tizim, qon aylanish tizimlarini faoliyatini tushuntirish uchun ishlatilgan. Inson tanasi tizimlar nazariyasi kichik tizimlami o‘z ichiga olgan yirik tizim sifatida o‘rganilgan. Tibbiyotchilar qadimgi Yimonistonda inson tanasining bir qismi samarali faoliyat koi'satishi uchun inson tanasi doirasidagi tizimlar funksiyasi ham faoliyat yuritishi kerak, agar tananing biron bir qismi o‘z funksiyasini bajannasligi inson tanasiga o‘z ta’sirini bevosita o'tkazadi deb tushunishgan. Ushbu holat tirik organizmlar o‘rasidagi munosabatlami yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etadi. Tizimlar nazariyasiga ijtimoiy ishda yanada jiddiyroq e’tibor qaratildi. Bugungi kunda dunyo aholisining ko‘payishi, ekologik tizimlar o‘rtasidagi muvozanatni buzilishlari, iqlimning o‘zgarishi insonlami yanada tashvishga solib qo‘ymoqda.
Tizim nazariyasining birinchi namoyondalarilan Lyudving Von Bertalanffi (1968) tizimni “Birliklar va ular o'rtasidagi munosabatlar majmui” deb tushungan. Tizim, yaxlit alohida yuridik shaxs, o‘zaro bogiiq qismlardan iborat shaxs sifatida belgilanishi mumkin. Tizimlar nazariyasida biologiyaning ulushi yetakchi o‘rin egallab uning qismlari yigindisidan kattaroqdir. Jumladan organizmdagi mustaqil ishlaydigan kichik tizimlar, tarkibidagi tizimlar birgalikda faoliyat ko‘rsatishi natijasida yaxlit yirik tizimni tashkil etib, kichik tizimlar mustaqil kombinatsiyasidan ham kuchliroq boiadi. Tizim qanchalik katta boisa, u samarali faoliyat olib borsagina sinergetik natijaga erishishi, agar mayda qismlardan tashkil topgan energiyalarm' katta qismga birlashtirib faoliyat olib borishi, alohida faoliyat yuritishdan ko‘ra ko‘proq provard natijani bearadi.
Har qanday tizimning muhim jihati chegara tushunchasi hisoblanadi. Ushbu tizim turlicha boiishi mumkin, lekin har bir tizimning chegaraviy nuqtasi bo'lib yaxlit tizim bilan tugaydi va ikkinchi tizim boshlanadi.
Ekologik tizim ijtimoiy ishlovchilar va uning mijozlariga oila tizimida oila muhitini yaxshilash uchun kimlar kirishi kerakligini aniqlashga yordam beradi.
Ayrim tizimlarga tashqaridan tizim ichiga kirish imkoniyati boiadi va ushbu tizimlami ochiq tizim deb ataladi. Jumladan ayrim oilalar misol boiishi mumkin. Agar bir oila tushlik qilib o‘tirganida eshikdan mehmon kirib kelsa uni ham dasturxonga taklif qilislii mumkin. Ushbu tizimning qarama qarshi holati yopiq tizimlar hisoblanadi. Jumladan, ayrim oilalarda aniq chegaralangan me’yorlar mavjud bo'ladi. Oila a’zolari qatnashishi mumkin boigan oilaviy tadbirlar bo’lishi mumkin, yoki oilada ayol kishi oila boshlig‘isiz hech qayerga borishi mumkin emasligi holati shular jumlasidandir.
Chegara, ochiq va yopiq tizimlar tizimining tarkibiy omili boiadi. Tizimning qo‘shimcha xususiyatlarida esa asosiy e’tibor o‘zaro harakat va o‘zaro munosabat hisoblanadi. Iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi boshqa tizimlami o‘zgarishiga olib keladi.

Download 29.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling