Mavzu: Ikki komponentli sistemalar. Yelka qoidasi mundarija kirish


Suyuq fazada chekli eruvchan sistemalar. Murakkab holat diagrammalari


Download 201 Kb.
bet6/10
Sana19.06.2023
Hajmi201 Kb.
#1615016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ikki komponentli sistemalar. Yelka qoidasi

Suyuq fazada chekli eruvchan sistemalar. Murakkab holat diagrammalari
Hamma suyuqliklar turli darajada o‘zaro eriydi. Biroq eruvchanlik shu darajada farqlanadiki, unga qarab sistemalarni bir nechta guruxga bo‘lish mumkin:

  1. Bir-birida deyarli erimaydigan suyuqliklar: benzol-suv, simob-suv.

  2. Cheklangan miqdorda o‘zaro eruvchi suyuqliklar: anilin-suv, metil spirti-geksan, suv-efir-qaxrabo kislotasi nitrili, benzol-bromoform-chumoli kislota, suv-aseton-ksilol.

  3. Bir-birida cheksiz eruvchi suyuqliklar: metil spirti-suv, benzol-xloroform, benzol-xloroform-uglerod to‘rt xlorid, 420 0S dan yuqorida Bi-Kd-Zn.

Termik analizda ko‘rilgan qattiq qotishmalarning hammasi suyuq fazada o‘zaro cheksiz eriydi. Suyuqliklar esa, suyuq fazada ham chekli eruvchanlikka ega bo‘lishi mumkin. Quyidagi diagrammalar bunga misol bo‘la oladi.
Suv-anilin sistemasini ko‘rib chiqamiz. V.18-rasmda suv-anilin sistemasining holat diagrammasi keltirilgan. Ushbu rasmdagi AV egrisi suv qavatining tarkibini T ga bog‘liqligini, VS egrisi esa anilin qavatining T ga bog‘liqligini ko‘rsatadi. a1a2va v1v2 –konnoda chiziqlari bo‘lib, muvozanatdagi qavatlarning fugurativ nuqtalarini birlashtiradi.
Nuqtada ikkala qavatning tarkibi bir xil bo‘ladi (440,6 K), undan yuqori temperaturada suyuqliklar cheksiz eriydi: Tk – erishning yuqori kritik temperaturasi (EYuKT) deyiladi. Demak, temperatura ortishi bilan eruvchanlik ortib boradi. AVS egrisidan yuqorida faqat suyuq soha mavjud bo‘ladi. AVS egrining ichida fazalarning qavatlanishi kuzatiladi, ya’nisuv anilin bilan o‘zaro aralashmaydi.
a0 nuqtada sistema 2 ta qavatga ajraladi: a1 va a2 tarkibli aralashmalar xosil bo‘ladi va fazalar soni F=2 erkinlik darajasi F=k-F+1=2-2+1=1 ga teng bo‘ladi.
Agar suyuqliklarning o‘zaro erishi past temperaturalarda xam cheklangan bo‘lsa va erishning ushbu temperaturasi minimumdan o‘tsa, quyi kritik temperatura (EQKT) deyiladi:
Suv-nikotin sistemasi chekli eruvchanlikka ega bo‘lib, temperaturalarning 330-450 K oralig‘idan tashqaridagina ularning o‘zaro erishi kuzatiladi.
Erishning yuqori kritik temperaturasida fazalarning o‘zaro erish jarayoni issiqlik yutilishi bilan boradi. Erishning quyi kritik temperaturasida esa, o‘zaro erish jarayoni ekzotermik jarayondir.



Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling